К содержанию
РецензированоRU2024

Научно-исследовательские методы педагогики

Khavokhan ABDULLAEVA

Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 2 · 741-744 · 2024

Аннотация

Ключевые слова: В статье анализируются методы научно- исследование, исследовательской деятельности в области педагогики. научная проблема, Педагогическая наука, как и любая другая научная метод, дисциплина, обладает уникальными методами объективная сущность, наблюдение, исследования, предназначенными для изучения беседа, специфических аспектов образовательных процессов. анкета, Обсуждаются как традиционные, так и инновационные тест, исследовательские методы, активно внедряемые в педагогический анализ, педагогическую практику. педагогический эксперимент, математическая статистика, прогноз (Прогноз) Har qanday fan o‘zining ilmiy-tadqiqot metodlariga ega. Bu metodlari orqali u o‘z mazmunini boyitib, yangilab boradi. Hayotda va obyektiv dunyoni bilish nazariyasida nimani o‘rgatish va qanday o‘rgatish kerak, kimni qanday tarbiyalash lozim degan masalalar mavjud bo‘lib, ular o‘zaro bog‘liqdir. Nima qilish kerak va qanday amalga oshirish lozim – degan muammolar o‘rtasida dialektik birlik mavjuddir. Pedagogika o‘z mazmunini boyitish va yangilash maqsadida mavjud pedagogik hodisa hamda jarayonlarni uning maqsadi va va zifalariga muvofiq keladigan metodlari bilan o‘rganadi. Shu ma’noda pedagogikaning ilmiy- tadqiqot metodlari deganimizda yosh avlodni tarbiyalash, bilim berish va o‘qitishning real jarayonlariga xos bo’lmagan ichki aloqa va munosabatlarni tekshirish, bilish metodlari, uslublari hamda vositalari majmuini tushunamiz. Pedagogika o‘qitish, bilim berish, tarbiyalash jarayonlarini va ularning mohiyatini quyidagicha o‘rganishni nazarda tutadi: • Ularning umumiy aloqasi, bir-birini taqozo etishi hamda o’zaro ta’sir jarayonida bolalarni o’qitish, tarbiyalash, fan, madaniyat, axloq, va san’at, ta’lim-tarbiyaning qayerda amalga oshirilishidan qat’iy nazar uzviy aloqada bo’lishi; • Ularning to’xtovsiz harakati, o’zgarishi va taraqqiy etish jarayonida vujudga keladigan o‘qitish hamda tarbiyalash vazifalari, metodlarining o‘zgarishi, hamma bolalarni bir xil andozada o‘qitish va tarbiyalash mumkin emasligi; • Bolalarning o‘sishida ularning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish, aqliy va xulqiy faoliyat, so‘z va ish birligi mezonlariga tayanish; • Bolalar kamolotiga ta’sir etuvchi an’ana, urf-odatlar, ular eskilik bilan yangilik, o‘rtasida yuz beradigan nizolarni hisobga olish, o‘zaro tanqid va boshqalar ; Pedagogika fani rivoji muayyan pedagogik muammolarni tadqiq etish maqsadida olib borilgan tadqiqot ishlarining g‘oyasi, mazmuni hamda natijalari hisobiga ta’minlanadi. Ijtimoiy va ishlab chiqarish jarayonining keskin rivojlanishi, shaxsni har tomonlama kamol toptirish imkonini beruvchi omil hamda pedagogik shart-sharoitlarni aniqlash, jamiyat va shaxs ma’naviyatiga ziyon yetkazuvchi holatlarni bartaraf etishni taqozo qiladi. Tarbiya jarayonlarining mohiyatini anglash ularni keng yoki tor doirada o‘rganish, mavjud ko‘rsatkichlar vositasida ularning sodir bo‘lish sabablarini o‘rganish, zarur chora-tadbirlarni belgilash ilmiy izlanishlarni tashkil etish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Pedagogik izlanishlarning samarali kechishi bir qator obyektiv va subyektiv omillarga bog‘liq. 742 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Special Issue – 1 (2024) / ISSN 2181-3701 Pedagogik ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish murakkab, muayyan muddatni taqozo etuvchi, izchillik, uzluksizlik, tizimlilik hamda aniq maqsad kabi xususiyatlarga ega bo’lgan jarayon bo’lib, uning samarali bo’lishi uchun bir qator shartlarga rioya etish zarur. Ular quyidagilardir: 1) muammoning dolzarbligi va mavzuning aniq belgilanganligi; 2) ilmiy farazlarning to‘g‘ri shakllantirilganligi; 3) vazifalarning tadqiqot maqsadi asosida to‘g‘ri belgilanganligi; 4) tadqiqot metodlar tizimiga nisbatan obyektiv yondashuv; 5) tajriba-sinov ishlari jarayoniga jalb etiluvchi respondentlarning yosh, psixologik va shaxsiy xususiyatlari, shuningdek, shaxs rivojlanishi qonuniyatlarining to‘g‘ri hisobga olinganligi; 6) tadqiqot natijalarini oldindan tashxislash va uning natijalarini aytib o‘tish; 7) tadqiqot natijalarining kafolatlanganligi; Shuningdek, metodlar belgilanishida dars jarayonida ishtirok etayotgan o’quvchilarning ko’nikmasi, o’zlashtirish darajasi hisobga olinadi va o’rni kelganda bir vaqtda bir nechta metoddan foydalanishga to’g’ri keladi. Bunday vaziyatda metodlar bir-biriga mutanosib bo’lishi va o’quvchilar darajasiga mos bo’lishi ham kerak. Pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot usullari qanchalik to’g’ri tanlansa, ta’lim-tarbiya mazmunini yangilash va takomillashtirish shu darajada yuksaladi. Shuni ta’kidlash kerakki, ilmiy-tadqiqot metodlari aynan tizimi hozirgacha fanda to’la yaratilmagan, hal etilmagan. O’qituvchilar bilim ko’nikmasi oshgani sari tadqiqot metodlarning soni va usullari ortib boradi. Hozirda asosan mavjud bo’lgan metod usullari quyidagilarni tashkil etadi: 1. Adabiyotlarni o’rganish metodi; 2. Kuzatish metodi; 3. Suhbat metodi; 4. Bolalar ijodini o’rganish met

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В статье анализируются методы научно- исследование, исследовательской деятельности в области педагогики.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В статье анализируются методы научно- исследование, исследовательской деятельности в области педагогики. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
DOI: https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss1/S-pp741-744, test, объективная сущность, kuzatish, objective essence, suhbat, research, педагогический эксперимент, scientific problem, method, ilmiy muammo, математическая статистика, questionnaire, анкета, научная проблема, conversation, matematikaviy statistika, observation, tadqiqot, pedagogik tahlil, pedagogical experience, беседа, педагогический анализ, prediction (forecast ), исследование, anketa, mathematical statistics, bashorat (prognoz), pedagogical analysis, наблюдение, pedagogik tajriba, metod, прогноз, ob'ektiv mohiyat, метод, тест
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники