Interpretation and researchesШ. Саттаров2026
Анализ метафор, используемых в публицистическом стиле (на примерах публицистики Фармона Тошева)
Nafisa AMINOVA · June -/© in Science LLC. (Samarkand State University named after Sharof Rashidov)
Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 2 · 690-694 · 2024
Аннотация
Ключевые слова: Использование метафоры, как одного из средств метафорическое значение, художественного изображения в публицистическом стиле, денотативное значение, способствует повышению его эмоциональной коннотативное значение, выразительности. Анализ метафор, применяемых в сочетание. публицистических текстах Фармона Тошева, демонстрирует мастерство и уникальность его стиля. 1 PhD Student, Samarkand State University named after Sharof Rashidov, Samarkand, Uzbekistan. Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Special Issue – 1 (2024) / ISSN 2181-3701 O‘zbek tili funksional uslublari orasida publitsistik uslub bugungi kunda ahamiyati tobora ortib borayotgan uslublardan biridir. Mamlakatimizda ikki mingga yaqin OАV faoliyat yuritib kelayotganligi buning yaqqol dalilidir. Publitsistik uslub ommaviy axborot vositalari uslubi hisoblanib, bu uslub muhim va dolzarb masalalarni tomoshabinga, o‘quvchiga ommaviy axborot vositalari orqali yetkazib, atrofimizda bo‘layotgan voqealarga nisbatan ularning ijtimoiy qarashlarini shakllantiradi. Publitsistikada dolzarb masalalar, axborotlar, mushohadalar mantiqiy mulohaza, dalil, asoslar orqali beriladi va bu o‘z navbatida o‘quvchining his-tuyg‘ulariga taʼsir qilishi lozim. Uning asosiy belgilaridan biri o‘quvchini yoki tinglovchini berilayotgan axborotga ishontira olishdir. Tilning taʼsirchan vositalaridan foydalanish orqali bu maqsad tezroq amalga oshadi. Shunday vositalardan biri bo‘lmish ko‘chimlar matnning badiiy qimmatini, ifodaliligini, ekspressivligini oshrishga xizmat qilib, bir narsaning nomini, belgisini ikkinchisiga ko‘chirish orqali ko‘chma maʼnoda qo‘llaniladi. Metafora ko‘chimning eng muhim ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, metaforik ko‘chimda biror narsa yoki voqea-hodisaning nomi boshqasiga o‘xshashlik asosida ko‘chiriladi. Jahon tilshunosligida metaforaga oid qarashlar bir necha ming yillar oldin vujudga kelgan. Antik davrda Aristotel metaforaning semantik jihatiga eʼtibor berib, unga ko‘chimning bir turi sifatida qaragan. Bu davrda metaforaning maʼno turlari tasnif etilib, uning ismlar tizimidagi o‘rni tahlil etildi, fenomen tabiatini tekshirish singari masalalar o‘rganildi. Metaforaning fenomen xususiyatini o‘rganish Aristoteldan keyin uning shogirdi Kvintilian tomonidan davom ettirildi. Аristotel ham, Kvintilian ham metaforaning lingvostilistik va estetik funksiyasi haqida gapiradilar. Bu borada Yan Parandovskiy ham davr o‘tib Аristotelning ushbu jiddiy mulohazalariga qo‘shilgan: “Metafora o‘zida turli xatarlarni jamlaydi. U yoki bachkanalikni tarqatib, yoki beo‘xshovliklarni keltirib chiqaradi. Nutqning ushbu bezagini qo‘llashda katta farosat, aql, did kerak bo‘ladiki, bular metaforalarni o‘z o‘rnida va meʼyori bilan ifodalashda asqatadi”. XX asrga qadar jahon tilshunosligida metafora shunchaki trop, nutq hodisasi sifatida qaraldi. Biroq XX asr boshlariga kelib tarixiy jarayonlar, kognitiv fanlarning rivoji, Amerika lingvistik maktablari va yo‘nalishlarining kuchli taʼsiri ostida metaforani yangicha nigoh bilan o‘rganish va tahlil etish boshlandi. O‘zbek tilshunosligida ham jahon tilshunosligida bo‘layotgan bu o‘zgarishlar hisobiga yangicha qarashlar vujudga keldi, til tizimini tekshirishda metaforaga nisbatan ham tavsiflar berildi. M. Mirtojiev, R. Qong‘urov, S .Usmonov, А. Hojiev, Sh. Rahmatullaev, T. Aliqulov, Ye. Begmatov, N. Mahmudov, S. Karimov, M. Mukarramov, А. Shomaqsudov, D. Xudayberganova, Sh. Maxmaraimova va boshqa olimlarning nazariy qarashlari shular jumlasidan. Taniqli tilshunos M. Mukarramov o‘xshatish va metaforaning lisoniy xususiyatlarini taqqoslab, o‘xshatishning: o‘xshatiluvchi obyekt, o‘xshovchi obraz va o‘xshatma belgidan, metaforaning esa faqat o‘xshovchi obrazdan tarkib topishini, metafora o‘xshatiluvchi obyekt va o‘xshatma belgini o‘zida ko‘chma maʼnoda angalata olishini aniqladi. U.S. Qobulova o‘zbek tilida metaforalarni o‘rganishning tarixi Sharq mumtoz adabiyoti va falsafa maktablari bilan bog‘liq deb hisoblaydi hamda uni o‘xshatish (tashbeh)dan bamisoli, misli, kabi, singari so‘zlarining tushib qolishi bilan farqlaydi. Arab olimi Ibn Xaldun, shuningdek, Umar Rodiyoniy, Rashididdin Votvot, Qays Roziy, Аtoulloh 691 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Special Issue – 1 (2024) / ISSN 2181-3701 Husayniy, Shayx ibn Xudoydod Taroziy, keyinchalik Fitrat singari adabiyotshunoslar metaforani sheʼriy sanʼat sifatida ko‘rsatdilar. Jumladan, XV asrda yashab ijod etgan Аtoulloh Husayniy o‘zining “Badoiʼu-sanoyiʼ” asarida tashbehni va o‘xshashlik asosida maʼno ko‘chishi (metafora)ni farqlaydi, shuningdek aloqadorlik asosida maʼno ko‘chishi (metonimiya)ni ham alohida farqlaydi. Shu o‘rinda tilshunos olim, professor N. Mahmudovning o‘zbek tilshunosligida antropotsentrik paradigma doirasida ilgari surilayotgan nazariyalarida metafora hodisasi semasiologiyada konnotativ ko‘lam doi
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: Использование метафоры, как одного из средств метафорическое значение, художественного изображения в публицистическом стиле, денотативное значение, способствует повышению его эмоциональной коннотативно…»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: Использование метафоры, как одного из средств метафорическое значение, художественного изображения в публицистическом стиле, денотативное значение, способствует повышению его эмоциональной коннотативно… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- This is an open-access article under the Attribution 4.0 International, metaphorical meaning, dennotativ ma’no, konnotativ ma’no, метафорическое значение, сочетание, денотативное значение, коннотативное значение, combination, denotative meaning, birikma, connotative meaning, metaforik ma’no
Смежные источники
Иностранная филология: язык, литература, образованиеШамахмудова Азиза2019
Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021