Анализ актуальных проблем, инноваций, традиций, решений и художественной литературы в преподавании иностранных языковScientific supervisor: B.M.Nematov, Student: K.A.Abdukhakimova2016
Механизмы формирования критического мышления у студентов
Mekhriniso AKABIROVA · Keywords: -/© in Science LLC. (Samarkand State University named after Sharof Rashidov)
Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 2 · 626-630 · 2024
Аннотация
Ключевые слова: В статье обсуждаются меры по улучшению качества студент и молодежь, образования в Новом Узбекистане, с фокусом на развитии критическое мышление, критического мышления, самостоятельного мышления и критический анализ, творческих навыков у молодых студентов. Основное самоконтроль, формирование, внимание уделяется методам, способствующим глубокому развитие. обогащению знаний с ранних лет, которые включают стимулирование критического анализа информации и поощрение свободы творчества в образовательном процессе. 1 Doctoral student, Samarkand State University named after Sharof Rashidov. E-mail: akabirovamehriniso@gmail.com Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Special Issue – 1 (2024) / ISSN 2181-3701 Yangi O‘zbekiston hayotining barcha sohalari chuqur islohotlar maydoniga aylangan. Bu jarayonda ijtimoiy sohaning asosi hisoblangan ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar haqida to‘lqinlanib so‘zlamaslikning iloji yo‘q. Mamlakatimizda so‘ngi yillarda ta’lim tizimining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo‘yicha amaliy ishlar hal qiluvchi bosqichga kirdi. O‘qitish sifati va mazmunini yangi bosqichga ko‘tarish, malakali kadrlar tayyorlashning yangi mexanizmini ishlab chiqish, o‘quv dasturlari va adabiyotlarini yangilashga qaratilgan islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Yurtimiz rivojiga hissa qo‘shish maqsadida Sharqona tarbiya mazmuni bilan yo‘g‘rilgan ta’lim muassasalarimizda tahsil olib, o‘sib kelayotgan yosh avlodga Sharq namoyondalari bo‘lmish Xorazmiy, Forobiy, Ibn Sinolar ta’kidlaganlaridek mustaqil tanqidiy fikrlashga o‘rgatish hamda buning natijasida o‘zlashtirgan bilimlari jamiyat rivojlanishida katta afzallikga ega ekanligini uqtirish bugungi kun globallashuvi jarayonida muhim o‘rin tutadi. Shunday ekan o‘quvchilarda bu bilimlar to‘liqroq va tezroq rivojlantirilganda e’tiqodga aylanadi va ularning tafakkuri hamda faol amaliy tanqidiy fikrlashi quroli hisoblanadi. Xususan bu borada yurtboshimiz ham quyidagi fikrlari orqali to‘xtalib o‘tadi: tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. Tanqidiy fikrlash masalalarini tadqiq etish bilan ko‘plab zamonaviy olimlar, pedagoglar, psixologlar va metodistlar shug‘ullanadilar. Xususan, V.V. Davidov, M.G. Davletshin, I.Y. Lerner, A.M. Matyushkin, M.I. Mahmutov, S. Rajabov, D. Shodiyev, A.M. Umronxo‘jayev ishlarida muammoli ta’lim tamoyillarida umumlashtirish turlari va ularning tuzilishi, o‘quv jarayonini tashkil etish ochib beriladi. Shu o‘rinda rus yozuvchisi Tolstoyning quyidagi fikrlarini bayon etamiz: “Donolik iloji boricha ko‘p bilishda emas, balki qanday bilimlar eng zarur, qandaylari ozroq va yana qandaylari favqulotda zarurligini bilishdir”. Sotsiolog va faylasuf G. Spenser esa: “Agar kishining bilimlari betartib holda bo‘lsa, qanchalik u ko‘proq bilimga ega bo‘lgan sayin fikrlari shu qadar parokandalashib boradi”, – deydi. Shuning uchun ham talaba yoshlar kelajakda yurtimizning yetuk kadrlari bo‘lib yetishishlari uchun ularni yoshligidan tanqidiy fikrlashga, tanqidiy tahlil qilishga o‘rgatish lozim. Tanqidiy fikrlash o‘zi nima? Tanqidiy fikrlash – fikrlashning alohida turi bo‘lib, faktlarni tahlil qilish orqali xulosalar hosil qilinadi. Tanqidiy fikrlash bu – o‘z-o‘zini boshqaradigan, o‘zini o‘zi tarbiyalaydigan, o‘zini o‘zi nazorat qiladigan, o‘zini o‘zi to‘g‘rilaydigan fikrlash shaklidir. Uning zaruriy sharti ongni takomillashtirishning qat’iy me’yorlariga rozi bo‘lish va ularni hushyorlik bilan qo‘llashdir. Tanqidiy fikrlash samarali muloqot va mammolarni hal qilish ko‘nikmalarini egallashni talab etadi. Tanqidiy fikrlash ko‘nikmasiga ega inson mantiqan to‘g‘ri, yaxshi asoslangan mulohaza yuritish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Tanqidiy fikrlash atamasi Xalqaro terminologiya tizimida (grekcha) fikrlashning tanqidiy shakli sifatida yuritiladi hamda “tanqid”, “baholash”, “imtihon” (va boshqalar.) ko‘p ma’noli so‘zdan kelib chiqqan: bu yerda tanqid tushunchasi kundalik hayotda “ayblash” ma’nosini anglatmaydi, balki aqliy qobiliyat ma’nosini bildiradi va “baholash”, “aniqlash”, “hukm qilish”, “ajratish qobiliyati” kabi ma’nolarga ega. Tanqidiy fikrlashning intellektual asoslari shuningdek, etimologiyasi ham juda qadim zamonlarga borib taqaladi, ya’ni bundan 2500 yil avval Suqrotning o‘qitish amaliyoti va fikrlarida bu tushunchaga yaqin mazmunni uchratish mumkin. Undan keyingi davrda Yaqin va O‘rta Sharqda yashab ijod etgan o‘rta asr mutafakkirlari tabiiy-ilmiy asarlarida ilmning turli tomonlari, uning prinsiplari, tuzilishi, me’zonlari, ilmning inson aqliy rivoji va tanqidiy fikrlashi bilan 627 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Special Issue – 1 (2024) / ISSN 2181-3701 bog‘liqligiga jiddiy qiziqish borligini kuzatamiz. Tadqiqot natijalari va uning muhokamasi. Fikrlash
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В статье обсуждаются меры по улучшению качества студент и молодежь, образования в Новом Узбекистане, с фокусом на развитии критическое мышление, критического мышления, самостоятельного мышления и крити…»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В статье обсуждаются меры по улучшению качества студент и молодежь, образования в Новом Узбекистане, с фокусом на развитии критическое мышление, критического мышления, самостоятельного мышления и крити… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- 2181-3701/© 2024 in Science LLC, talaba va yoshlar, student and youth, формирование, shakllantirish, самоконтроль, развитие, студент и молодежь, o‘z-o‘zini nazorat qilish, rivojlantirish, self-control, tanqidiy tahlil, development, critical analysis, критическое мышление, critical thinking, formation, критический анализ, tanqidiy fikrlash
Смежные источники
American Journal of Philological SciencesMardanova Zilola Fatxullo qizi2024
American Journal of Philological SciencesShakhlo Kurbonova2024
Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019