Interpretation and researchesШ. Саттаров2026
Толкование человека и природы в романе “Бильга Каган”
Dilnura MADAMINOVA · Bekposhsha RAKHIMOVA
Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 2 · 599-605 · 2024
Аннотация
Ключевые слова: Исаджон Султан – известный писатель, внесший человек и природа, большой вклад в развитие узбекской литературы XXI века. диалог, Своей уникальной прозой, созданной с высоким Бильга-Каган, художественным мастерством, он занимает особое место в намек, речь героя, подъеме духовности узбекского народа. Среди известных отец и сын, писателей узбекской и мировой литературы Исаджон братья и сестры. Султан создает неповторимые произведения на тему природы. В этой статье исследуется художественное мастерство Исаджона Султана в изображении природы и человеческих отношений в его романе «Бильга Каган». O‘zining bir qator hikoya va qissalari bilan o‘quvchilarini topa bilgan, adabiyotshunoslik ilmi sohasida ham muayyan tadqiqotlar olib borayotgan, yangi asr ostonasida adabiyot maydonida shakl va mazmun qamrovi, ma’no-mohiyati bilan badiiy tafakkur olamidaturli xil mavzudagi asarlari bilan o‘quvchilar qalbidan joy olib ulgurgan ijodkorlardan biri Isajon Sultondir. Istiqlol davri adabiyoti shaxsni o‘zlikni anglash yo‘lidagi turfa xil holatlarni ramziy, majoziy, tasvir orqali aks ettirmoqda. Istiqlolga erishganimizdan keyin yaratilgan ko‘pgina asarlardan oliy rutbaga ko‘tarilgan, dunyo yaralishining sababi, adoqsiz ilohiy nur bilan yo‘g‘rilgan inson ruhiyatidagi o‘zgarishlarni asar sujetiga singdirganligini adibning bir qator nasriy asarlari misolida kuzatish mumkin. Bu davr adabiyoti mavzu nuqtai nazaridan ham, badiiy tasvir tamoyillari jihatidan ham biror qolipga solinmagan, tabiiy ravishda taraqqiy qilayotgan estetik hodisa sifatida namoyon bo‘layotganligini ham qayd qilib o‘tish lozim. Bu esa badiiy adabiyot uchun hayot haqiqatini ko‘rsatish bilan bir qatorda inson ruhiy olamidagi ma’naviy evrilishlarni, turfa xil ziddiyatli holatlarni tasvirlash jarayonida namoyon bo‘lmoqda: “Qahramonlar qismati, shaxsiyati, ruhiyati tasviri, tahlilidan ko‘pdan-ko‘p ramziy-simvolik ishoralar, shtrixlar, kinoya-kesatiqlar, yana qandaydir sirli jihatlarga duch kelib xayolga tolasiz, ularning mag‘zini chaqishga urinasiz”, deb qayd etganda adabiyotshunos Umarali Normatov haqli edi. Shu boisdan ham, istiqlol adabiyoti xilma –xil, turfa xil ohangdagi badiiy asarlarni maydonga keltirdi. Bu davr adabiyoti tipik odamni emas, balki alohida o‘ziga xos va betakror odamni tasvir etmoqda. Istiqlol davri adabiyoti munosabatlar adabiyotiga, tuyg‘ular, kechinmalar adabiyotiga aylanib ulgurdi. Isajon Sulton nasri, jumladan, hikoyalari xususida ham qator tadqiqotlar yaratildi. U.Normatov , A.Rasulov , I.G‘afurov ,Q.Yo‘ldoshev , U.Hamdam , R.Rahmat , H.Zaripov va boshqalarning tadqiqotlarida Isajon Sulton asarlari tahlilga tortiladi. “Isajon Sulton nasri badiiyati” kitobi ana shu tadqiqotlar samarasi o‘laroq maydonga keldi . Tadqiqotlarda Isajon Sulton nasrining o‘ziga xos xususiyatlari, hikoyalardagi inson obrazining yangicha tamoyillari, modern yo‘nalishdagi hikoyalarning o‘ziga xos jihatlari xususidagi tadqiqotlari mavzuni to‘laroq yoritishga xizmat qiladi. Isajon Sulton barcha asarlarida inson va tabiat bir-biridan ajralmas, ular koinot cheksizliklarida yaxlit va bir butunlikni tashkil etadi, borliq bu – yaxlitlik, demoqchi bo‘ladi. Inson borliqda benihoya nozik a’zo, nozik hujayralardan bino bo‘lgan. Samoning 600 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Special Issue – 1 (2024) / ISSN 2181-3701 cheksizligi uni qo‘rqitadi. Qo‘rqinch butun vujudi, hissiyotlari, kechinmalari, fikrlash tarzlarini qamrab oladi. Uni faqat aql va jon muhofaza qiladi. Har qanday balo-qazo, ofatlardan saqlaydi. ”Bilga xoqon” romanida ham inson va to‘fon, qo‘rquv va umid, zarurat va adolat badiiy tasvir makonlariga tortiladi. Va bunda shoironalik nasr bilan, nasr shoironalik bilan og‘ushta keladi. Yozuvchi ko‘proq bolalik zehniga mustahkam o‘rnashgan taassurotlar, kechinmalar, fikr shu’lalari ustida sermanzara kartinalar chizadi. “Yuraging titradimi, budunim” deb, narsa-ashyolar, kimsalar, voqealar, qismatlarning tanazzullarini qalamga tortib boradi. Uning butun ijodiy ongini “O‘lsang boshingni tik tutib o‘l! Qolsang ko‘ksingni kerib-kerib yasha” degan sodda, ammo inson uchun behad qimmatli so‘zlar boshqarayotgandek tuyuladi. Ilm-fanga ma’lum narsalar shoirona qobiqqa solib aytilayotganga o‘xshaydi. Tasvir jozibasi Isajon Sulton “Bilga xoqon” romanida juda mohirona beriladi. “Uning teranliklarida hayot va haqiqat jozibasi yotgandagina qudratli badiiyat hodisasiga aylanadi. Isajon Sulton yozuvchi sifatida shu yo‘sin va yo‘nalishni mahkam tutgan va o‘z tanlagan badiiyat yo‘lidan shiddat bilan odimlamoqda. Odamlar endilikda hech narsadan hayratlanmay qo‘ydi. Ularni hayratga solish juda qiyin. O‘yin mashg‘ulotlari behad ko‘paygan va bu urchigan o‘yinlar butun xayollarini band etgan. Ammo kuch va ezgulik barcha zamonlarda ham kechinmalar kalavasi va pildirog‘i bo‘lmish insonni hanuz hayratga soladi. “Aqlga yuz hayrat ul oyning ichu toshindadur”… Navoiy yaratilish va yaralish naqshlarida
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: Исаджон Султан – известный писатель, внесший человек и природа, большой вклад в развитие узбекской литературы XXI века.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: Исаджон Султан – известный писатель, внесший человек и природа, большой вклад в развитие узбекской литературы XXI века. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- man and nature, “Bilga Khagan”, inson va tabiat, dialog, диалог, Bilga xoqon, отец и сын, aka-uka, братья и сестры, человек и природа, ota va o‘g‘il, heroic speech, намек, knowledge hook, brothers, father and son, Ishbara, qahramon nutqi, dialogue, Бильга-Каган, речь героя
Смежные источники
Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025