Interpretation and researchesШ. Саттаров2026
Функциональные особенности положительных и отрицательных пожеланий
Durdona SAIFUTDINOVA · June -/© in Science LLC. (Andijan State University)
Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 2 · 504-508 · 2024
Аннотация
Ключевые слова: В статье описано выражение желаний адресата в речевые жанры, положительных и отрицательных типах речевого жанра речевой жанр «пожелание» в языковой системе, а также особенности «пожелание», оценки и исследования речевого жанра «пожелание» как языковые особенности, положительные речевого акта в контексте другой речевой деятельности. пожелания, отрицательные пожелания, адресат, намерение, пожелания. Zamonaviy tilshunoslikda XX asrning 50-yillaridan tilshunoslar e’tiborining nutqiy hodisalar tadqiqiga qaratilishi til tizimida o‘ziga xos nutqiy maqsad, kompozitsiya va uslubga xoslangan nutqiy butunliklarning lingvistik tadqiqini boshlab berdi. Hozirgi kunda nutqiy janrlar tadqiqida nutqiy janrlar tipologiyasini tuzish va umumiy tasnif tamoyillarini ishlab chiqishda nutqiy janrlar alohida tiplarining o‘ziga xos lingvistik va ekstralingvistik xususiyatlarini aniqlash muhim bo‘lib bormoqda. Oʻzbek tilidagi tilak nutqiy janrining lingvistik tadqiqi yuzasidan alohida tadqiqotlar mavjud emas. Ammo tilak nutqiy janriga yaqin boʻlgan M. Bazarova ishida ijobiy istak mazmunli nutqiy birliklarning umumiy lingvistik xususiyatlari koʻrib oʻtilgan. Bunda asosiy e’tibor o‘zbek tilidagi ijobiy istak mazmunini ifodalovchi nutqiy birliklarning ijtimoiy omillari, so‘z ma’nolarining o‘zgarishi, frazema va metaforik mazmunli gaplarning o‘rni, jinslararo va yoshga ko‘ra farqli qo‘llanishi kabi leksik hamda semantik xususiyatlari, buyruq-istak mayli fe’llarining qo‘llanilishi, juft va takroriy so‘zlarning qo‘llanilishi, otlashish hodisasi kabi morfologik; sodda gap, qo‘shma gap, undov gap, gap bo‘laklarining semantik-sintaktik pozitsiyasi kabi sintaktik xususiyatlari kabilarga qaratilgan. Mavjud manbalarda tilak nutqiy janrini o‘rganishga bag‘ishlangan lingvistik tadqiqotlarning mavjud emasligi ijobiy va salbiy tilaklarning funksional xususiyatlari mukammal o‘rganilishi talab etiladi. O‘zbek tilida ijobiy va salbiy tilaklarning funksional xususiyatlarini yoritishda tilshunoslikning tavsiflash, semantik tahlil, komponent tahlil kabi usullardan foydalanildi. Tilak nutqiy janri nutqiy janrlar tarkibida so‘zlovchining xohish-istagini bildiruvchi nutqiy janr sifatida muayyan o‘rin egallaydi. Tilak nutqiy janrining davrlar osha bizgacha yetib kelgan shakllari shuni ko‘rsatadiki, tarixan kishilarning bir-birlariga bo‘lgan turli kommunikativ munosabatlari tilak nutqiy janrining turli tiplarini yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Bunda so‘zlovchining xohish-istagini anglatuvchi tilak nutqiy janri har qaysi davrda adresantning o‘ziga va boshqalar uchun ham yaxshiliklar tilash, shu bilan birga, ularning o‘zi va boshqalarga ham hayrixohligi yoxud boshqalarning xatti-harakati va so‘zlariga o‘zining salbiy munosabatini, kimningdir xatti-harakatiga qarshiligi va noroziligini ham ifodalagan. Shunga ko‘ra, til tizimida tilak nutqiy janrining ijobiy va salbiy tilak tiplari shakllangan. Tilak nutqiy janrida so‘zlovchining ijobiy yoki salbiy istak- xohishlari ifodalanar ekan, ijobiy tilaklar o‘zi va boshqalar uchun yaxshi istak va 505 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Special Issue – 1 (2024) / ISSN 2181-3701 xohishlarni aytishni, salbiy tilaklar esa o‘zi va boshqalar uchun yomon istak va xohishlarni bayon etishni nazarda tutadi. Shu jihatlariga ko‘ra tilak nutqiy janri mazmunan murakkab sistemali nutqiy butunlik bo‘lib, unda adresatning xohish-istaklari bayon qilinadi. Demak, til tizimida tilak nutqiy janri so‘zlovchining narsa-hodisalarga, tinglovchilarga bo‘lgan ijobiy va salbiy munosabatini ifodalab, o‘z mazmuniga ko‘ra ijobiy va salbiy tilaklarni anglatadi. Ijobiy tilaklar ikki tomonlama xarakterga ega bo‘lib, bir tomondan, so‘zlovchining Xudoga o‘z niyati, maqsad-u muddaosini aytishni, ikkinchi tomondan, Xudodan so‘rash mazmunida tinglovchi uchun ham foydali bo‘lgan maqsadlarni aytish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Ijobiy tilakning adresatga yo‘naltirilgan shaklidagi tilak nutqiy janri tipi so‘zlovchining o‘z xayrixohligini tinglovchiga yetkazish vazifasini ham bajaradi. Ijobiy tilak nutqiy janri boshqa nutqiy janrlar tarkibida mazmunan alohida nutqiy akt sifatida voqealanib, so‘zlovchining o‘z hayrixohligini bildiruvchi barcha nutqiy janrlar tarkibida qo‘llanilishi bilan xarakterlanadi. Masalan, Qotilni topishga ishonasizmi? – dedi Chuvrindi qog‘ozga imzo cheka turib. – Yuz foiz ishonaman, – dedi Zohid qat’iy tarzda. Bu gapdan Chuvrindi miyig‘ida kulimsiragan bo‘lsa-da, Zohidning tik qarashiga bas kelolmay ko‘zlarini olib qochdi. – Omadingizni bersin, – deb xonadan chiqmoqchi bo‘lganida Zohid to‘xtatdi:[7.49]. Ushbu jumlalar orqali so‘zlovchining xayrixohligi tilak nutqiy janri vositasida ifodalanmoqda. Eslatib o‘tamiz, har bir nutqiy janr boshqa nutqiy janrlar tarkibida nutqiy akt sifatida baholanishi va tadqiq etilish xususiyatiga ega. Maqtov+tilak: Juda chiroyli, juda ajoyib va ma’noli so‘zlar (maqtov). Dunyoda tinchlik, O‘zbekistonda rivojlan
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В статье описано выражение желаний адресата в речевые жанры, положительных и отрицательных типах речевого жанра речевой жанр «пожелание» в языковой системе, а также особенности «пожелание», оценки и ис…»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В статье описано выражение желаний адресата в речевые жанры, положительных и отрицательных типах речевого жанра речевой жанр «пожелание» в языковой системе, а также особенности «пожелание», оценки и ис… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- This is an open-access article under the Attribution 4.0 International, adresant, пожелания, языковые особенности, salbiy tilaklar, tilak nutqiy janri, адресат, speech genre “wish”, nutqiy janrlar, positive wishes, niyat, negative wishes, речевой жанр “пожелание”, намерение, intention, speech genres, xohish-istaklar, ijobiy tilaklar, lingvistik xususiyatlar, речевые жанры, wishes, linguistic features, положительные пожелания, addressee, отрицательные пожелания
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025