К содержанию
РецензированоRU2024

Вербальные средства выражения согласия

Nodira АBRIEVA

Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 2 · 475-479 · 2024

Аннотация

Ключевые слова: В данной статье проводится сравнительный анализ речевые средства, вербальных средств выражения согласия в английском и договор, узбекском языках. Исследование фокусируется на семантика, смысловом принципе и влиянии культурных и лингвокультурология, языкознание. национальных особенностей мировоззрения на способы выражения согласия. Особое внимание уделяется характеру и функциям речевых средств, применяемых в обоих языках. 1 Doctoral student, Samarkand State University named after Sharof Rashidov. E-mail: nodiraxon01011990@gmail.com Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Special Issue – 1 (2024) / ISSN 2181-3701 Har bir insonning ma’naviy kamol topishida ona tilining o‘rni beqiyosdir. Yurtboshimiz tomonidan olib borilayotgan benihoya keng qamrovli islohotlarda til muammolari, xususan, ona tiliga – davlat tiliga e’tibor masalalariga alohida diqqat qaratilayotganligi bejizga emas, albatta. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni [1] 4-bandiga muvofiq mamlakatimiz ijtimoiy hayotining barcha sohalarida davlat tili imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalanishga erishish; ta’lim muassasalarida davlat tilini o‘rgatish va uni bilish darajasini yanada takomillashtirish, davlat tilining ilm-fan tili sifatidagi nufuzini oshirish; sofligini saqlash, boyitib borish va nutq madaniyatini yuksaltirish kabi vazifalar belgilab berilgan edi. Har tomonlama sog‘lom avlodni voyaga yetkazish masalasiga jiddiy e’tibor qaratilayotgan bugungi kunda yoshlar orasida, avvalo, komil insonning muhim sifatlaridan biri sanalgan muloqot madaniyatini shakllantirish, davlat tili qoidalariga amal qilgan holda nutq so‘zlash ko‘nikmalarini rivojlantirish ustuvor vazifalardan hisoblanadi. Bu jarayon, ayniqsa, mashaqqatli kasb egalari bo‘lgan o‘qituvchilardan ulkan mas’uliyatni talab etadi. Avvalo, pedagogning o‘zida tilning eng muhim funksiyasi hisoblangan muloqot qilish madaniyati to‘liq shakllangan bo‘lishi lozim. Zero, muomala odobi, muloqot madaniyatiga hamma ham birday amal qilavermaydi. Ko‘hna yozma yodgorligimiz bo‘lmish "Avesto"da aytilishicha, "Yomon ustod hayotni g‘amgin qiladi, hayot chirog‘ini so‘ndiradi..." Shunday ekan, har bir o‘qituvchi savodli gapirishi, o‘z nutqini chiroyli va tushunarli, ta’sirchan qilib bayon etishi, o‘z fikr va his-tuyg‘ularini so‘zda aniq ifodalay olishi kerak. Mohiyatan bitmas-tuganmas, cheksiz-chegarasiz ifoda imkoniyatlarining majmuasi hisoblangan tilimizda muloqot shakllari verbal va noverbal ko‘rinishlarda bo‘ladi. Verbal aloqa – inson nutqi yordamida tajriba almashish, muloqot o‘rnatish va harakatlarni rejalashtirish maqsadida tildan foydalanish jarayoni. So‘z, ma’ruza, suhbat, savol-javob, nasihat, munozara, bahs, xabar, tabrik, tanbeh, salomlashish-xayrlashish kabilar verbal muloqot shakllari hisoblanadi. O‘qituvchining chiroyli nutqi orqali uning yuksak madaniyatini, tilga bo‘lgan mehr-muhabbatini bilib olish mumkin. U har bir so‘zni o‘z ohangi bilan tiniq talaffuz qilib, quvonchli so‘zni quvonch bilan, g‘amgin so‘zni hasrat bilan ayta olsagina har bir so‘zi o‘quvchilarning yuragiga tezda yetib boradi. Chunki so‘z bilan o‘quvchining faqat qulog‘ini emas, balki qalbini ham zabt eta olish lozim. Avvalo, o‘qituvchining o‘zi ma’noli gapira olishi, nutq zanjiridagi halqalarni ilg‘ay olishi, so‘zdan o‘rinli foydalanishi va nutqiy fahm-u farosat kabi fazilatlarni mukammal egallagan bo‘lishi lozim [2]. Verbal vositalari tushunchasi bu odamlarning his-tuyg‘ulari va munosabatlari qanchalik muhim bo‘lmasin, ishbilarmonlik aloqasi nafaqat ma’lumot uzatish, balki hissiy holatlarni tasniflashni o‘z ichiga oladi [3]. Axborotning mazmuni til yordamida izohlanadi, ya‘ni verbal va noverbal vositalar asosida. Bundan tashqari, xabarlar almashinuvi "osonlicha" sodir bo‘lmaydi, balki muloqot maqsadlariga erishish uchun, shuning uchun siz xabarga kiritilgan verbal vositalarni hisobga olishingiz kerak [4]. Muloqotda biz nafaqat ma’lumotni uzatamiz, balki xabar beramiz, muammoni hal qilishdagi qiyinchiliklar haqida bilim almashamiz, shikoyat qilamiz va hokazo. Verbal vositalar asosida qurilgan muloqotda quyidagilar muhim ahamiyatga ega: 476 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Special Issue – 1 (2024) / ISSN 2181-3701 Nima deysiz (va nima demaysiz); fikringizni ifodalash uchun qanday so‘zlardan foydalanasiz? suhbatdoshga ma'lumotni qanday ketma-ketlikda yetkazasiz (qayerdan boshlaysiz, qanday davom etasiz, qanday tugatasiz); qanday dalillar keltirasiz; fikringizni qisqa yoki batafsil bayon qilish lingvomadaniyat aspektida. Shu tariqa, rozilikni ifodalashga madaniyatning "ochiq" va "yopiqlik" darajasi, milliy mentalitet, dunyoning lingvistik tasviri, vaqt haqidagi g‘oyalar va shaxsning shaxsiy maydoni kabi madaniy farqlar ta’sir qilishi

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В данной статье проводится сравнительный анализ речевые средства, вербальных средств выражения согласия в английском и договор, узбекском языках.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В данной статье проводится сравнительный анализ речевые средства, вербальных средств выражения согласия в английском и договор, узбекском языках. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
DOI: https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss1/S-pp475-479, rozilik, семантика, языкознание, лингвокультурология, речевые средства, semantics, linguistics, lingvistika, verbal vositalar, semantika, linguistic culture, lingvomadaniyat, verbal means, договор, agreement
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники