Interpretation and researchesШ. Саттаров2026
Языковые особенности произведения "Кисаси Рабгузи" (на примере рассказа о смерти Ибрагима и Сары салауатуллахи алайхим)
Nargizakhan MAKHMUDJONOVA
Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 2 · 447-452 · 2024
Аннотация
Ключевые слова: В этой статье подробно и подробно анализируются согласие, фонетически, лексически, морфологически рассказы множественное число, Ибрагима и Сары салаватуллахи алайхим, с особым притяжательная вниманием к словам и суффиксам. категория, лексические единицы, фонетические явления, интертекстуальность, символ, диагноз. Kelishik kategoriyasi KELISHIKLAR QOʻSHIMCHALAR MISOLLAR Bosh – Sora, Ibrohim, kimi Qaratqich - ning Yufturoning, Ibrohimning, kim ersaning Tushum - ni, – n Ani, qizin, jonin, yarogʻin Joʻnalish - gʻa,- ga, -ka saqolinggʻa, saqolingga, doʻstgʻa, koʻkka, Oʻrin- payt - da oʻlmishda, yilda, tugʻmishda, yerinda (n tovushi orttirilgan) Chiqish - din oʻgʻuldin, jalladin, Ibrohimdin Vosita – – Koʻplik qoʻshimchasining ifodalanishi - lar: Ulugʻlari Ismoil va Ishoq alayhimas-salom azin onaligʻlar erdilar. Asarda qoʻllangan egalik qoʻshimchalari -im (Maning ajalimdin bir yil burun manga xabar bergil. Andogʻ ersa jonim olgʻil), -ing (Ibrohim, saqolinggʻa urung qachon kirdi. Ibrohimdin burun kim ersaning saqolingga urung kirmish yoʻq erdi), -i (Ibrohim ani Kanʼon haddinda Falastin yerinda dafn qildilar. Jon bermak qattigʻliqi netak turur?) Leksik birliklar va ularning xususiyatlari Azin – boshqa, oʻzga. Azin soʻzi aslida ravish soʻz turkumiga mansub boʻlib, u ravish – koʻmakchi tarzida qoʻllanadi. Azin koʻmakchisi qadimgi turkiy yodgorliklarda (adin tarixiy taraqqiyot natijasida d/z hodisasiga uchragan) keng isteʼmolda boʻlib, 13–14-asrlarga oid ayrim manbalarda ham qoʻllangan: Tamâshadın azın hech ishläri yoq. Asarda qoʻllanishi: Azin kishi olmadi. Maʼnosi: Boshqa ayolga uylanmadi. Kezin – keyin, soʻng. Bu soʻz ham ravish – koʻmakchi sanalib, 15- asrga qadar kezin (qadimgi turkiy yodgorliklarda kedin) shaklida qoʻllangan: Yoq erdi qazgʻusi andin kezin hech. Asarda qoʻllanishi: Sorada kezin Ibrohimning ikki yarim yilda vafot qildi. Maʼnosi: Sora vafotidan soʻng ikki yarim yil oʻtib Ibrohim ham vafot qildi. Urung – oq rang. “Ey Ibrohim, saqolinggʻa urung qachon kirdi. Yaʼni Soqoling qachon oqardi. oqarishni boshladi. 448 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Special Issue – 1 (2024) / ISSN 2181-3701 Ogʻdurmoq – yetkazmoq, chiqarmoq: Jonin oldi koʻkka ogʻdurdi. Jonini olib koʻkka yetkazdi. Orttirma nisbat maʼnosida. Asos ogʻmoq – di – oʻtgan zamon qoʻshimchasi, -r- orttirma nisbat shakli. Unamaz – xohlamas. Doʻst doʻstgʻa ulanmoqni unamazmu boʻlur? Bu soʻz s// z fonetik hodisasiga uchragan: unamas – unamas kabi. Qamugʻ – barcha, hamma. Olmosh. Qamugʻ yalavochlar joni oʻtru yurudilar. Yalavoch – xudoning elchisi, paygʻambar. Ot soʻz turkumi. Oʻtru – qarshisida, yuzma-yuz. Ot koʻmakchi. Endi yuqoridagi gapning mazmuni oydinlashadi. Jonini olib koʻkka yetkazdi. Endi uning ruhi barcha paygʻambarlar joni, ruhi oldida yurar edilar. Unoq – chopqi. Ot soʻz turkumi. Tebasiga – tepasiga, ustiga. Ot koʻmakchi. B//p fonetik hodisasiga uchragan soʻz. Taqi – yana. Miqdor bildiruvchi ravish soʻz turkumiga mansub soʻz.Taqi ming yoʻli qilich birla chopsalar... Yana ming marta qilich bilan chopsalar maʼnosida. Koʻzmoq – qoʻymoq. Feʼl soʻz turkumiga oid soʻz. y//z fonetik hodisasiga uchragan. Ismoilni Xijoz yerinda xalifa kezdi. Ismoilni Xijozga xalifa qilib qoʻydi, tayinladi. Haddinda – chegarasida maʼnosida qoʻllangan boʻlishi mumkin: Ibrohim ani Kanʼon haddinda Falastin yerinda dafn qildilar. Qoʻl – iltimos qilmoq, soʻramoq ... qoʻlmish erdi – soʻrar edi, iltimos qilar edi. Fonetik hodisalar Oʻtuz – son soʻz turkumi arab tilida ikkalantirish uchun tashdid belgisi qoʻyiladi. Bu soʻzda ham boʻlishi kerak boʻlgan ammo koʻchirilishda tushirilgan boʻlishi mumkin. Sekiz soʻzida ham shu holat kuzatilgan. Gʻ. Abdurahmonov, Sh. Shukurov, Q. Mahmudov muallifligidagi Oʻzbek tilining tarixiy grammatikasi kitobida “Tarkibli sanoq sonlarning katta son oldin, kichik son keyin keladi” (127b) degan qoidaga muvofiq tarzda qoʻllangan: yuz oʻtuz kabi. Anda – olmosh soʻz turkumi. U olmosh hisoblanadi. U tarzida ham a tarzida ham qoʻllanilgan. Yerinda – yer+ i + (n) +da. Bu yerda n tovushi orttirilgan. Quyidagi soʻzlarda ham shu holat kuzatilgan: haddinda, oʻyinda, vaqtinda, tebasinga, viloyatinda, Tirik erkincha – to tirik paytigacha. Bu soʻzda ham n tovushi orttirilgan:erk+ i (n) + cha ( ravish yasovchi qoʻshimcha). Otligʻ – ligʻ ham ot yasovchi, ham sifat yasovchi qoʻshimcha. ... Futur otligʻ qizin oldi. Bu yerda -ligʻ qoʻshimchasi sifat yasovchi qoʻshimcha. Futur otli qizini oldi. Panjshanba – bu soʻz tarixiy taraqqiyot natijasida payshanba tarzida qoʻllanadi. Aslida panjshanba tarzida qoʻllanishi maqsadga muvofiqdir: panj- besh, shanba – shanba, yaʼni shanbadan keyin keluvchi beshinchi kun. Hafta hisobi shanbadan boshlangan desak, notoʻgʻri boʻlmas, chunki Navoiyning “Sabʼayi sayyor” dostonidagi hikoyat ham shanba kunidan boshlanadi. Yuz yigirmi – 20 soni XIII–XIV asrlarga oid yodgorliklarda asosan oxirgi unlisi [i] bilan kelgan yigirmi shaklid
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В этой статье подробно и подробно анализируются согласие, фонетически, лексически, морфологически рассказы множественное число, Ибрагима и Сары салаватуллахи алайхим, с особым притяжательная вниманием…»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В этой статье подробно и подробно анализируются согласие, фонетически, лексически, морфологически рассказы множественное число, Ибрагима и Сары салаватуллахи алайхим, с особым притяжательная вниманием… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- agreement, диагноз, ramz, лексические единицы, fonetik hodisalar, possessive category, фонетические явления, egalik kategoriyasi, множественное число, leksik birliklar, diagnosis, lexical units, символ, интертекстуальность, plural, symbol, phonetic phenomena, koʻplik, intertekstuallik, согласие, intertextuality, tashxis, kelishik, притяжательная категория
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025