К содержанию
РецензированоRU2024

Двуязычие и диглоссия: что важно в двуязычии?

Raykhon RUZIYEVA

Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 2 · 121-125 · 2024

Аннотация

Ключевые слова: В современном глобализированном мире почти двуязычие, половина населения планеты ежедневно использует два двуязычие, языка для общения. Слово «билингв» часто встречается в двуязычие, социальных сетях, различных новостях и статьях, диглоссия, искусственное и обозначая людей, говорящих на двух языках. Но что на естественное двуязычие, самом деле означает этот термин? В нашей статье мы координационное рассмотрим значение термина «билингв» и явления двуязычие, двуязычия. Мы попытаемся ответить на вопросы о том, кто субкоординативное такой билингв, что такое билингвизм, что необходимо для двуязычие, смешанное двуязычие. того, чтобы стать билингвом, а также рассмотрим положительные и отрицательные аспекты двуязычия. Bugungi kunda bir tilda emas, balki ikki tilda gaplashish globallashib borayotgan dunyoda aniq amaliy foyda keltirmoqda. Ammo so‘nggi yillarda olimlar ikki tillilikning afzalliklari kengroq odamlar bilan suhbatlashishdan ko‘ra muhimroq ekanligini ko‘rsata boshladilar. Ikki tilli bo‘lish sizni aqlliroq qiladi. Bu sizning miyangizga chuqur ta’sir ko‘rsatishi mumkin, til bilan bog‘liq bo‘lmagan kognitiv qobiliyatlarni yaxshilaydi. Bilingvizm lotincha soʻz boʻlib, “bi” – ikki, “lingua” – til, yaʼni ikki tillilik maʼnosini bildiradi. Ikki tillilik haqidagi bu qarash 20-asrning katta qismidagi ikki tillilikni tushunishdan sezilarli darajada farq qiladi. Tadqiqotchilar, o‘qituvchilar va siyosatchilar uzoq vaqtdan beri ikkinchi tilni bolaning akademik va intellektual rivojlanishiga to‘sqinlik qiladigan, kognitiv jihatdan aralashish deb hisoblashgan. Til bu ijtimoiy hodisa ekanligi hammamizga ma’lum. Inson o‘z ehtiyojlarini qondirish maqsadida, o‘z ona tilidan tashqari boshqa tillardan ham foydalanish mumkin. “Ikki tillilik” va “ko‘p tillilik” terminlarining nomlaridan ham ko‘rinib turganidek, bu biron jamiyatda (odatda davlatda) ikki va undan ortiq tillarning faoliyat ko‘rsatishini bildiradi. Bugungi kunda qator davlatlarda ikki yoki ko‘p tillilik mavjud. Mazkur hodisalarni Rossiya (rus tili bilan birga, boshqird, tatar, yoqut, buryat, osetin va h.k. tillar qo‘llaniladi), Afrika mamlakatlari, Belgiya, Gana, Hindiston, Kanada, Paragvay (misollarni barcha mintaqalardan olinganini ko‘rish mumkin) davlatlarida kuzatish mumkin. Ikki tillilik va ko‘p tillilikni bir qancha tillarni biladigan shaxslarga nisbatan ham ishlatish mumkin. Binobarin, bilingvizm (ikki tillilik) deganda, ikki tilda bemalol fikrlasha olish, ikki tilni bir xilda egallaganlik tushuniladi. Ikki tillilik va ko‘p tillilikdan farqli o‘laroq, diglossiya ikkita mustaqil tilni yoki bir tilning turli subkodlarini bilishni ifodalaydi. Bu tillar va subkodlar vazifasiga ko‘ra taqsimlangan bo‘ladi: agar gap ko‘p tilli jamiyatlar haqida borayotgan bo‘lsa, unda masalan, rasmiy vaziyatlarda, chunonchi, qonunchilik, ish yuritish, davlat tashkilotlari orasidagi yozishmalarda rasmiy til (yoki davlat tili)dan foydalaniladi; maishiy, kundalik hayot va oilaviy muloqot sharoitlarida esa rasmiy maqomga ega bo‘lmagan boshqa tillar va subkodlardan foydalaniladi. Diglossiya deganda, bir milliy tilning turli subkodlarida gapira olish, sharoit va muloqot doirasiga bog‘liq holda, tilning bir subkodidan ikkinchi bir subkodiga ko‘chish, bir til doirasidagi turli uslublardan foydalana olish tushuniladi. 122 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Special Issue – 1 (2024) / ISSN 2181-3701 Bundan tashqari, diglossiya termini turli tillarni bilish va ularni muloqot vaziyatiga ko‘ra galma-gal qo‘llay olishini ham anglatishi mumkin. Bunday hollarda “ichki til” aniqlovchisi chiqarib tashlanib, “diglossiya” terminining o‘zi qo‘llaniladi. So‘zlovchilarning ongli ravishda turli kommunikativ vositalardan birini tanlashi va uni muvaffaqiyatli muloqot uchun qo‘llay olishi diglossiyaning muhim sharti hisoblanadi. Istiloh sifatida bilingvist – kundalik hayotda ikkita til: oʻz ona tili va bitta chet tilini qoʻllash, unda soʻzlasha olish qobiliyatiga ega kishini bildiradi. Bugungi kunda insonlar bir vaqtning oʻzida ikki-uchta tilni oʻrganayotganiga guvoh boʻlyapmiz. Xoʻsh, ularning hammasini bilingvistlar deb atash mumkinmi? Demak, bilingvistlar ikkinchi tilni xuddi oʻz ona tilidek mukammal bilgan va soʻzlasha oladigan shaxslardir. Bilingvizm turlari Bolaligidan ikki tilda bemalol muloqot qila olgan kishilarni ham bilingvistlar deb ataymiz, aslida ham bu atama koʻproq ikki tilli muhitda yashash natijasida shakllangan bilingvizmni ifodalaydi. Shu sababdan ham bilingvizmni avvalo sunʼiy va tabiiy koʻrinishlarga ajratib olamiz. Sunʼiy bilingvizm jarayonida ona tili asos qilib olinadi va u har qanday kommunikativ munosabatning yuzaga chiqishida yetakchilik qiladi. Tabiiy bilingvist kishi esa erta yoshligidanoq ikkita tilni birdek oʻzlashtirib boradi. Ijtimoiy muhit taʼsirida shakllangan bilingvizm tushunchasi ham ikkiga boʻlinishini eslatib oʻtish kerak: Individual bilingvistlar – oilaviy sharoit

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В современном глобализированном мире почти двуязычие, половина населения планеты ежедневно использует два двуязычие, языка для общения.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В современном глобализированном мире почти двуязычие, половина населения планеты ежедневно использует два двуязычие, языка для общения. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
bilingualism, bilingual, and also look at the positive and negative aspects of, sun’iy va tabiiy bilingvizm, artificial and natural bilingualism, смешанное двуязычие, субкоординативное двуязычие, mixed bilingualism, koordinativ bilingvizm, bilingvist, двуязычие, sub-koordinativ bilingvizm, ko’p tillilik, sub-coordinative bilingualism, ikki tillilik, координационное двуязычие, coordinative bilingualism, diglossiya, aralash bilingvizm, bilingvizm, искусственное и естественное двуязычие, диглоссия, diglossia
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники