Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA DIALOGIK MUNOSABATLAR MADANIYATINING DARAJALARI
NEW RENAISSANCE · MADANIYATINING DARAJALARI · Nafisa Husanova Nurali qizi
Современная наука и исследования · 2 · 2025
Аннотация
Mazkur maqola, o‘quvchilar orasida dialogik munosabatlar madaniyatining rivojlanish darajalarini tahlil qilishga bag‘ishlanadi. Dialogik munosabatlar madaniyati o‘quvchilar orasida samarali muloqot, tinglash va tushunish qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Ushbu madaniyatning asosiy elementlari o‘quvchilarning bir-birini hurmat qilish, fikr almashish, qarama-qarshi nuqtai nazarlarni to‘g‘ri tushunish va muammolarni birgalikda hal qilishga qaratilgan faoliyatlarni o‘z ichiga oladi. Maqolada o‘quvchilar orasidagi muloqotni yanada samarali qilish uchun o‘qituvchilar va pedagoglar tomonidan amalga oshirilishi kerak bo‘lgan faoliyatlar, o‘qitish metodlari va amaliy yondashuvlar ham taqdim etiladi. O‘quvchilarda dialogik madaniyatni rivojlantirish uchun sinfda faol muloqotlarni tashkil etish, individual va guruh ishlari orqali o‘rganishni qo‘llab-quvvatlash zarurati urg‘ulanadi. Ushbu maqola o‘quvchilarda kommunikatsiya va muloqot madaniyatini shakllantirishning ahamiyatini ko‘rsatadi hamda pedagoglarga zamonaviy ta’limda bunday madaniyatni rivojlantirish bo‘yicha aniq tavsiyalar beradi. Kalit so’zlar: Boshlang‘ich sinf, o‘quvchi, dialog, rivojlanish, pedagog. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida shakllantiriladigan dialogik munosabatlar madaniyatining dinamik xarakterga ega ekanligini e’tirof etgan holda o‘quvchilari dialogik munosabatlari darajasi hamda rivojlanish manbalarini ajratish uning shakllanishga imkon beradigan model qurilishini tahlil qilishga asos yaratadi. Bu esa dialogik munosabatlar madaniyatining shakllanganlik darajasini tashxislash, pedagogik prognozlash va pedagogik faoliyat maqsadlarini aniqlashga ko‘maklashadi. Z. Xolmatovaning fikricha, jarayonni imkon qadar ko‘proq tahlil qilish, turli holatlarning o‘zaro aloqador jihatlari va qonuniyatlarini aniqlashga xizmat qiladi. Izchillik uning ichki tarkibini oydinlashtirib, jadallashuvni ta’minlaydi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida dialogik munosabatlar madaniyatini shakllantirish bosqichlarini aniqlash alohida ahamiyatga egaligini aniqlashga muvaffaq bo‘ldik. 229 NEW RENAISSANCE 2025 FEBRUARY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 2 Fikriy-qadriyatli hamda hissiy-affektiv komponentlarning o‘zaro birligi jarayonli qismning barqarorligi va rivojlanishini ta’minlaydi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida shakllanadigan dialogik munosabatlar madaniyatining uch darajasini aniqlash imkonini beradi. Ular: Dialogik munosabatlar madaniyatining quyi darajasi - hissiy daraja bo‘lib, uning o‘ziga xos xususiyati boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining hissiy-affektiv rivojlanishida namoyon bo‘ladi. Bunday o‘quvchilar o‘zlarining his-tuyg‘ularini yashira olmaydilar, ularda xulq-atvorning ixtiyorsiz qo‘zg‘alishi kuzatiladi. Bu kabi o‘quvchilarda fikrlarni bayon qilish, xulq-atvordagi anglashilganlik vaziyatli xarakter kasb etadi. Ularning hukmlari, ilgari surgan fikrlar u qadar qat’iy va barqaror bo‘lmaydi. O‘quvchilarning faoliyatlarida qadriyatlarni anglamaslik va ularga amal qilmaslik holatlari ham kuzatiladi. Bunday o‘quvchilarning kommunikativ texnikasida teskari aloqa bo‘sh darajada shakllangan bo‘ladi. Muloqot esa aksariyat hollarda hissiy xarakter kasb etadi. Mazkur darajada muloqotning mazmuni bir xil bo‘lib, uning maqsadlari o‘zaro farqlanmaydi, muloqot vositalari esa takomillashmagan holda qolib ketadi. Ushbu vaziyatlarda kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar dalillarni shunchaki to‘plash bilan cheklanib qoladilar. Bunday o‘quvchilar uchun insoniy munosabatlar doirasini aniqlash juda qiyin kechadi. Ularda muammolarni anglash va tushunish past darajada shakllangan. Bu boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv faoliyatlari va dunyoqarashlari uyg‘unlashuviga to‘sqinlik qiladi. O‘quvchilarning o‘z-o‘zlarini namoyon qilishlari past darajada shakllanganligining sabablaridan biri - o‘quv-tarbiya jarayonining ular shaxsiyatini shakllantirish bilan bog‘liq jihatlariga yetarlicha e’tibor berilmaganligidadir. Ularda ijtimoiy foydali faoliyat tajribasi mohiyatini anglash ko‘nikmasi yetarlicha shakllanmagan. Dialogik munosabatlar madaniyati shakllanganligining o‘rta darajasi - jarayonli darajada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ko‘proq darajada his-tuyg‘ularni kuzatish jarayoni boshlanadi. Bunday vaziyatlarda o‘quvchilarning o‘z kechinmalarini boshqara olishlari nihoyatda zarur hisoblanadi. Shu asnoda ular o‘quv faoliyati bilan bog‘liq kundalik majburiyatlarini bajarishga kirishadilar. Natijada ularda hissiy holatlarning barqarorligi ortadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining dialogik munosabatlari jarayonida o‘zaro manfaatdorlik hamda suhbatdoshiga hamdardlik his-tuyg‘ulari vujudga keladi. Bunday o‘quvchilarda o‘quv jarayoniga nisbatan ba’zan ijobiy, ba’zan esa vaziyatli munosabat shakllanadi. Mazkur o‘quvchilar o‘z kuchlari va layoqatlariga to‘liq ishonmaydilar. Ularga muntazam tarzda nazorat, qo‘llab- quvvatlash va yordam kerak bo‘ladi. Ularning muvaffaqiyatlari o‘qituvchilari va ota-onalari tomonidan muntazam tarzda e’tirof etilishi k
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqola, o‘quvchilar orasida dialogik munosabatlar madaniyatining rivojlanish darajalarini tahlil qilishga bag‘ishlanadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqola, o‘quvchilar orasida dialogik munosabatlar madaniyatining rivojlanish darajalarini tahlil qilishga bag‘ishlanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- pedagog., o‘quvchi, rivojlanish, dialog, Boshlang‘ich sinf
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014