Interpretation and researchesШ. Саттаров2026
Ряды ментальной омонимии в узбекском и турецком языках
Mukaddas ABDURAKHMANOVA · July -/© in Science LLC. (Tashkent State University of Uzbek Language and Literature named after Alisher Navoi)
Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 2 · 273-279 · 2024
Аннотация
Ключевые слова: В статье рассматриваются ментальные ряды омонимии ментальное, в узбекском и турецком языках. С помощью экспериментов когнитивное знание, было проанализировано, что ментальные имена имеют когнитивная семантика, особое значение в психических (когнитивных) процессах ментальные омонимы, ядро, как тип слов, содержащий некоторые критерии, периферия, относящиеся к определенным понятиям, фактам и мыслям. ментальные синонимы. Asli inglizcha atama boʻlgan va koʻpchilik Yevropa tillarida, ayniqsa nemis va fransuz tillarida uchraydigan “mental” soʻzi turkiy tillarda “aql, aqliy, zehn, ruhiyat” maʼnosida qoʻllanadi. Mental so‘zi turkiy tilda “aqliy” so‘ziga teng bo‘lib, kognitiv tilshunoslikda tahlil qilinadi. Erdal Aydogʻmush aqliy jarayon haqida “Inson ongida tartibli tarzda sodir bo‘ladigan juda murakkab bir tizim bor. Bu tizim bizga atrof-muhit va hodisalarni idrok etish imkonini beradi. Bu jarayon aqliy jarayon bo‘lib, asosan psixologlarning tadqiqot sohasiga kiradi. "Tilshunoslar bu bilan shugʻullangan bo‘lsalar ham, ular o‘zlashtirish bo‘yicha ko‘proq tadqiqotlar olib borishadi" degan edi . Mental ismlar aqliy jarayonlarda ayrim tushunchalar, faktlar va fikrlar bilan bog‘liq ba’zi mezonlarni o‘z ichiga olgan so‘zlarning bir turi sifatida alohida ahamiyatga ega. O‘zining ichki dunyosini anglab, nom bermoqchi bo‘lgan inson tushunchalarni mental ifodalar bilan reallashtiradi. N. Xomskiy aql-idrok etish, tafakkur qilish tabiatini inson tilining tabiati bilan tenglashtiradi. Xomskiyning bu g‘oyasi til va ongni bir tekisda ko‘rib chiqadigan nuqtayi nazar sifatida ajralib turadi. Shaxsning emotsional fikrini, holatini ifodalovchi mental so‘zlar, xoh fe’l bo‘lsin, xoh ot bo‘lsin, aqliy jarayon deb ataladigan idrok ketma-ketligi orqali olingan ma’lumotlar qayta ishlanadigan kontekstdagi harakat yoki tushunchani ifodalaydi. Psixik jarayonning asosi doimo atrof-muhitni idrok etishdir. Atrof-muhit idrok qilinmas ekan, odam u haqida aqliy jihatdan filtrlay olmaydi, shuning uchun uni na xatti- harakati (ko‘rish / eshitish) bilan, na tili bilan (og‘zaki / yozma) ifoda eta olmaydi. Psixik jarayon inson ongida sodir bo‘lganligi sababli, u odamning tashqi muhitdan ma’lumot olishi va uni qabul qilgandan keyin qanday anglashi yoki aks etishini ifoda etadi . Omonimiya hodisasida omonimlarning quyidagi kognitiv belgilari mavjud: 1. Shakliy jihatdan bir xillik. 2.Talaffuz jihatidan bir xillik. 3.Ma’no jihatdan har xillik. 4.Ikkitadan oltitagacha bo‘lgan uzvli qator hosil qilish. 5. Til taraqqiyotining muayyan davriga xos mavjjud bo‘lishi lozim. 6.Iste’mol jihatidan bir xil doirada qo‘llanishi talab etiladi. Omonimlar talqinining murakkabligi minimum ikkita referent strukturasining mavjud bo‘lishidir. Semantik usulda yuzaga kelgan omonimlarda motivatsion va nominativ aloqadorlik mavjud bo‘ladi. 274 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Issue – 2 № 3 (2024) / ISSN 2181-3701 Kognitiv-semantik analiz til birliklarining leksikografik va psixolingvistik ma’no tahliliga asoslanadi. Leksikografik ma’no mantiqiy metod, introspektiv metod, so‘zning turli og‘zaki va yozma kontekstlarda qo‘llanishini tahlil qilish, komponent tahlil metodi orqali yoritiladi. Psixolingvistik analiz tajriba (eksperiment)lar orqali amalga oshiriladi. Quyida omonimlarni o‘zbek tilida leksik omonimlarga 10ta qator keltirish, ma’nosini izohlash yuzasidan berilgan topshiriq asosidagi tajriba natijalarini ko‘rib chiqamiz. Tajriba maqsadi: talabalarning omonimlarni, ularning ma’nolarini bilish darajasini, omonimik qatorlar faolligini aniqlash. A guruhdagi 23 nafar talabadan olingan natijalar quyidagicha bo‘ldi: A guruh V guruh ot – 15 (65,2%) tut – 13 (56,4%) soch – 11 (47,8%) olma 12 (52,1%) olma – 8 (34,8%) qo‘y 9 (39,1%) oq 7 – (30,4%) oq 8 (34,8%) kul 7 – (30,4%) yoz 7 (30,4%) ko‘k – 6 (26%) o‘t 4 (17,4%) tut – 5 (21,7%) soch 3 (8,6%) Eng faol kuzatilgan olma omonimik qatoridir. Tajriba natijalarinini tahlil qilish jarayonida quyidagilar qayd etildi: darslik qo‘llanmalarda qayd qilingan omonimlarning keltirilgani kuzatildi: rasta “qator” – rasta I ‘balog‘at yoshidagi” (I.S., 20 yosh), gul I “o‘simlik” – gul II “kasallik” (I.S., 20 yosh, Ch.M., 22 yosh); dam I “nafas”, dam II “bosqon”, dam III “hordiq” ( N.N., 20 yosh). Rasta I “qator”, rasta II “balog‘atga yetgan” so‘zlari “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da omonim sifatida keltirilgan. Bu misol ma’lum davrlarda kirish testlariga olingan va abituriyentlar uchun chiqarilgan qo‘llanmalarda keltirilgan. Bu so‘zlar aslida omonim bo‘la olmaydi. Sababi: hozirgi o‘zbek adabiy tilida “balog‘atga yetmagan” ma’nosidagi rasta so‘zi ishlatilmaydi. Fors-tojikcha asos hisoblangan rasida shaklida bo‘lib, “yetgan” ma’nosidagi sifatdosh ko‘rinishidagi so‘z. Shaklliy bir xillikka e’tibor sababli ko‘p ma’noli so‘zlar omonim sifatida keltirilgan: chopmoq “yer chopmoq”, chopmoq II “daraxt chopmoq”, chopmoq III “izidan chopmoq” (Y.N., 21 yosh
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В статье рассматриваются ментальные ряды омонимии ментальное, в узбекском и турецком языках.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В статье рассматриваются ментальные ряды омонимии ментальное, в узбекском и турецком языках. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- This is an open-access article under the Attribution 4.0 International, когнитивное знание, mental omonimlar, kognitiv semantika, core, markaz(yadro), mental homonyms, ментальное, kognitiv bilim, периферия, cognitive knowledge, periphery, ядро, mental sinonimlar, ментальные синонимы, mental, yaqin chekka (pereferiya), когнитивная семантика, cognitive semantics, mental synonyms, ментальные омонимы
Смежные источники
Interpretation and researchesЗокиржонова Ф. Р., Туленова К. Ж2026
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025