Interpretation and researchesШ. Саттаров2026
Выражение семейных отношений в пословицах (на материале немецких, русских и узбекских пословиц)
Uzbek proverbs) · Mansur KUCHIBOEV · Shukhratjon UTAYEV
Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 2 · 182-186 · 2024
Аннотация
Ключевые слова: В статье исследуется выражение семейных отношений традиции и обычаи, на основе немецких, русских и узбекских пословиц. У лингвокультурология, разных народов семейные отношения и отношения пары культурно-исторические, трактуются в пословицах по-разному на примерах. Цель национальные особенности, анализа таких пословиц, выражающих семейные паремиологическая отношения в немецком, русском и узбекском языках, с основа, точки зрения сравнительного языкознания и культуры религиозные верования, заключается в определении общих (универсальных) и быт и нравственность, национальных особенностей народов, принадлежащих к нормы поведения и т.д. разным культурам и традициям. Maqol xalq og‘zaki ijodining juda muhim shakliga, ayni zamonda chuqur mazmuniga ega muxtasar, lo‘nda janriga mansubdir. U ko‘p asrlar davomida xalqning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy tajribalari, hayotiy kuzatuvlari asosida yuzaga keladi. Maqollar o‘z ijtimoiy funksiyalariga ko‘ra asosan keng xalq ommasining, ayrim hollarda esa ba’zi ijtimoiy tabaka yoki guruhlarning dunyo- qarashlarini ifodalaydi. Rus yozuvchisi L.N.Tolstoy maqollarning xalq hayoti, ruhiy dunyosi bilan naqadar yaqinligi haqida to‘xtalib “har bir maqolda men shu maqolni yaratgan xalqni ko‘raman”, – deb yozgan edi. Genial yozuvchining bu so‘zlari maqollar tabiatini, ularning xalq hayotida tutgan o‘rnini ifodalaydi. Maqolga ta'rif berib, uning fazilatini filologiya fanlari doktori, professor B. Sarimsoqov quyidagicha tasnif etgan edi: 1. Maqol hamma vaqt aniq, tugal fikrni anglatadi. Bu fikr qat’iy, lo‘nda xulosa sifatida ifodalanadi. Fikriy lo‘ndalik esa fikrni ixcham ifodalashga imkon beradi, yaxlit kompozitsiya asosida yuzaga keladi. 2. Maqol uchun ma’lum bir fikrni mantiqiy ixchamlikda va qat’iy qutbiylikda ifodalash xarakterlidir. 3. Maqollar ham o‘z va ko‘chma ma’noda qo‘llanish imkoniyatiga egadir. Bu maqollarning doirasini, qo‘llanish xususiyatining tematik chegarasini kengaytiradi. Maqollar mazmunan g‘oyat kengdir. Bu xususiyat maqolga o‘z-o‘zidan katta semantik ko‘chimlar imkonini beradiki, natijada birgina maqolning turli vaziyatda turlicha mazmunda qo‘llash mumkin. Mana shu xususiyat maqolga barhayotlik bag‘ishlaydi. Ijtimoiy hayotning biror sohasi yo‘qki, u maqollarda o‘z aksini topmagan bo‘lsin. Ijtimoiy munosabatlar, jumladan, oilaviy munosabatlar har qanday xalq tilidagi maqollarda o‘z yorqin ifodasini topadi. Аsrlar jarayonida shakllangan bunday munosabatlarda muayyan xalqlarning er va xotin, erkak va ayollar munosabatlaridagi normalari o‘z aksini topadi va ularda muayyan xalq madaniy-tarixiy , milliy xususiyatlari, anʼanalari, urf-odatlari, diniy eʼtiqodlari jamlangan. Shu nuqtai nazardan har qanday tilning paremiologik fondi inson turmush faoliyatining turli jihatlarini aks ettiradigan hayot va axloq, xulq normalarining ensiklopediyasi vazifasini ham bajarib kelgan. O‘zida oilaviy munosabatlarning normalarini va steriotiplarini saqlab kelayotgan bunday maqollar turli xalqlarning oilaviy munosabatlardagi milliy xususiyatlarini tarixiy taraqqiyot jarayonida o‘rganish imkoniyatini yaratadi. Nemis, rus va o‘zbek tillaridagi oilaviy munosabatlarni ifodalaydigan bunday maqollarning qiyosiy lingvomadaniyatshunoslik nuqtai nazardan tahlil qilishimizdan maqsad turli madaniyat, anʼana va urf-odatlarga mansub xalqlarga xos 183 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Issue – 2 № 3 (2024) / ISSN 2181-3701 umumiy(universal) va milliy o‘ziga xosliklarni aniqlashdir. O‘zbek xalqida oilaviy turmush munosabatlari juda qadim zamonlardan boshlab muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Bunday munosabatlar birinchi navbatda musulmon dini qonun qoidalari asosida boshqarib turilgan. Shaʼriy nikohning mustahkamligi oilada odatda erkak hukmronligiga asoslangan va bunday hukmronlik ular turmushidagi diniy, ijtimoiy, ahloqiy, maʼnaviy aqidalar orqali taʼminlangan. Masalan, musulmon dinining asosi hisoblangan “Qurʼon”da oilaviy hayotdagi er va xotinning burchlari atroflicha belgilab qo‘yilgan. Shunga qaramasdan, murakkab oilaviy turmush tarzi asrlar jarayonida oddiy xalq orasida “yaxshi” va “yomon” xotin haqida ko‘plab dono maqol va iboralarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Ularda oilaviy hayotda ayolning mijgʼovlik, tannozlik, befarasotlik, isrof qilish singari salbiy sifatlari qattiq qoralangan va bunday illatlarning yo‘q qilinishida erning qattiqqo‘l oila boshlig‘i bo‘lishi lozimligi taʼkidlangan. O‘zbek maqollaridan misollar: Erni er qiladigan ham xotin, qora yer qiladigan ham xotin. Biyaning yugurigi yaxshi, xotinning epchili. Аyolning sarishtasi – ro‘zg‘orning farishtasi. Аyolning sunbuli – yigitning dili. Аyollarga, oilaga bo‘lgan bunday munosabatlar rus xalq maqollarida ham o‘ziga xos ravishda o‘z aksini topgan: Добрая жена – веселье, а худая – злое зелье. Добрая жена дом сбережет, плохая – рукавом растрясет. Жена бранчива – мужу позор. Жена ни гусли: поиграв, на стену не повесишь. Жена не к
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В статье исследуется выражение семейных отношений традиции и обычаи, на основе немецких, русских и узбекских пословиц.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В статье исследуется выражение семейных отношений традиции и обычаи, на основе немецких, русских и узбекских пословиц. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- traditions and customs, characteristics of peoples belonging to different cultures and, paremiologik fondi, традиции и обычаи, национальные особенности, нормы поведения, life and morality, xulq normalari, hayot va axloq, linguoculturology, религиозные верования, паремиологическая основа, paremiological basis, norms of behavior, быт и нравственность, лингвокультурология, культурно-исторические, lingvomadaniyatshunoslik, diniy eʼtiqodlar, anʼana va urf-odatlar, madaniy-tarixiy, national characteristics, milliy xususiyatlar, cultural-historical, religious beliefs
Смежные источники
Interpretation and researchesЗокиржонова Ф. Р., Туленова К. Ж2026
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025