К содержанию
РецензированоRU2024

Вопрос вариативности в терминах государственного управления

Lobar GANIEVA

Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 2 · 258-262 · 2024

Аннотация

Ключевые слова: В статье рассматривается теория вариативности в термин, лингвистике, а также изучаются происхождение и способы терминология, преодоления вариативности в терминологии. Авторы термины анализируют фонетические, морфологические и государственного управления, лексические варианты терминов, используемых в вариация, государственном управлении, применяя лингвистические фонетическая вариация, методы для их исследования. морфологическая вариация, лексическая вариация. Terminologiya tilshunoslikning tor sohalaridan biri bo‘lsa-da, o‘ziga xos lingvistik hodisalarga boy. Jumladan variantdoshlik xossasi sohalarga oid terminlar o‘rtasida ham amaliy ham nazariy qo‘llanilayotganligiga guvoh bo‘lamiz. Variantdoshlik terminshunoslikda ma’qul topilmasa-da, ammo bu lingvistik hodisani cheklab o‘tolmaydi. Variantdoshlik XVII asrda tilshunoslikka olib kirilgan bo‘lib, bu hodisa yuzasidan bugungi kunga qadar bir qancha tadqiqotlar amalga oshirilgan. Variantdoshlikning ilmiy-nazariy asoslari xususida V.V. Vinogradov, A.I. Smirnitskiy, O.S. Axmanova kabi olimlar fikr- mulohazalar bildirgan. Lisoniy variantdoshlikka xos belgi, xususiyatlarni tahlil va talqin qilish o‘zbek tilshunosligida XX asrning ikkinchi yarmidan boshlangan. O‘tgan asrning 6–70-yillarida O‘. Usmanova va A. Boboyeva kabi tilshunos olimalar o‘zbek tilidagi variantdosh so‘zlarning turlari, ularning sinonimlardan farqli jihatlari, shuningdek, me’yorga keltirish masalasi xususida fikr, mulohazalarni bildirgan. O‘. Usmanova variantdoshlikni izohlash uchun leksik dublet terminini qo‘llaydi. Dublatlarni fonetik va morfologik shakllarga ajratadi. A. Boboyeva esa “… mazmun va mohiyati jihatidan aynan bir xil va bir biriga yaqin ma’nodagi nutqiy vositalarning ikki va undan ortiq shaklda ifodalanish variativlik” degan fikr bilan izohlaydi. Tilshunos R.Shukurov variant bu bir ma’noli so‘zning ikki lisoniy shaklda mavjud bo‘lishidir deya ta’riflaydi. Keltirilgan izohlar, fikr, mulohazalardan aytishimiz mumkinki, variantdoshlik, ayniqsa terminologiyada o‘rganilishi dolzarb bo‘lgan masaladir. Tilshunos olima D. Xudoyberganova sohalarni anglatuvchi terminlarning o‘zi variantlilik asosida ishlatilib kelinayotganligini, ayrim terminlarning rus tilida bir necha variantda qo‘llanishi ularning o‘zbek tilida ham shunday qo‘llanishga sabab bo‘layotganligini, ayrim tadqiqotlarda kalka usuli bilan termin o‘zlashtirilganda o‘zbek tilidagi so‘zlardan foydalanish imkoniyati mavjud bo‘lgan holda bunga e’tibor qilmaslik ko‘zga tashlanayotganini izohlab, bu holatda bir to‘xtamga kelish kerakligini ta’kidlaydi. Garchi bu fikrlar zamonaviy tilshunoslik terminlariga nisbatan aytilgan bo‘lsa-da, barcha sohaga doir terminlar qo‘llanilishida shu jarayonlarning guvohi bo‘lmoqdamiz. Tibbiyot terminologiyasi yuzasidan tadqiqot olib borgan tilshunos A. Saidnomanov terminologiyaga bag‘ishlangan ishlarda ham variantdoshlikka jiddiy e’tibor qilinmagani, terminlarni tartibga solish masalasida faqat sinonimlik yoki dubletlik tahlil qilinganligini, bu hodisalarni alohida tadqiqotlar doirasida o‘rganilishi va chegaralar ajratilishi kerakligini aytib o‘tadi. Keltirilgan barcha asosli tafsilotlardan kelib chiqib, aytishimiz 259 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Issue – 2 № 2 (2024) / ISSN 2181-3701 mumkinki, terminologiyada variantdoshlik nomuqobil hisoblansa-da, bu lingvistik hodisani chetlab o‘tolmaydi. Sohalarga doir terminlar o‘rtasida variantdoshlikni tahlil va tadqiq qilish muhim leksik jarayon hisoblanadi. Jumladan, davlat boshqaruvi terminologiyasining hozirgi holatini tadqiq qilish, sohaga doir terminlar bilan bog‘liq muammolarning lingvistik yechimini topish, taraqqiyot omillarini belgilash tilshunoslikning muhim masalalaridan biri sanaladi. Tishunoslikda variantdoshlikni tasniflash masalasida O.S. Axmanova uchga: morfologik, fonetik va so‘zlashuvdagi guruhlarga, R.P. Rogojnikova fonetik va morfologik variantlarga guruhlaydi. A. Saidnomanov ham tibbiyot terminologiyasiga doir variant terminlarni ikkiga fonetik va morfologik variantdosh terminlarga ajratadi. Keltirilgan fikrlar va qilingan tadqiqot natijalarini o‘rganib, mulohaza qilgan holda davlat boshqaruvi terminlarini ham uch xil variantdosh terminlarga ajratib tahlil qilamiz. Fonetik variantdosh davlat boshqaruvi terminlari. Bizga ma’lumki, fonetik variantdoshlik asosida shakllangan terminlar tarkibidagi tovushlarning farqliligi asosida qurilgan bo‘ladi. Masalan, fuqaro termini mamlakatning doimiy aholisi, qaysidir davlatga huquqiy jihatdan tegishli bo‘lgan shaxs tushunchasini ifodalab, yozma ko‘rinishda uchramasa-da, bu termin og‘zaki siyosiy nutqda fuqaro holatida ishlatiladi. Arbitraj termini nutqiy faoliyat jarayonida arbitraj shaklida ishlatilishining guvohi bo‘lamiz. Bu terminlarning og‘zaki va yozma nutqda ishlatilishi bir biridan talaffuzda qisman farq qilsa-da, bir tushunchani, ya’ni hakamlik sudi, nizoli masalalarni hal qilish uchun ma

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В статье рассматривается теория вариативности в термин, лингвистике, а также изучаются происхождение и способы терминология, преодоления вариативности в терминологии.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В статье рассматривается теория вариативности в термин, лингвистике, а также изучаются происхождение и способы терминология, преодоления вариативности в терминологии. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
DOI: https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol2-iss2-pp258-262, morfologik variantdoshlik, terms of state administration, фонетическая вариация, davlat boshqaruvi terminlari, lexical variation, термины государственного управления, phonetic variation, variation, term, terminologiya, морфологическая вариация, variantdoshlik, вариация, терминология, fonetik variantdoshlik, leksik variantdoshlik, morphological variation, термин, terminology, termin, лексическая вариация
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники