Interpretation and researchesШ. Саттаров2026
Методы перевода на английский язык фразеологизмов с численными компонентами, используемых в произведении "Шум бола"
Makhbuba MARDIEVA
Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 2 · 130-133 · 2023
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье анализируется роль фразеологизмов фразеологизмы, (идиом) в семантическом и лингвокультурологическом числовой компонент, аспектах анализа художественных текстов. Производится лингвокультурный лексический и лингвистический анализ фразеологизмов с анализ, эмоционально- числовым компонентом на примере рассказа Гафура аффективная окраска Гулама «Шум бола». Статья демонстрирует, как слов. идиомы способствуют повышению выразительности художественного текста, и предлагает углубленное понимание вклада фразеологизмов в литературный анализ. Badiiy asar tili nihoyatda murakkab va o‘ziga xos xarakterga ega ekanligi asar tilini tadqiq qilish ehtiyojini yuzaga keltirdi. Yozuvchi ma’lum bir fikrni yoki voqea-hodisani tasvirlashda turli xil leksik qurilmalardan yoki hissiy-ekspressiv so‘zlardan foydalanadi. Bu o‘rinda frazeologik birliklar faol qatlamni tashkil etadi. Badiiy til mahorati har qanday adabiy asarning spetsifikatsiyasini belgilaydigan eng asosiy ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Badiiy asar tahlilida fonetik, fonologik, morfologik, sintaktik tahlillardan tashqari asar qahramonlari shaxsiyatini ochib berishda iboralarning roli ham ahamiyatlidir. Tilshunoslikning frazeologiya sohasi frazemalarning semantik, struktual- grammatik xususiyatlari bilan bir qatorda funksional-uslubiy imkoniyatlarini ham o‘rganadi. Iboralar yirik til birligi bo‘lib, tuzilish jihatdan kamida ikkita mustaqil so‘z (leksema)dan tarkib topadi, so‘zlovchi nutqida tayyor holda sodir bo‘ladi, iboraning ma’nosi esa tuzilish jihatdan bir-biriga teng bo‘lmaydi, ya’ni nutqda bir so‘zga teng ma’no anglatadi. Frazeologik birliklar badiiy asar tilini boyitadi va insonlarga asarning asosiy mag‘zini ochib berishga xizmat qiladi. Shu sababli badiiy asarning tilini boyitish, ta’sirchanligini ochirishda badiiy adabiyotda iboralardan juda keng foydalaniladi. Misol tariqasida shuni ta’kidlashimiz joizki, G‘. G‘ulom “Shum bola” asarida iboralardan o‘z o‘rnida juda keng tarzda foydalangan. Asardagi iboralarning tahliliga nazar soladigan bo‘lsak, son komponentli iboralar juda ko‘p uchraydi. Masalan: sirlangan xumchaga tushgan sichqonday to‘rt tomonga alanglab, o‘zimga bir najot yo‘li qidirar edim (55-bet). Ushbu iborada to‘rt tomon deyilganda istalgan tomon, dunyoning to‘rt tomoni nazarda tutilmoqda. Ushbu iboraga “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da quyidagicha ta’rif berilgan: “Biror narsa yoki joyga nisbatan joy, makon, taraf: u tomon, bu tomon, ko‘chaning ikki tomoni, bog‘ning u tomoni” [O‘TIL, 142-b]. Ibora asarda Qoravoy tomonidan qo‘llanilgan bo‘lib , oldinga yoki orqaga, ishqilib voqea joyini tark etish vajidan foydalanilgan. Bundan tashqari, asarda to‘rt soni bilan bog‘liq bir necha iboralarni keltirilgan: Endi men pok-pokiza, qushday yengil, ko‘nglim tongday tiniq. To‘rt tomonim qibla. Xudoi taoloning dargohi keng, to‘rt tomonimiz qibla. Keltirilgan ushbu iboralarda to‘rt tomoni qibla iborasi quyidagi ma’nolarni anglatadi: Aslida qibla so‘zi fors tilidan olingan bo‘lib, O‘TILda uning turli xil ma’nolari izohlangan: 1. Musulmonlar sajda 131 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Issue – 2 № 1 (2024) / ISSN 2181-3701 qiladigan tomon, ya’ni qiblaga qarab ibodat qilmoq, 2. Qayerga ketsang ketaver, ixtiyoring o‘zingda, 3. G‘arb, kun botish tomon kabi ma’nolarni izohlashi ko‘rsatilgan [O‘TIL, V, 79]. Ma’lumki, Kaʼbaning ichida istalgan tomonga qarab ibodat qilish mumkin. Sababi bu yerda to‘rtala tomon ham qibla hisoblanadi. Tilimizda qibla so‘zi ishtirokida “to‘rt tomoning qibla”, “beti qibladan qaytsin” iboralari shakllangan. Mazkur ibora tarkibiga kiritilgan “to‘rt” so‘zi bilan bog‘liq tilimizda yana “to‘rt ko‘z tugal”, “to‘rt ko‘z bo‘lib kutmoq”, “to‘rt muchasi sog‘” kabi iboralar qo‘llanadi. Asarda to‘rt soni bilan bog‘liq quyidagi xalq orasida juda ko‘p uchraydigan “to‘rt oyoqlab yugurmoq” iborasini uchratamiz, ushbu ibora Qoravoy tomonidan quyidagicha qo‘llanilgan: “Zinadan chiqqan itdek to‘rt oyoqlab narvonga tirmashib tomga chiqdim”. Jumlaning mazmunidan shuni anglashimiz mumkinki, asarda Qoravoy Boy otaning ho‘kizini o‘rniga eshagini so‘yib qo‘ygan vaqtda boy ota uni quvlaganida u shilganidan to‘rt oyoqlab yuguradi. Xalqimiz orasida inson shoshib chopganida to‘rt oyoqlab yugurdi degan ibora uchraydi. Ba’zi hollarda aksincha to‘rt oyoqlab yurish aks ma’noni anglatadi ya’ni “ toshbaqadek sekin yurmoq”, imillamoq kabi ma’nolari uchraydi. Asarning inglizcha tarjima variantida ushbu ibora So I climbed up to the wall and escape through the roof tarzida tarjima qilingan. Nazariy asoslarga ko‘ra, biz ushbu iborani inglizcha ekvivalenti tarzida quyidagi iborani keltirishimiz mumkin. Cut and run Ushbu ibora frazeologik struktura jihatdan ekvivalentlari to‘liq mos tushmasa-da, lekin ushbu iboraga ma’no jihatdan mos kelganligi uchun ushbu iborani keltirishimiz mumkin. “Bir gapni ana shunday ziyraklik bilan anglab olsang, xor bo‘lmaysan, har ikki
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье анализируется роль фразеологизмов фразеологизмы, (идиом) в семантическом и лингвокультурологическом числовой компонент, аспектах анализа художественных текстов.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье анализируется роль фразеологизмов фразеологизмы, (идиом) в семантическом и лингвокультурологическом числовой компонент, аспектах анализа художественных текстов. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- phraseological units, linguistic analysis, фразеологизмы, hissiy ta’siriy bo‘yoqdor so‘zlar, числовой компонент, frazeologik birliklar, lingvomadaniy tahlil, tarjima usullari, эмоционально-аффективная окраска слов, numerical component, лингвокультурный анализ, emotionally impactful coloring words, son komponentli iboralar
Смежные источники
Иностранная филология: язык, литература, образованиеШамахмудова Азиза2019
Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021