К содержанию
РецензированоRU2023

Необходимость развития межкультурной коммуникативной компетентности у учащихся академических лицеев

Nasiba JAKBAROVA

Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 2 · 163-168 · 2023

Аннотация

Ключевые слова: В данной статье подробно рассматривается важность межкультурная развития межкультурной коммуникативной компетенции коммуникативная среди учащихся академических лицеев Узбекистана. компетентность, Основная цель такого развития заключается в подготовке языковые навыки, глобализация, выпускников к продолжению образования на уровне стереотипы. бакалавриата в зарубежных вузах, где они часто сталкиваются с трудностями из-за недостаточно развитых навыков межкультурного общения. Анализируются основные причины этих проблем и предлагаются пути их решения для обеспечения подготовки специалистов, способных эффективно действовать в условиях глобализации. Madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishning eng muhim sabablaridan biri bu – talabalarimizni madaniy o‘ziga xosliklari va kelib chiqishlari haqida xabardorlikni oshirishidir. Taniqli ijtimoiy psixolog Peter Adler (1975), madaniyatlararo muloqotni o‘rganish boshqa madaniyat va voqelikka sayohat sifatida boshlanib, o‘z madaniyatiga sayohat sifatida tugashini kuzatadi. Keyingi yana bir sabablaridan biri bu – mamlakat aholisi tarkibini jadal sur’atda xilma-xil, ya’ni turli millat vakillari bilan boyib borayotgan bir davrda talabalarimizni turli millat madaniyatlari bilan xabardor bo‘lishliklaridir. Bunday xilma-xillik negizida iqtisodiy hamkorlik, sport, tibbiyot, ta’lim va boshqa jabhalardagi hamkorliklar yotibdi. Yana bir muhim sabablardan biri – o‘zbek yoshlarini chet davlatlari oliygohlarida ta’lim olishlari yoki ishlash uchun borishlari va yangi muhitga tez moslashishlariga ko‘maklashishdir. Iqtisodiy rivojlanish ham madaniyatlararo muloqot kompetensiyasiga bo‘lgan talabni oshiradi. Biznes amaliyotidagi madaniy tafovutlar nafaqat turli kompaniyalarning odamlari bir-birlari bilan biznes qilganlarida, balki turli madaniyatdagi odamlar bir jamoada ishlaganlarida ham ta’sir ko‘rsatadi. Bunday jamoalar kamdan-kam hollarda yuzma-yuz uchrashadi, aksincha ular virtual jamoalar sifatida ishlaydilar. Madaniyatlararo muloqotga o‘rgatishning global maqsadlari xalqaro hamjihatlikka erishish, madaniyatlararo muloqotni soddalashtirish va osonlashtirish hamda stereotiplarning neytrallashuviga hissa qo‘shishda aks etadi. Madaniyatlararo muloqot tadqiqotchisi O.G. Korotovaning ta’kidlashicha, muvaffaqiyatli madaniyatlararo hamkorlik bir-birini anglash, tushunish, kasbiy hamkorlikdagi o‘zaro munosabatlarni mustahkamlashni anglatadi. Binobarin, xorijiy tilni a’lo darajada o‘zlashtirish bilan bir qatorda amaliy vazifalarni hal qilish muloqot jarayonidagi hamkorlarning ijtimoiy- madaniy turfa xilligini munosib tahlil qilish va qabul etish maqsadga muvofiqdir. Kommunikativ ko‘nikma va malaka deganda bo‘lg‘usi mutaxassislarning o‘zga til jamiyatining ijtimoiy-madaniy o‘ziga xosligini qabul qilish layoqati va kasbiy-amaliy 164 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Issue – 2 № 1 (2024) / ISSN 2181-3701 xarakterdagi ma’lumotni xorijiy tilda ifodalash tushuniladi [1; 161]. Tilni yuqori darajada egallash va mentalitet (zehniyat)ning o‘ziga xosliklarini bilish xorijiy hamkorlar bilan ishlashda muvaffaqiyat kaliti hisoblanadi. Aks holda munosabatlar keskinlashib, madaniyatlararo ziddiyatlar yuzaga keladi. Madaniyatlararo muloqot ustida ish olib borgan olima L.V. Kulikovaning fikricha, madaniyatlararo muloqotga o‘rgatishning asosiy masalasi madaniyatlararo kompetensiyani rivojlantirish, uning asosiy amaliy vazifasi esa turli milliy madaniyatlar vakillari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni ta’minlashdir [2; 95]. Rus olimasi Leviskayaning fikriga ko‘ra, zamonaviy rivojlanayotgan dunyoda yashab ketish va undagi mavjudotlar bilan muvaffaqiyatli munosabatga kirishish uchun inson hayot kengliklaridagi barcha sub’yektlar bilan o‘zaro manfaatli muloqotni yaratishga qodir bo‘lishi, turli kasb, millat va madaniyat vakillari bilan oqilona va samarali hamkorlik qila olishi zarur. Madaniyatlararo muloqot shu tarzda turli etnomadaniyatlarga xos bo‘lgan muloqot hamkorlarining o‘ziga xos munosabatga kirishish jarayoni yig‘indisidir [3]. Madaniyatlararo muloqot kompetensiyani rivojlantirish metodlari Ko‘rib chiqilgan tadqiqotlarning aksariyati Byramning (3) madaniyatlararo kommunikativ kompetensiya (MMK) modeliga juda aniq tarzda ishora qiladi [4]. Madaniyatlararo kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishning ushbu nazariyasi, shuningdek, chet tili o‘quvchilarining kompetensiyalarini aniqlash uchun asos sifatida “Umumiy Yevropa doirasi”(4) da taqdim etilgan. Yuqorida aytib o‘tilgan modelda MMK chet tilini o‘qitishda ishlab chiqilishi kerak bo‘lgan besh elementning: munosabat, bilim, sharhlash va aloqadorlik ko‘nikmalari, kashfiyot qobiliyatlari va o‘zaro ta’sir, shuningdyek tanqidiy madaniy xabardorlik kombinatsiyasi sifatida belgilanadi. Munosabatlar qiziqish, ochiqlik va muloqotga tayyorlikni o‘z ichiga oladi. Bilim o‘z va boshqa madaniyatlar, ularning mahsulotlari va siyosatlari, masalan, kundalik hayot, tarix, san’

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В данной статье подробно рассматривается важность межкультурная развития межкультурной коммуникативной компетенции коммуникативная среди учащихся академических лицеев Узбекистана.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В данной статье подробно рассматривается важность межкультурная развития межкультурной коммуникативной компетенции коммуникативная среди учащихся академических лицеев Узбекистана. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
globallashuv, stereotiplar, til ko‘nikmalari, стереотипы, madaniyatlararo muloqot kompetensiyasi, language skills, stereotypes, глобализация, языковые навыки, межкультурная коммуникативная компетентность, intercultural communication competence, globalization
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники