Interpretation and researchesШ. Саттаров2026
Значение стратегий и приемов обучения в подготовке студентов к профессионально-педагогической деятельности
Aropat NEGMATOVA
Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 1 · 51-57 · 2023
Аннотация
Ключевые слова: В статье описываются учебные стратегии и приемы, индивидуальное обучение, предназначенные для подготовки студентов к выявление потребностей, профессионально-педагогической деятельности, условия представление стратегий, применения этих стратегий и приемов в образовательной обратная связь и рефлексивная установка. системе, работа с учебными регламентами у учащихся, а также роль педагогов в формировании этих умений. Jahon tajribasida talabalarda o‘z mutaxassisligi bo‘yicha zaruriy kompetensiyalarni rivojlantirish uchun ko‘plab innovatsion tadqiqotlar o‘tkazilmoqda. Bu esa nafaqat ta’lim tizimi uchun, balki jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayoti uchun muhim bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ta’limning xalqarolashuvi sharoitida o‘rganish strategiyalari va texnikalari doimiy dolzarbligini yo‘qotmaydigan masala hisoblanadi. Boshqa tomondan intellektual jamiyatda yosh mutaxassis kadrlarga bo‘lgan malaka talablari tobora ortib bormoqda. Bu esa ulardan yangi innovatsion o‘rganish strategiyalarini va texnikalarini o‘rganishni taqozo etadi. Oliy ta’limni modernizatsiya qilish, oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‘tkazish, xalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy ta’limning ilg‘or standartlarini joriy etish, jumladan, o‘quv dasturlarida nazariy bilim olishga yo‘naltirilgan ta’limdan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim tizimiga o‘tish kabi vazifalarni amaliy ijrosi talabalarda innovatsion o‘rganish strategiya va texnikalarini rivojlanganligi bilan uzviy bog‘liq. “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”[1]da Oliy ta’lim muassasalari talabalarining “mustaqil ta’lim soatlari ulushini oshirish, talabalarda mustaqil ta’lim olish, tanqidiy va ijodiy fikrlash, tizimli tahlil qilish, tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, o‘quv jarayonida kompetensiyalarni kuchaytirishga qaratilgan metodika va texnologiyalarni joriy etish, o‘quv jarayonini amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirish, bu borada o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy materiallarni keng joriy etish” haqida batafsil to‘xtalib o‘tilgan. Kasbiy kompetentlikni rivojlantirish masalalari doimiy dolzarblik kasb etish bilan mazkur masala yuzasidan respublikamiz etakchi olimlaridan Q.M. Abdullaeva, A. Abdurahmonov, Z.Sh. Alimardonov, N.N. Karimova, N.A. Muslimov, A.A. Normatovlar tomonidan tadqiq etilgan. Hususan N.N.Karimovaning “Bo’lajak kasb ta’limi o’qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish, N.A. Muslimovning “Kasb ta’limi o’qituvchisini kasbiy shakllantirishning nazariy-metodik asoslari”ni takomillashtirishga yo’naltirilgan tadqiqotlarida mazkur masala atroflicha yoritilgan. Oliy ta’lim muassasalarida talabalarning bilim olishi jarayonida, ta’limning takomillashuvida ular o‘zlarida turli o‘rganish strategiyalari va texnikalarini rivojlantirib boradilar. Ta’limni axborotlashtirish sharoitida buning ahamiyati yanada dolzarblik kasb 52 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Issue – 1 № 6 (2023) / ISSN 2181-3701 etib, kattalashib bormoqda. Talabaning o‘z mutaxassisligini mukammal o‘rganishi, davlat ta’lim standartlarida belgilangan malaka talablarini bajara olishi ko‘p jihatdan o‘rganish strategiyalari va texnikalariga bog‘liq. Shuningdek, oliy ta’lim tizimiga kredit-modul tizimini tatbiq etilishi talabaning mustaqilligini ta’minlasa, boshqa tomondan o‘quv jarayonini rejalashtirishda tashkilotchilik qobiliyati bo‘lishini taqozo etadi. Oliy ta’lim tizimidagi islohotlarning pirovard maqsadi ham talabalarning innovatsion ta’lim texnologiyalari, o‘quv materiallari hamda metodlar yordamida yetuk mutaxassis qilib tayyorlashdan iborat. Talabaning o‘rganish uchun sarflagan vaqti va o‘rganish samaradorligi hamisha ham qoniqarli darajada bo‘lmaydi. Bu esa talabalarning o‘rganish strategiyalari va texnikalarini to‘g‘ri tanlay olmagani, boshqa tomondan professor-o‘qituvchilarning yetarli ma’lumot bermagani bilan izohlanadi. Talabalarda o‘quv jarayonida metodik kompetensiya rivojlanib boradi. O‘rganish strategiyalari va texnikasi mazkur kompetensiyaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Talabalarning o‘rganish strategiyasi va texnikasini rivojlantirish ularning bo‘lajak kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorgarligida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Quyida ularning o‘rganish strategiyasi va texnikasini rivojlantirishning muhim tomonlariga e’tibor qaratgan holda quyidagi jihatlarni keltirib o‘tish maqsadga muvofiq, xususan: Talabaning individual o‘rganish ehtiyojini aniqlash: har bir fan yoki modul boshlanishidan oldin har bir talabaning o‘rganish strategiyasini turli test, savolnoma yoki suhbat orqali aniqlashtirib olish lozim. Bu orqali har bir talabaning o‘rganish tipi, kuchli va kuchsiz tomonlari aniqlanadi. Professor-o‘qituvchi uchun es
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В статье описываются учебные стратегии и приемы, индивидуальное обучение, предназначенные для подготовки студентов к выявление потребностей, профессионально-педагогической деятельности, условия предста…»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В статье описываются учебные стратегии и приемы, индивидуальное обучение, предназначенные для подготовки студентов к выявление потребностей, профессионально-педагогической деятельности, условия предста… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- DOI: https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol1-iss6-pp51-57, представление стратегий, personalized learning, выявление потребностей, individual o‘rganish, индивидуальное обучение, feedback and reflective attitude, обратная связь и рефлексивная установка, strategiyalarni taqdim etish, identifying needs, ehtiyojini aniqlash, qayta aloqa (Feedback) va refleksiv munosabat, presenting strategies
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025