К содержанию
РецензированоRU2023

Исследование вопросов сотрудничества семьи и образовательных учреждений в международных оценочных исследованиях

Akramjon MATKARIMOV (educational institutions in international evaluation)

Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 1 · 9-14 · 2023

Аннотация

Ключевые слова: В статье рассмотрены социально-педагогические семья, аспекты семьи и образовательных учреждений в школьник, международных оценочных исследованиях. На основе образовательная среда научных источников проанализировано, что решающее в семье, международные значение для успешности ученика в образовании имеют оценочные исследования, семейная среда, формирование образовательных ресурсов образовательные ресурсы в семье, педагогическая компетентность родителей. семьи. Bugungi kunda respublikamizda milliy ta’lim mazmunini takomillashtirish, maktab ta’limini isloh qilish, o‘quvchilarni mustaqil hayotga tayyorlash, ularda muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni shakllantirish kabi ijtimoiy-pedagogik vazifalarning dolzarbligi ortib bormoqda. Buning uchun pedagogik nuqtai nazardan o‘quv dasturlari, darsliklar, o‘qitish metodikasi va ta’lim natijalarini baholash tizimini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish bo‘yicha islohotlar olib borish zarurat bo‘lib borayotgan bo‘lsa, ijtimoiy jihatdan o‘quvchilarning ta’limdagi muvaffaqiyatini ta’minlashda oila institutini ahamiyatini oshirish, maktab va oila hamkorligini mustahkamlash, ta’lim olishdagi ijtimoiy tenglik kabi masalalar dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha, umumiy o‘rta, professional va oliy ta’lim tizimlarida fanlarni o‘qitishni rivojlantirish konsepsiyalari [1], O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi [2], 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF–5712-sonli Farmoni [3] bilan milliy ta’lim mazmunini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish, o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi va muvaffaqiyatga erishishining ijtimoiy-pedagogik jihatlarini ham qamrab olgan. Xalqaro baholash tadqiqotlari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va inson kapitalini rivojlanganligining mavjud va zaruriy holatini umumta’lim muassasalari o‘quvchilarida tayanch kompetensiyalarini shakllanganlik darajasi, ularning ta’lim olishining ijtimoiy- pedagogik jihatlariga bog‘lagan holda aniqlaydi. Tayanch kompetensiyalar ijtimoiy me’yor sifatida ham talqin qilinishi mumkin bo‘lib, bu tushuncha o‘quvchining kundalik- amaliy faoliyatda mustaqil hayot kechirishi uchun lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malakalarning umumlashmasini tavsif etadi. Pedagogik amaliyotda xalqaro tajribalarni milliy ta’lim tizimiga tatbiq etish samaradorligi jamiyatdagi ijtimoiy rivojlanish tendensiyalari o‘rganilganligi hamda shu jihatlarni hisobga olgan holda ta’limdagi islohotlarni rejalashtirish bilan uzviy bog‘liq. PISA xalqaro baholash tadqiqotining 2018-yildagi texnik hisobotida tadqiqotning ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari batafsil bayon etilgan. Mazkur hisobotda PISA iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy holat indeksi (ESCS) atamasi qo‘llanilgan. Ijtimoiy-iqtisodiy holat – bu o‘quvchilar uchun mavjud bo‘lgan moliyaviy, ijtimoiy va madaniy resurslarni va o‘quvchining oilasi / uy xo‘jaligining ijtimoiy mavqeini aks ettirishga qaratilgan keng tushunchadir. PISA xalqaro baholash tadqiqotida o‘quvchining ijtimoiy-iqtisodiy holati 10 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Issue – 1 № 6 (2023) / ISSN 2181-3701 PISA iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy holati indeksi (ESCS) bo‘yicha baholanadi, bu o‘quvchilar uchun mavjud bo‘lgan moliyaviy, ijtimoiy va madaniy resurslarni yagona ballga birlashtiradi. Amalda, u o‘quvchilarning oilasi bilan bog‘liq bo‘lgan bir nechta ko‘rsatkichlardan kelib chiqadi, ular keyinchalik uchta komponentga birlashtiriladi: ota- onalarning ma’lumoti, ota-onalarning kasblari va moddiy boylik yoki ishonchli shaxs sifatida qabul qilinishi mumkin bo‘lgan bir qator uy-joy mulklarini umumlashtiruvchi indeks. Moddiy kapital, masalan, avtomobilga egalik qilish, uyda o‘qib-o‘rganishi uchun yetarlik xonaning mavjudligi, internetga ulanganlik, uyda mavjud bo‘lgan kitoblar va boshqa ta’lim resurslari [8; 34]. Shuningdek, xalqaro baholash tadqiqotlarida “o‘quvchilarning ta’limdagi muvaffaqiyati” tushunchasi keng qo‘llanilgan bo‘lib, o‘quvchining ta’lim mazmunini mustaqil hayotga tayyorgarlik ko‘rish uchun qo‘llay olishini ko‘rsatadi. O‘quvchilarning ta’limdagi muvaffaqiyatini ta’minlashning ijtimoiy aspektlari ilmiy asoslangan mezonlar asosida baholanadi. Mazkur mezonlarga quyidagilar kiradi: – o‘quvchining ijtimoiy kelib chiqishi; – ta’lim olishning o‘z hayotidagi ahamiyatini tushunishi; – umumta’lim muassasasi-oila hamkorlik mexanizmining samaradorligi; – oilalarda ta’limiy qadriyatlarning rivojlanganligi; – ijtimoiy, akademik va madaniy resurslarning mavjudligi va ulardan foydalanishning mavjud holati. Oila va uning ma’naviy-iqtisodiy farovonligi bir vaqtning o‘zida shaxsning axloqiy- ruhiy barkamolligiga va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga olib keladi. Shu bois oila va undagi hayotning turli jihatlarini tadqiq qilish ham ilmiy,

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В статье рассмотрены социально-педагогические семья, аспекты семьи и образовательных учреждений в школьник, международных оценочных исследованиях.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В статье рассмотрены социально-педагогические семья, аспекты семьи и образовательных учреждений в школьник, международных оценочных исследованиях. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
DOI: https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol1-iss6-pp9-14, школьник, school student, o’quvchi, международные оценочные исследования, oila, family, educational resources of the family, educational environment in the family, international evaluation studies, oiladagi ta’lim muhiti, образовательные ресурсы семьи, oilaning ta’lim resurslari, xalqaro baholash tadqiqotlari, семья, образовательная среда в семье
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники