К содержанию
РецензированоRU2023

Автобиографичность персонажей Джека Лондона (особенно «Мартина Идена»)

Ulugbek KARIMOV · Munira KARIMOVA · Jack London (founded his own school of creativity in world literature, whose) · World Literature. (founded his own school of creativity in world literature, whose)

Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 1 · 40-44 · 2023

Аннотация

Ключевые слова: Великий американский публицист, писатель Джек cоздание образа, Лондон, основавший уникальную школу творчества в автобиографические мировой литературе, чьи шедевры читаются непременно. факторы, При создании персонажа, особенно в образе Мартина Джек Лондон, Мировая литература. Идена, Джек Лондон исходил из его образа, его жизненного пути, так что, читая произведение, мы знакомимся с Джеком Лондоном через образ Мартина, узнаем, разговариваем с ним, и после прочтения этого произведения писатель становится нашим самым близким другом. В данной статье эти автобиографические факторы были проанализированы и изучены на примерах. “Buyuk ishlar buyuk qiyinchiliklarsiz bo‘lmaydi” (Volter). Haq gap. Tarixning, bugungi kunning buyuk siymolari yo‘lida uchragan qarshiliklar, muammo va qiyinchiliklar ularning matonatli shaxs darajasiga yetishishida yetakchi omil bo‘lgan. Jahon adabiyotida o‘ziga xos ijod maktabiga asos solgan, durdona asarlari qo‘ldan qo‘ymay o‘qiladigan amerikalik buyuk publitist, yozuvchi Jek Londonning bolaligi nihoyatda og‘ir kechgan, u bolalikning beg‘amliklari, sho‘xlik-shodliklarini bilmay ulg‘aygan. Jek 1876-yilning 12-yanvarida San-Fransiskoda dunyoga kelganida otasi oilani tark etgan, oila yetishmovchilikda yashardi. Bo‘lajak adib maktab yoshiga yetgach, tungi soat uchdan boshlab ko‘cha-ko‘yda tongi gazetalarni sotar, uyga qaytib nonushta qilishga ham ulgurmay to‘ppa-to‘g‘ri maktabga jo‘nardi. Darslari tugashi bilan kechki gazetalarni tarqatishga majbur edi. Bu haqda avtobiografik asari “Martin Iden”da shunday izohlaydi: “Ko‘cha boshida bir qavatli g‘ishtli imorat bo‘lib, u yerdan “Axborot” gazetasining kunduzgi sonlarini bosadigan mashinalarning bir me’yordagi g‘uvillashi eshitilib turardi. U paytda Martin 11 da, Moy Qovoq esa 13 da edi... soat chorak kam to‘rtda bosmaxona darvozasi ochildiyu, hamma bolalar “gur” etib gazeta olgani otilishdi”. Shuningdek, bolalikning beorom yillarini eslab u shunday yozgandi: “Ishlab topgan har bir sentimni zudlik bilan uyga olib kelardim. Maktabda esa boshim, oyog‘im va egnimdagi kiyim-kechagim abgorligidan doim uyalardim... shanba kunlari muz tashirdim, yakshanbada esa, mast- alas o‘yinchilar uchun sharlarni o‘rnatardim”. Mana shunday qiyin sharoitda ham Jek mutolaaga vaqt topar, o‘qishga qiziqishi, adabiyotga mehri yuqoriligi tufayli mahalliy gazetalarda chop etilgan xabarlar, maqolalar, roman va povestlarni muntazam o‘qib borishni kanda qilmasdi. Shahar jamoat kutubxonasi haqida xabar topganda uning quvonchi ichiga sig‘maydi, tezda bu ziyo maskaniga a’zo bo‘ladi. Uning kitoblarni sevishi, aqliy borlig‘ining asosi deb bilishini “Martin Iden” da ham aks ettiradi: “... U Oklend va Berkley kutubxonalarida bir necha soatlab qolib ketardi; u yerda Martin o‘z nomiga, Gertruda, Merien va hatto Jimning ham nomiga yozilib qo‘ygan edi. Martin shu to‘rttala obunachi nomiga birtalay kitob oldi, endi uning hujrasida har kuni kechasi tong otguncha chiroq o‘chmaydigan bo‘ldi...” (Martin Iden, 50-bet). Boshlang‘ich ta’limni tugatgach, Jek konserva fabrikasiga oddiy ishchi bo‘lib ishga kiradi. Umuman, hayoti davomida oilasini ta’minlash uchun uning qo‘l urmagan ishi qolmaydi. Baliq ovlaydigan kemaga dengizchi bo‘lib yollanadi, oltin izlovchilar bilan 41 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Issue –1 № 3 (2023) / ISSN 2181-3701 hamkorlik qiladi, hatto kirxonada terga botib ishlaydi. Shunday mashaqqatli kunlarda ham u imkon topib kitob o‘qir, mutolaani kanda qilmasdi. Ammo kitoblarni shunchaki o‘qimas, balki ularni uqishga, mag‘zini chaqishga urinar, shu tariqa badiiy adabiyot haqida tasavvurini boyitib borardi. Umr so‘qmoqlarida boshidan kechirgan bu sermashaqqatlarni “Martin Iden”da Martin obrazining aynan hayot yo‘li etib tasvirlaydi. Asar boshida Martin dengizda oylab yuradigan kemalarda ishlaydigan matros deb tanishtirilsa, asar davomida uning yashab qolish uchun majburan yana bir qator ishlarda ishlaganini ko‘ramiz. “-Ish qidirib yuribsanmi?- deb so‘radi u Martindan. – Qanaqa ishni bilasan? – Har qanday og‘ir ish qo‘limdan keladi: dengizchilikni bilaman, mashinkada yozaman, ... – xullas, to‘g‘ri kelgan hamma ishni qila olaman... – kirxonada ishlash uchun o‘zimga yordamchi axtaryapman ... Lekin ish juda og‘ir, – deb qo‘shib qo‘ydi Jo. Martin yengi ostidan turtib turgan mushaklarini siladi, – men ishdan qo‘rqmayman” (Martin Iden, 178-bet); “Martin qattiq charchaganini xis qildi va o‘n to‘rt soat muttasil oyoqda tik turib ishlaganini unitib, charchaganidan taajjublandi! U soat qo‘ng‘irog‘ini oltiga to‘g‘rilab qo‘ydi-da, uyquga besh soat ajratib, soat birgacha o‘qimoqchi bo‘ldi” (183-bet). Turmushning zalvorli mushtlarini bolaligidanoq totgan, mexnatda toblangan adib adabiyot olamiga, umuman, o‘z davri adabiy muhitiga kirish, unda o‘z o‘rnini topish uni kurashishga, sabr – bardosh bilan ijod qilishga undaydi. Mashaqqatli urinishlar oxir- oqibat o‘z mevasini beradi. Nihoyat “Ove

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: Великий американский публицист, писатель Джек cоздание образа, Лондон, основавший уникальную школу творчества в автобиографические мировой литературе, чьи шедевры читаются непременно.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: Великий американский публицист, писатель Джек cоздание образа, Лондон, основавший уникальную школу творчества в автобиографические мировой литературе, чьи шедевры читаются непременно. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
image creation, avtobiografik omillar, автобиографические факторы, World Literature, obraz yaratish, Jek London, Jack London, Джек Лондон, jahon adabiyoti, Мировая литература, создание образа, autobiographical factors
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники