К содержанию
РецензированоRU2023

Эффективность преподавания французского языка по методу кейс-стади

Nigorabonu Suvonova · Asel KARYPOVA

Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 1 · 63-69 · 2023

Аннотация

Ключевые слова: В данной статье рассматривается эффективность метод Кейс-Стади, обучения одного из современных методов преподавания проблемная ситуация, французского языка кейс-стади. В частности, особое ключевые вопросы, внимание уделяется вопросам формирования навыков критическое мышление, решение проблемы принятия решений при обучении иностранному языку у студентов, посредством критического мышления, ситуационного анализа и независимой обратной связи, с использованием метода кейс-стади, предназначенных для решения проблемных ситуаций, основанных на событиях реальной жизни. Hozirgi davrda xorijiy til ta’limini zamonaviy talablar asosida modernizatsiyalashtirish, ya’ni ta’lim jarayonida bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirish bilangina chegaralanib qolmasdan, balki mustaqillik, tashabbuskorlik, javobgarlikni his etish, tanqidiy fikrlash kabi sifatlar bilan boyitilgan talaba shaxsini shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonlarini yanada takomillashtirish talab etilmoqda. Xususan, xorijiy til ta’limida talaba shaxsiga nisbatan ta’lim tizimi konsepsiyasini tashkil etuvchi faoliyatli yondashuv dastlab, shaxs “sub’yekti” kategoriyasining erkinlikka intilish, o‘z-o‘zini rivojlantirish, mustaqil o‘qish, o‘zligini namoyon etish va faollashtirish xususiyatlari asosida yuzaga keladi. O‘quv jarayoni hamda uning tarkibiy qismlari, ya’ni darsning maqsad, mazmun, metod, shakl va vositalari ta’lim oluvchining shaxsiy tajribasiga xos mahsul sifatida tatbiq etiladi. (2, 34) Bugungi kunda xorijiy til ta’limi jarayonida o‘quv mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish uchun ta’limning zamonaviy usullaridan, jumladan, trening, vebinar, online ma’ruza va seminarlar, binar mashg‘ulotlar, shuningdek, aralash ta’lim (blended education) shakllari keng tarzda qo‘llanilmoqda. Mashg‘ulotlar davomida ayniqsa, interfaollikka alohida e’tibor berilmoqda. O‘qitishning bunday interfaol metodlari hayotiy vaziyatlarni modellashtirish, rolli o‘yinlardan foydalanish, muammolarni hamkorlikda yechish kabi vaziyatlarda namoyon bo‘ladi. Shunday ta’lim usullaridan biri, ya’ni keys- stadilar orqali tilni o‘rganish talabalardan axborotlarni o‘zlashtirish jarayonida faollik, ijodkorlik va mustaqillikni shakllantiribgina qolmay, ta’lim maqsadlarining to‘laqonli amalga oshishiga yordam beradi. “Keys-stadi” - inglizcha so‘z bo‘lib, (“case” – aniq vaziyat, hodisa, “stadi” – o‘rganmoq, tahlil qilmoq) aniq vaziyatlarni o‘rganish, tahlil qilish asosida o‘qitishni amalga oshirishga qaratilgan metod hisoblanadi. Mazkur metod dastlab 1920-yil Garvard universitetida amaliy vaziyatlardan iqtisodiy boshqaruv fanlarini o‘rganishda qo‘llanilgan. “Keys-stadi” metodi bilimlarni tayyor holda yetkazish yoki yechimlarni berish emas, balki uni qidirib topish va mustaqil izlashga o‘rgatadi. (5) “Keys-stadi” metodini amalga oshirish bosqichlari quyidagicha: 64 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Issue –1 № 3 (2023) / ISSN 2181-3701 1-bosqich: Keys va uning axborot ta’minoti bilan tanishish. 2-bosqich: Muammoli vaziyatni aniqlashtirish va muammoli topshiriqni belgilash. 3-bosqich: Muammoli topshiriq yechimini izlash, hal etish yo‘llarini ishlab chiqish. 4-bosqich: Muammoli topshiriq yechimini shakllantirish va asoslash. Xorijiy til ta’limida fransuz tilini o‘qitish jarayonida ham yuqoridagi singari keys-stadilar topshiriqlaridan foydalanish samarali o‘quv vositasi sifatida xizmat qila oladi. Binobarin, hozirgi kunda ta’lim sifatiga alohida e’tibor qaratilayotgan bir paytda ushbu o‘qitish usuli ta’lim jarayonida quyidagi samarali natijalarga erishish imkonini beradi: • Filologiyaga xos ta’lim yo‘nalishlarida o‘qitiladigan “Til ko‘nikmalari integratsiyasi” fanini o‘qitish samaradorligini oshirish; • Talabalar mustaqil ta’lim jarayonini to‘g‘ri tashkil etish; • Talabalarning CEFR talablari doirasidagi og‘zaki nutq kompetensiyasini rivojlantirish; • Talabalarning fransuz tilida erkin va mustaqil fikrlash malakasini rivojlantirish; • Talabalarning ma’lum bir muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri va qat’iy qaror qabul qilishdagi ko‘nikma va malakalarini shakllantirish. Taʼkidlaganidek, keys-stadi metodi muammoli vaziyatlarni tahlil qilish metodi bo‘lib, keyslarda keltirilgan muammolarni hal qilish orqali talabalarda tanqidiy fikrlash ko‘nikmasi shakllanadi va berilgan muammoli vaziyat yuzasidan talabalarda mavjud bilimlar majmui kompleks tarzda faollashadi. (4, 8) Keys-stadilarning ham bir necha turlari mavjud. Bular: 1) real hayotiy voqealarga asoslangan muammoli vaziyatlar, 2) taʼlimga, yaʼni maʼlum bir sohani o‘qitishga qaratilgan muammoli vaziyatlar, 3) ilmiy-tadqiqot ishlariga bag‘ishlangan muammoli vaziyat. (1, 43) Shulardan quyida real hayotiy voqealarga asoslangan muammoli vaziyatlardan birini misol tariqasida keltirishni maqsadga muvofiq deb hisobladik. Ko‘rinib turibdiki, fransuz tili o‘qituvchilari hamda fransuz tilini o‘rganuvchi talaba yoshlar bunday taʼlim usulidan keng tarzda amali

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В данной статье рассматривается эффективность метод Кейс-Стади, обучения одного из современных методов преподавания проблемная ситуация, французского языка кейс-стади.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В данной статье рассматривается эффективность метод Кейс-Стади, обучения одного из современных методов преподавания проблемная ситуация, французского языка кейс-стади. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
case-study method, independence. Social, psychological, and biographical analysis, решение проблемы, problem solution, muammoli vaziyat, ключевые вопросы, muammo yechimi, keys savollari, problem situation, key questions, критическое мышление, critical thinking, keys-stadi metodi, tanqidiy fikrlash, проблемная ситуация, метод Кейс-Стади
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники