К содержанию
РецензированоRU2022

Коммуникативно-прагматические особенности императивных паремий (на материале французского языка)

Nigorabonu SUVONOVA

Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 1 · 20-28 · 2022

Аннотация

Ключевые слова: В данной статье рассматриваются коммуникативно- категория императива, прагматические характеристики французских императивных императивные паремии, паремий и анализируется интерпретация категории назидательные императивности с философской, логической и пословицы, коммуникативно- прагматической точек зрения, а также типы императивных семантическая цель, пословиц относительно коммуникативно-семантической речевые интенции, цели речи. В то же время, их специфические прагматический феномен. интенциональные формы раскрываются через их коммуникативные и структурно-семантические аспекты. Французские пословицы с определенной императивной целью послужили основными паремиологическими единицами при раскрытии научной и практической цели данной статьи. “Kategorik imperativ” tushunchasi I. Kantning axloqiy falsafiy ta’limotidagi asosiy tushunchalardan biri bo‘lib, u axloqning eng yuqori tamoyili hisoblanadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kishida iroda mavjudligi tufayli inson hayot tamoyillari asosida harakatlarni amalga oshirishi mumkin. Shu bilan birga, inson uchun axloqiy qonun qat’iy buyruq beradigan imperativdir, chunki inson turli ehtiyojlarga ega ekan, unga hissiy impulslar doimiy tarzda ta’sir qilib turadi. Imperativ deganda inson irodasining ushbu qonunga majburiyat sifatidagi munosabati, ya’ni axloqiy harakatlarga nisbatan oqilona majburlash tushuniladi [5]. Bunday vaziyatda professor Sh.Safarov ta’kidlaganidek, so‘zlovchi o‘z kommunikativ maqsadiga erishish uchun barcha shartli lisoniy belgilarni jo‘yali, o‘z o‘rnida ishlata olishi darkor. Faqat shundagina u tinglovchini buyruq ijrosiga unday oladi. Xuddi shuningdek, tinglovchi – adresat ham grammatikalashtirish usul va vositalari bilan tanish bo‘lgan holdagina nutqiy harakat mazmunini anglaydi, shartli belgilarni mantiqan idrok etadi va ularning sirli, yashirincha ma’no jilolarini ocha oladi [6, 178]. Buyruq kategoriyasi o‘z kommunikativ xususiyatiga ko‘ra buyurish, iltimos, maslahat yoki nasihat kabi ma’nolarni ifodalab keladi. Buyruq ma’noli maqollar esa odatda nasihat yoki maslahat xususiyatidan kelib chiqqan holda kishining shaxsiy fikri yoki xohishini emas, balki xalq falsafasini yoki boshqacha qilib aytganda, xalq tafakkuri va donishmandligini ifodalaydi. Masalan, buyruq ma’noli fransuzcha maqollarda asosan, nasihat va maslahat ma’nosi ancha keng tarqalgan bo‘lib, ular imperativ paremiyalarning asosiy kommunikativ maqsadini ifodalaydi: • Choisissez votre femme par l’oreille bien plus que par les yeux. NASIHAT • Fais ce que tu peux, si tu ne peux faire ce que tu veux. ma’nosi: • Gouverne ta bouche selon ta bourse. 21 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Issue – 1 № 1 (2023) / ISSN 2181-3701 Imperativ paremiyalarga xos nasihat tushunchasi zamirida avvalambor, yaxshilikka undash va yomonlikdan qaytarish fikri mavjud, zero nasihat bir kishining boshqa bir kishiga xolis niyat bilan to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishi demakdir. Xalq orasida ushbu tushunchaning asl ma’nosi xususida ikki xil o‘xshatish mavjud. Birinchisi, “kiyim tikish” degani. Bundan nasihat qiluvchi nasihat qilinuvchiga o‘z nasihati ila ma’naviy kiyim tikib berganidek, kiyimida yirtig‘i bo‘lsa, uni yamab bergandek bo‘ladi, degan ma’no kelib chiqadi. Kiyim esa o‘z egasini issiqdan, sovuqdan saqlaydi, aybini berkitadi, ziynatlab ko‘rsatadi, chang yuqtirmaydi va shunga o‘xshash ko‘plab foydalar keltiradi. Nasihat ham ma’naviy jihatdan shu kabi foydalidir. “Nasihat” so‘zining ikkinchi ma’nosi “asalni mumdan tozalash” ma’nosidir. Nasihat qiluvchi har xil aldov, xiralik va gina-kuduratdan xoli gapni aytgani uchun shunday deyiladi. U toza va musaffo asaldek gapni aytgan, ishni qilgan, xolislik bilan, pokiza qalb bilan samimiy ish yuritgan bo‘ladi. Bu esa nasihat qilinuvchi uchun o‘ta foydali ma’lumot sifatida xizmat qila oladi [9]. Yuqorida keltirilgan misollarda ham xalq donishmandligining hikmatli nasihatlari aks etgan, ya’ni Choisissez votre femme par l’oreille bien plus que par les yeux paremiyasi o‘zbek tilida Ot olsang minib ol, xotin olsang ko‘rib ol, degan maqolga, Fais ce que tu peux, si tu ne peux faire ce que tu veux maqoli esa Xohlaganingdek emas, balki, imkoningga yarasha yasha, degan maqolga hamda Gouverne ta bouche selon ta bourse maqoli esa o‘zbek tiliga talqin qilinganda Daromadga qarab buromad maqoliga mos keladi. Ushbu paremiyalarning o‘zbek tiliga mos keladigan semantik muqobillari aynan olinganligi sababli ularning hammasida ham buyruq shakli aks etmasligi mumkin. Masalan, Gouverne ta bouche selon ta bourse – Daromadga qarab buromad; Hâte-toi lentement! – Qimirlagan qir oshar! Usez, mais n‘abusez pas – Tuzini yeb tuzligiga tupurmoq; kabi permiologik birliklar shular jumlasidandir. Xalq donishmandligiga asoslangan bunday nasihatomuz buyruqlar orasida maslahat tushunchasiga yaqin paremiyalar ham ko‘pchilikni tashkil etadi. Maslahat nasihatdan biroz farqli o‘laroq, foydali maslahat, ya’ni biror ishn

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В данной статье рассматриваются коммуникативно- категория императива, прагматические характеристики французских императивных императивные паремии, паремий и анализируется интерпретация категории назида…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В данной статье рассматриваются коммуникативно- категория императива, прагматические характеристики французских императивных императивные паремии, паремий и анализируется интерпретация категории назида… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
imperative category, proverbs with a certain imperative purpose served as the main, nasihatomuz maqollar, imperative paremias, назидательные пословицы, edifying proverbs, pragmatik hodisa, прагматический феномен, речевые интенции, kommunikativ-semantik maqsad, communicative-semantic purpose, imperativ paremiyalar, speech intentions, категория императива, коммуникативно-семантическая цель, buyruq kategoriyasi, императивные паремии, pragmatic phenomenon, nutqiy intensiyalar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники