Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Особенности оценки заключения эксперта-лингвиста по делам об экстремизме
Oybek MANSUROV
Общество и инновации · 6 · 222-231 · 2024
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье анализируются оценка и практическое экспертное заключение, значение заключений, выдаваемых Судебно-политологической оценка заключений, лингвистической экспертизой Республиканского учреждения процессуальный порядок, судебной экспертизы имени Х. Сулаймоновой, а также их объективность заключения, использование должностными лицами, проводящими объекты экспертного доследственную проверку, дознавателями, следователями и исследования, судами. Кроме того, представлены конкретные предложения и компетентность. рекомендации по устранению существующих пробелов в национальном законодательстве, касающихся критериев оценки таких заключений. Ekstremizmga oid ishlar bo‘yicha isbotlashda ekspert xulosasining ahamiyatini ortiqcha baholash qiyin, chunki ekspert xulosasi ushbu toifadagi ishlar bo‘yicha asosiy dalillardan biri hisoblanadi. Buni Y.R. Rossiyskaya ham ta’kidlaydi: “Nutqiy asarning mazmuniy-semantik va shakliy tomonlarini lingvistik tahlil qilish natijalari daliliy ma’lumotlarning asosiy manbai hisoblanadi, xususan, milliy, irqiy, diniy adovatni qo‘zg‘atish, konstitutsiyaviy tuzumni zo‘ravonlik bilan ag‘darishga da’vat qilish va boshqalar bilan bog‘liq jinoyat ishlarini tergov qilish va ko‘rib chiqishda”. Uning ta’kidlashicha, bu toifadagi ishlar bo‘yicha boshqa hech qanday dalil manbai mavjud emas. Ekspert xulosasini baholash deganda, O‘zbekiston Respublikasi JPKning 187-moddasiga muvofiq Ekspert xulosasi tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tomonidan jinoyat ishi yoki tergovga qadar tekshiruv materiallari bo‘yicha to‘plangan boshqa dalillar bilan birgalikda uning ilmiy asoslanganligi va ekspertiza o‘tkazish uchun belgilangan barcha protsessual qoidalarga rioya etilganligi nuqtai nazaridan baholanadi tushuniladi. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksida “ekspert xulosasi” tushunchasiga ta’rif berilmagan, ammo ushbu protsessual hujjatga qo‘yiladigan talablar mavjud. Xulosa o‘tkazilgan tadqiqotning batafsil tavsifini, uning natijasida chiqarilgan xulosalarni va sud tomonidan qo‘yilgan savollarga javoblarni o‘z ichiga olishi kerak. Agar ekspert ekspertiza o‘tkazishda ishni ko‘rib chiqish va hal etish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarni aniqlasa o‘ziga savollar qo‘yilmagan holatlar xususida u ushbu holatlar to‘g‘risidagi xulosalarni o‘z xulosasiga kiritishga haqli. Ekspert xulosasi dalillar manbai sifatida ko‘plab ilmiy tadqiqotlarning mavzusi bo‘lgan. Xususan shu sohada bir qator ilmiy tadqiqot ishlarini e’lon qilgan olim B.V. Matitsin qonun qoidalarini tahlil qilib, JPKning ekspertga ta’luqli bandida “Ekspert xulosasi” tushunchasi bilan to‘ldirishni taklif qiladi: "Ekspert xulosasi – bu sud ekspertizasini tayinlash to‘g‘risidagi qarorda qo‘yilgan, shu jumladan, uning oldiga qo‘yilmagan, lekin ekspert tekshiruvi predmetiga taalluqli masalalar bo‘yicha yozma shaklda taqdim etilgan qat’iy yoki ehtimoliy xulosalar ko‘rinishidagi ma’lumotlar,” 1, 2 va 3-qismlarini esa 2, 3, 4-raqamlar bilan belgilashni taklif qiladi. I.V. Burkov ham ta’rifga o‘zgartirishlar kiritish zarurligini ta’kidlab, ekspert xulosasi deganda “jinoyat ishini yuritayotgan shaxs yoki taraflar tomonidan ekspert oldiga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha yozma ravishda taqdim etilgan va u tomonidan 223 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 01 (2025) / ISSN 2181-1415 o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida olingan asoslantirilgan xulosalar”ni tushunishni taklif etadi. Ushbu ta’rif, bizning fikrimizcha, to‘liq emas, chunki ekspertning ekspert tashabbusi huquqini ushbu moddaning ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi, lekin ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan qaror yokida ajrim. I.Y. Xamova boshqacha ta’rifni taklif qiladi: “Ekspert xulosasi” – ish yurituvida bo‘lgan shaxs tomonidan ekspert oldiga qo‘yilgan maxsus bilimlarni talab qiladigan masalalar bo‘yicha yozma ravishda taqdim etilgan tadqiqot mazmuni va xulosalar. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 172–182-moddalarida quyidagi tarzda ifoda etish maqsadga muvofiq bo‘ladi: “Ekspert xulosasi” – jinoyat ishi bo‘yicha tergovni olib boruvchi shaxs tomonidan ekspert oldiga qo‘yilgan savollar yuzasidan hamda yozma shaklda taqdim etilgan tadqiqot mazmuni va tadqiqot natijalari asosida shakllantirilgan xulosalar, shuningdek ekspertning o‘zi tomonidan ekspert tashabbusi huquqini amalga oshirish doirasida shakllantirgan xulosalardir. Bundan tashqari, agar ekspert sud ekspertizasini o‘tkazish chog‘ida jinoyat ishi uchun ahamiyatga ega bo‘lgan, lekin unga nisbatan savollar qo‘yilmagan holatlarni aniqlasa, u o‘z xulosasida ularni ko‘rsatishga haqli. Bu o‘rinda gap ekspert tashabbusi haqida bormoqda. Qonunda sanab o‘tilgan shaklga doir talablarga javob bermaydigan xulosa nomaqbul dalil deb topilishi mumkin. JPKning 172-modda. Ekspertiza tayinlash uchun asoslar; Ish uchun ahamiyatli holatlar to‘g‘risidagi
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье анализируются оценка и практическое экспертное заключение, значение заключений, выдаваемых Судебно-политологической оценка заключений, лингвистической экспертизой Республиканского учреж…»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье анализируются оценка и практическое экспертное заключение, значение заключений, выдаваемых Судебно-политологической оценка заключений, лингвистической экспертизой Республиканского учреж… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- expert opinion, for evaluating these expert opinions, protsessual tartib, объективность заключения, экспертное заключение, objectivity of the conclusion, процессуальный порядок, evaluation of conclusions, xulosaning obyektivligi, компетентность, оценка заключений, xulosalarni baholash, ekspert tekshiruvi obyektlari, objects of expert examination, объекты экспертного исследования, procedural order, kompetentlik, competence, ekspert xulosasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025