Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Выражение идей религиозной толерантности в политико-правовых взглядах Захириддина Мухаммеда Бабура
Olim KHUSANBAEV · Keywords: -/© in Science LLC. (Received in revised form particular of the pillars of Islam and its main schools based on) · Zahiriddin Muhammad Boburning siyosiy-huquqiy (Received in revised form particular of the pillars of Islam and its main schools based on)
Общество и инновации · 6 · 73-77 · 2024
Аннотация
Ключевые слова: В статье изложены идеи религиозной толерантности религия, в политико-правовых взглядах Захириддина Мухаммеда Ислам, Бабура, в частности, основанные на работе «Мубаййин» религиозная столпы Ислама и его основные школы (мазхабы), нормы толерантность, вера, шариата, взгляды правителя о представителях различных нормы шариата, религий, а также раскрыты вопросы о важности идей школы (мазхабы), религиозной толерантности в воспитании подрастающего взгляды, поколения. учение. Bobur podshoh sifatida o‘zi asos solgan saltanat o‘g‘li va kelgusi vorislari tomonidan yana ham taraqqiy topishiga, avlodlari uning ezgu ishlarini davom ettirishiga ishongan va ularga nafaqat Hindistonday buyuk mamlakatni, balki davlatni boshqarish sohasida Amir Temur va boshqa temuriy podshohlarning saltanat borasidagi tajribalarini hamda o‘zining bu boradagi siyosiy qarashlari bilan boyitilgan davlatchilik sohasidagi boy merosini ham qoldirgan. Ma’lumki, o‘rta asrlarda davlat boshqaruvida hukmdorning diniy e’tiqodi uning fuqarolari nazarida muhim ahamiyat kasb etgan. Boburiylar sulolasining barcha vakillari imon-e’tiqodi butun, insofli hamda adolatli bo‘lganliklari uchun Hindiston xalqi nazarida yuksak hurmat qozonganlar. Ushbu saltanatning asoschisi bo‘lgan mohir sarkarda va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur ham diniy e’tiqodi mustahkam va imoni butun hukmdor bo‘lgan. Umrining kattagina qismi jangi jadallarga to‘la holda o‘tgan bo‘lsa ham, u hamisha pok va halol yashashga intilar, besh vaqt namozni kanda qilmas, aql-zakovatining beqiyosligi va diniy ilohiy bilimlarining teranligi bilan olimu – ulamolar hamda din peshvolari o‘rtasida katta obro‘ qozongan edi. U dindoshlariga va din ulamolariga hamisha hurmat e’tibor bilan qarab, ularning izzatini joyiga qo‘yardi. [1] Bizningcha, fanning turli xil sohalari bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar, ommabop maqola va risolalarda Bobur ijodi, uning harbiy va davlat boshqaruvidagi mahorati, dunyoqarashining barcha qirralari ro‘y-rost va to‘la yoritib berilgan, deb bo‘lmaydi. Jumladan, Boburning din va diniy bag‘rikenglik haqidagi qarashlariga, so‘fiylik ta’limotiga, xususan, naqshbandiylik tariqati hamda uning yirik vakili Xoja Ahror Valiyga bo‘lgan munosabatlari masalasiga ham bu tadqiqotlarda kamroq e’tibor berilgan. Manbalardan ma’lumki, Bobur Markaziy Osiyodagi yirik tasavvuf namoyondasi, temuriylarning piri, naqshbandiya tariqatining ko‘zga ko‘ringan yirik ulamolaridan bo‘lmish Xoja Ahror Valiy qalamiga mansub bo‘lgan “Risolai volidiyya” asarini turkiy tilga tarjima qilgan. Boburning Xoja Ahror Valiy shaxsiyatiga va tariqatiga e’tiqodi juda kuchli bo‘lgan. Bu ulug‘ zot Bobur dunyoqarashi va e’tiqodining shakllanishida muhim o‘rin tutibgina qolmay, uning ta’limoti Boburning yetuk va adolatparvar podshoh bo‘lishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Boburning shariat farzlarining bayoniga bag‘ishlangan “Mubayyin” asarini yaratishi, uning yuksak iste’dod va e’tiqod egasi ekanligidan dalolat beradi. Shu bilan bir qatorda, u xurofot bilan haqiqat o‘rtasidagi chegarani aniq fahmlay bilgan, 74 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Issue – 6 № 1 (2025) / ISSN 2181-1415 ular o‘rtasidagi farqni chuqur anglagan. Bobur g‘olibona yurishlari davomida fath etgan yurtlar xalqining tavof etadigan muqaddas qadamjolariga, ziyoratgohlari va mozorlariga hurmat-e’tibor bilan qaragan, ularning oyoqosti qilinishi yoxud tahqirlanishiga sira yo‘l qo‘ymagan. Bobur boshqa mazhab va dinlar vakillariga ham xolisona muomala qilib, ularning diniy e’tiqodi kamsitilishiga yoxud ularga boshqa din vakillari tomonidan tazyiq o‘tkazilishiga sira yo‘l qo‘ymas edi. U o‘g‘li Nasiriddin Muhammad Humoyunga atalgan maktubida shunday deb yozgan: “...Ey farzand! Hindiston mamlakati turli mazhablardan iborat. Subhonollo taolo haqqi senga buyurildiki, har bir mazhabga pok qalb bilan qaragin, har bir mazhab va tariqatga adolatli bo‘l. Xususan, sigirni qurbon qilishdan saqlanginki, bu Hindiston xalqining qalb ardog‘i va bu viloyat ahli podshohga yaxshi nazar bilan bog‘lanadi. Podshoh farmoniga bo‘ysungan xalqni xarob qilmagin. Adolatni ixtiyor qilgin. Shunda shoh raiyatdan, raiyat shohdan xotirjam bo‘ladi. Islomning taraqqiyoti ehson tig‘i bilan yaxshiroqdir, zulm tig‘i bilan emas. Ahli sunnat va shialarning ikir-chikirlaridan ko‘zingni yum. Chunki islomga qarshilar bor. Turli e’tiqoddagi xalqlarni teng tutginki, shunda saltanat turli tashvishlardan xoli bo‘ladi. Hazrat Sohibqiron Amir Temurning ish yuritishlari doimo yodingda bo‘lsin. Shunda davlating ma’mur va puxta bo‘ladi…” [2] Bobur islomdagi sunniy mazhabiga mansub bo‘lib, o‘z taqdirini Allohdan ko‘rardi. Uning diniy qarashlaricha: “Allohning xohishisiz hech ish bo‘lmaydi. Taqdirimizni Allohning karamiga topshirib, o‘zimiz olg‘a intilmog‘imiz lozim”. Biroq u diniy jaholatparastlikka yo‘l qo‘ymasdi. Bobur zarurat bo‘lganda shia mazhabidagilar bilan ham hamkorlik qilib ketaverar edi. Shuning uchun ham sharoit taqozo etganda bu mazhabdagi
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В статье изложены идеи религиозной толерантности религия, в политико-правовых взглядах Захириддина Мухаммеда Ислам, Бабура, в частности, основанные на работе «Мубаййин» религиозная столпы Ислама и его…»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В статье изложены идеи религиозной толерантности религия, в политико-правовых взглядах Захириддина Мухаммеда Ислам, Бабура, в частности, основанные на работе «Мубаййин» религиозная столпы Ислама и его… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- 2181-1415/© 2025 in Science LLC, взгляды, religion, религия, din, нормы шариата, Islam, религиозная толерантность, views, e’tiqod, школы (мазхабы), islom dini, Sharia norms, doctrine, ислам, вера, mazhablar, shariat normalari, учение, diniy bag‘rikenglik, ta’limot, sects, qarashlar, religious tolerance, belief
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026