Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Формы сексуального насилия в отношении несовершеннолетних и меры по их предотвращению
Marjona JUMANAZAROVA
Общество и инновации · 6 · 149-156 · 2024
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье представлены научно-теоретические несовершеннолетние, взгляды на все формы сексуального насилия, эксплуатация, совершаемого в отношении несовершеннолетних. сексуальное насилие, Исследованы статистические данные о преступлениях, онлайн-насилие, изнасилование. связанных с сексуальным насилием, как в мире, так и в нашей стране, а также на основе этих данных проанализирована динамика данного вида преступности. Кроме того, изучены условия и причины возникновения подобных явлений. Изложены важные предложения и рекомендации по их предотвращению. Voyaga yetmaganlar (qaysi jinsga mansub ekanligidan qat’i nazar)ga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik deganda, keng ma’noda, ularning jismoniy, aqliy va yoki lingvistik rivojlanish darajasi jihatdan holatga baho bera olmasligi sababli ongli ravishda rozilik bera olmaydigan yoshda ekanligidan foydalanib, ularning irodasiga qarshi sodir etilgan har qanday faol yoki nofaol jinsiy harakatni tushunish mumkin. BMT bolalar jamg‘armasi (UNICEF) tomonidan berilgan ta’rifga ko‘ra, bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik “bolaga qarshi, shu jumladan ekspluatatsiya maqsadida sodir etilgan va natijada shikastlanish, og‘riq yoki psixologik azob-uqubatlarga olib keladigan yoki yuzaga kelishi ehtimoli yuqori bo‘lgan har qanday qasddan, ehtiyotsizlikdan va ahamiyatsiz jinsiy xarakterdagi harakat”ni anglatadi. A. Vlasov jinsiy jinoyatlar tushunchasiga “voyaga yetmaganlarga nisbatan sodir etiladigan qonun bilan qo‘riqlanuvchi shaxsning jinsiy daxlsizlik va erkinligiga tajovuz qiluvchi, jismoniy va ruhiy rivojlanishiga qarshi qaratilgan ijtimoiy xavfli, qasddan sodir etiluvchi qilmish” sifatida ta’rif bergan. Bizning fikrimizcha, voyaga yetmaganlarga sodir etiluvchi jinsiy xarakterdagi zo‘ravonlik aybning ehtiyotsizlik ko’rinishida bo’lmay, faqat qasddan sodir etilishi mumkin. Sababi shundan iboratki, bu ko‘rinishga ega qilmishni sodir etuvchi shaxs o‘zining harakatlarining ijtimoiy xavfli xususiyatga egaligini anglagan holda ayni qilmishning sodir etilishini xohlaydi. Shaxs aybiga nisbatan o‘z-o‘ziga ishonish va beparvolik ko‘rinishdagi munosabat uchramaydi. Bu kabi holatlarning ijtimoiy jihatdan to‘liq qoralanishining tub mohiyati ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxslarning voyaga yetmaganlarning jinsiy rivojlanishiga salbiy ta’sir o‘tkazish bilan bog‘liq tarzda, o‘z pozitsiyasi va kuchlaridan foydalanib, jinsiy ehtiyojlarini bola hisobidan qondirishida ko‘rinadi. Yuqorida keltirilgan ta’rif shuni anglatadiki, agar voyaga yetmagan shaxs (16 yoshga to‘lmagan shaxs) so‘z yuritilayotgan harakatni amalga oshirilishiga rozilik bergan bo‘lsa ham va hatto, uning tashabbuskori o‘zi bo‘lsa ham voyaga yetmagan shaxsga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etildi, deyishga asos mavjud bo‘ladi. Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zo‘ravonliklar qanday shakllarda amalga oshirilishi mumkin? degan savol bugungi kunda dolzarb hisoblanadi, sababi, ularning doirasi juda keng. Jinoyat huquqida ayni turdagi tajovuzning ikki shakli ajratiladi tanaga bevosita ta’sir etish (hands-on) va tanaga ta’sirsiz (hands-off). Tajovuzning birinchi shakli bola tanasiga har qanday ko‘rinishda tegish, jinsiy a’zolarini manipulyatsiya qilish, tabiiy hamda g‘ayritabiiy usulda jinsiy a’zolarning penetratsiyasi kabi jinsiy zo‘ravonlikning og‘ir ko‘rinishlarida amalga oshirilishi mumkin. 150 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Issue – 6 № 1 (2025) / ISSN 2181-1415 Voyaga yetmaganlarga nisbatan berilgan og‘zaki jinsiy maslahatlardan tortib, jinsiy mazmunga ega hikoyalar yoki voqealar aytib berish, bolaning oldida o‘zga bilan jinsiy aloqa qilish yoki masturbatsiya qilish, unga jinsiy a’zolarini ko‘rsatish, qasddan unga pornografik tasvirlarni ko‘rsatish yoki boladan o‘zi bilan jinsiy aloqa qilishni so‘rash, voyaga yetmagan bilan veb-kamera orqali jinsiy aloqa qilish kabi harakatlar esa bilvosita ta’sir etish shakliga mansub sanaladi. Bolalarga jinsiy zo‘ravonlik qilishning eng ko‘p uchraydigan ko‘rinishlari orasida bugungi kunda quyidagilarni sanab o‘tish mumkin: a) jinsiy qo‘zg‘atish maqsadida bolalar yoki o‘smirlar oldida jinsiy a’zolarni ko‘rsatish; b) voyaga yetmaganlarni kiyinish, yechinish vaqtida kuzatib turish; c) jinsiy ehtiyojlarini qondirish maqsadlarida bolaga teginish, o‘pish va jismoniy ta’sirning turli ko‘rinishlari; d) bolaga qaratilgan jinsiy mazmundagi og‘zaki erkalashlar, xushomad, shilqimlik qilish; e) bolalarni pornografik tasvirlar yoki filmlarni tomosha qilishga majbur qilish; f) bolalarni jinsiy aloqa qilishga undash yoki majburlash; g) jinsiy ekspluatatsiya, bolalar fohishabozligi yoki pornografiyada bolalar yoki o‘spirinlardan foydalanish. Shuningdek, raqamli ommaviy axborot vositalari orqali jinsiy zo‘ravonlikka duchor bo‘lish holatlari ham bugungi kunda keng uchrab turadi va ularni ham zo‘ravonlikning ikkinchi shakli tarkibiga kiritish mumkin. Masalan, kiberhujum, seksting (provakatsion jinsiy mazmundagi rasm va videolarni raqamli shaklda tarqatish)
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье представлены научно-теоретические несовершеннолетние, взгляды на все формы сексуального насилия, эксплуатация, совершаемого в отношении несовершеннолетних.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье представлены научно-теоретические несовершеннолетние, взгляды на все формы сексуального насилия, эксплуатация, совершаемого в отношении несовершеннолетних. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- minors, онлайн-насилие, сексуальное насилие, online violence, sexual assault, nomusga tegish, voyaga yetmaganlar, изнасилование, onlayn zo‘ravonlik, несовершеннолетние, sexual violence, jinsiy zo‘ravonlik, эксплуатация, ekspluatatsiya, exploitation
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026