Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Научный анализ кадровой деятельности органов внутренних дел
Gulomjon ESHIMBETOV · February -/© in Science LLC. · Internal Affairs Bodies
Общество и инновации · 6 · 113-120 · 2024
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье проведен анализ деятельности органов кадры, внутренних дел по работе с кадрами, рассмотрены кадровая политика, реформы, осуществленные в нашей стране в этой сфере, власть, а также мнения ученых-правоведов о подготовке кадров. управление, органы внутренних дел, Автором разработаны предложения и рекомендации. кадровый потенциал. 1 Deputy Minister, Ministry of Internal Affairs of the Republic of Karakalpakstan. Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Issue – 6 № 1 (2025) / ISSN 2181-1415 Odatda “kadr” deganda ma’lum bir yo‘nalish bo‘yicha, aniq mutaxassislikka, bilim va tajribaga ega bo‘lgan, ayni paytda ma’lum bir jamoada ishlaydigan shaxslar tushuniladi [1]. O‘zbek tilining izohli lug‘atida “Kadr so‘zi (fr.kadres – shaxsiy tarkib) korxona, muassasa va sh.k.ning maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lgan xizmatchi, ishchi va xodimlari” [2] deb izoh berilgan. O‘zbekiston Milliy ensiklopediyada “Kadrlar (frans. kadre – shaxsiy tarkib) – 1) korxona, muassasa, firma, hissadorlik jamiyatlari, banklar, kasaba uyushmalari va jamoat tashkilotlarida malakali xodimlarning asosiy tarkibi” [3] deya ifodalangan. Yuridik ensiklopediyada ham yuqoridagi ifodalangan mazmunda kadrlar (frans. kadre – shaxsiy tarkib) – tashkilot xodimlarining asosiy (shtatga oid) tarkibi; barcha doimiy xodimlaridir [4] deb yoritilgan. “Kadrlar”ni mutaxassis kadrlar, rahbar kadrlar va boshqaruv kadrlariga ham bo‘lish mumkin. Mutaxassis kadrlar deganda aniq yo‘nalishidagi mutaxassislikka ega davlat hokimiyati va boshqaruvining muayyan sohasida ishlayotgan kadrlar nazarda tutiladi. Aynan mutaxassis kadrlar bazasidan rahbar va boshqaruv kadrlari zaxirasi shakllantiriladi [5]. Shaxsning kadr sifatida shakllanish bosqichi umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litseylar va kollejdan boshlanadi. Kadrlarning asosiy kontingenti litsey va kollejlarda, to‘liq oliy ma’lumotli kadrlar esa oliy ta’lim tizimining bakalavriat va magistratura bosqichlarida tayyorlanadi. Yuqori ilmiy salohiyatli, malakali kadrlarni tayyorlash doktorantura tizimi orqali amalga oshiriladi [6]. Kadrlar siyosatini to‘g‘ri olib borilishi har qanday davlatda barcha sohalarni barqaror tarzda faoliyat yuritishi va bu sohalarni bosqichma-bosqich rivojlanib borishini kafolatlashga xizmat qiladi. Kadrlar siyosati haqida so‘z borganda, albatta kadrlarni tayyorlash, kadrlarni tanlash, kadrlarni joy-joyiga qo‘yish, kadrlar salohiyati, kadrlar zaxirasi kabi tushunchalarning ham mazmun-mohiyatini yoritib o‘tish maqsadga muvofiq [7]. Mavzuga taalluqli asosiy tushunchalarni tahlil qilish masalasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, avvalambor, kadrlar siyosati nima degan savolga yеchim topish muhim hisoblanadi. Mazkur tushunchaga siyosatchi, sotsiolog va huquqshunos olimlar o‘zlarining turli xil qarashlari orqali o‘z fikrlarini bildirishga harakat qilishgan. Jumladan, V.A. Nefedov: “Kadrlar siyosati deganda davlatning kadrlar salohiyatini shakllantirish va undan oqilona foydalanish strategiyasidir [8]”, – deya ushbu tushunchani qisqa va aniq ifodalashga harakat qilgan. N.I. Pitsik: “Kadrlar siyosati hokimiyat va boshqaruv tizimidagi kasbiy faoliyatning еtakchi tarkibiy qismlaridan biri, shaxsiy munosabatlarning konsepsiyasidir [9]”, – deydi. I.A. Shentyabina esa: “Kadrlar siyosatining ma’nosi va maqsadi kadrlar salohiyatini maksimal darajada aniqlash uchun shart-sharoitlarni ta’minlashdan iborat, shu jumladan boshqaruv sub’ektining maqsadlariga erishish uchun, chunki har qanday kadrlar siyosati sub’ektning maqsadlari uning ob’ekti maqsadlariga muvofitq bo‘lganda samarali bo‘lishi mumkin [10]”, – deb fikr bildiradi. K.Yu. Poldnev: “Kadrlar siyosati – hokimiyat va boshqaruv organlarida ijtimoiy hodisa sifatida ongli ravishda tartibga solinadigan ijtimoiy jarayon, davlat hokimiyati organlarida kadrlar potensialining ko‘payishini ta’minlashning maqsadli va yuqori darajada tashkil etiladigan vositadir [11]”, – deydi. 114 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Issue – 6 № 1 (2025) / ISSN 2181-1415 J.Q. Yusubov: “Kadrlar siyosati – kasbiy salohiyat va undan oqilona foydalanish jarayonini boshqarish, kadrlar bilan ishlash, ya’ni personalni boshqarishdagi asosiy yo‘nalish va ustuvorliklarni aniqlash strategiyasidir [12]”, – degan ta’rifni keltirib o‘tadi. V.A. Yaskov: “Kadrlar siyosati, avvalo, strategik va taktik chiziqlarni belgilash, xodimlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish va tarbiyalashning ilmiy tamoyillarini aniqlash, kadrlar bilan ishlash maqsadi va vazifalarini, shakl va usullarini, yo‘nalishlarini, xarakterini, mamlakatning muayyan davrning o‘ziga xos tarixiy sharoitida kadrlarga qo‘yiladigan talablarni aniqlash [13]”, – deb fikr bildirish orqali mazkur tushunchani kengrok yoritib bergan. V.R. Vesnin esa: “Kadrlar siyosati kadrlar bilan ishlashning asosiy yo‘nalishlarini, uning shakllari va usullarini belgilovchi nazariy qarashlar, g‘oyalar, talablar, tamoyillar tizimi [14]”, – deb kadrlar siyosatining mazmun-mohiyatini
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье проведен анализ деятельности органов кадры, внутренних дел по работе с кадрами, рассмотрены кадровая политика, реформы, осуществленные в нашей стране в этой сфере, власть, а также мнени…»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье проведен анализ деятельности органов кадры, внутренних дел по работе с кадрами, рассмотрены кадровая политика, реформы, осуществленные в нашей стране в этой сфере, власть, а также мнени… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- This is an open access article under the Attribution 4.0 International, органы внутренних дел, personnel policy, кадровая политика, boshqaruv, personnel, hokimiyat, управление, kadrlar salohiyati, кадровый потенциал, kadr, ichki ishlar organlari, kadrlar siyosati, personnel potential, authority, власть, Internal Affairs Bodies, слова: кадры, management
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026
Учебная литератураМихаил Иванин2018