Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Значение дисциплины «История медицины» в развитии интеллектуальных и творческих способностей иностранных студентов
Nodirbek KOMILOV
Общество и инновации · 5 · 318-322 · 2024
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье освещена роль истории медицины в оперативная повышении эксклюзивной компетентности иностранных деятельность, студентов, обучающихся в медицинских высших учебных когнитивная заведениях. Проанализировано, что успешность деятельность, педагогическое преподавания истории медицины и подготовки творчество, профессиональных специалистов в целом во многом дидактическая формируется посредством изучения этой научной возможность, дисциплины. методика, медицинская деонтология, медицинская практика, организационный компонент. Tibbiyot tarixi fani faqatgina o‘tgan davrlarni o‘rganishdan iborat emas, balki u talabalar uchun intellektual va ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Xususan, xorijiy talabalar uchun tibbiyot tarixi fanini o‘qitish, ularning tibbiy bilimlari mustahkamlanishiga va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarining shakllanishiga yordam beradi. Shu bilan birga, tibbiyot tarixini o‘rganish ularga nafaqat tibbiyotning taraqqiyoti haqida bilim beradi, balki turli madaniy va ilmiy merosni qadrlashni ham o‘rgatadi. Tibbiyot tarixining ilm-fan taraqqiyotidagi o‘rni haqida fikr yuritilganda uning zamonaviy tibbiy ta’limning ajralmas bo‘lagi ekanligi va fan tarixining bir qismi sifatida tadqiqot muammolarini aniqlashning barcha jihatlarini o‘z ichiga olganligi, bu esa, o‘z navbatida metodologiyaning fanlararo tabiatini belgilaydigan asosiy tushuncha ekanligini qayd etish lozim. Ushbu tamoyil fanning o‘quv dasturini shakllantirishda va talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish usullarini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘tmishdagi shifokorlar tafakkurining g‘oyaviy va falsafiy asoslarini tahlil qilish, ularning tibbiyotda ratsional tafakkur rivojlanishidagi ahamiyatini ochib berish – tibbiyot tarixi kursi ilmiy-tadqiqot metodologiyasining asosini tashkil etadi va uni o‘quv jarayoniga tatbiq etish kursning tuzilishi, uslubiy mazmuni va ta’lim metodlarini tanlash masalasini birlamchi mazmunga olib chiqadi [1]. Bugungi kunda O‘zbekiston oliy tibbiy ta’lim tizimidagi islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad – xalqaro akademik standartlarga mos keladigan professional tibbiyot xodimlarini tayyorlash orqali samarali tibbiyot tizimini yaratish va yangi sifat darajasiga erishishdan iborat. Bunda innovatsion ta’lim klasterlari, samarali ta’lim uslublari va amaliyotlarini faol joriy etish orqali o‘quv jarayonini tashkil etish va ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, tibbiyot tarixi fani tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida fan sifatida o‘zining tizimli va ensiklopedik tabiati (u fan tarixi va falsafasining bir qismi bo‘lganligi sababli) va zamonaviy ilmiy tibbiyot va ratsional tibbiyot rivojlanishining o‘tgan asrlardagi uzluksizligini tushunishga asoslangan dunyoqarashning shakllanishi asosida joriy etilgan edi. Shuningdek, u ilm-fan tarixining bir qismi sifatida tadqiqotchiga keng ko‘lamli tadqiqot vositalaridan foydalanishni talab qiladigan ko‘p qirrali intellektual muammolarni taklif qiladi va turli klinik ixtisosliklar uchun rivojlanish qonuniyatlarini tushunishga yordam beradi. 319 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 12 (2024) / ISSN 2181-1415 Tibbiyot tarixini o‘rganish zamonaviy shifokorlarni madaniy, estetik, etik va mahorat jihatdan rivojlanishida asosiy o‘rinni egallaydi. Tibbiy san’at nafaqat avloddan – avlodga ma’lumot yetkazish, balki insoniyatni mukammallashtirish maqsadi bo‘lgan diniy, falsafiy va milliy bilimlar tizimiga birikib bormoqda. Tibbiyot tarixini o‘qitishda kompetentsiyaga asoslangan yondashuv o‘quv jarayonining tashkilotchisi sifatida o‘qituvchiga qo‘yiladigan talablarga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatadi. Auditoriya soatlari hajmining kamayib borayotgani va talabalarning mustaqil ishlari ulushi ortayotganligi sababli, o‘qituvchilar tibbiyot tarixi kursida erishilgan maqsadlarni maksimal darajada oshirish uchun o‘quv jarayonini tashkil qilishlari kerak [2]. Tibbiyot tarixini o‘rganish, ularga nafaqat tibbiyotning taraqqiyoti haqida bilim beradi, balki turli madaniy va ilmiy merosni qadrlashni ham o‘rgatadi. 1. Intellektual fikrlashni rivojlantirish. Tibbiyot tarixi fani xorijiy talabalar uchun tahliliy va analitik fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda juda samarali vosita hisoblanadi. Tarixiy tahlil qilish, ilmiy usullardan foydalanish va yangi tibbiy yondashuvlar haqida o‘ylash xorijiy talabalar uchun katta ahamiyatga ega. Tahliliy fikrlash: Tarixiy voqealar va ilmiy kashfiyotlarni o‘rganish xorijiy talabalarni tahliliy fikrlashga undaydi. Ular o‘zlarining ilmiy qarorlarini qabul qilishda, mavjud ma’lumotlarni tekshirishda va yangi yondashuvlar yaratishda bu ko‘nikmalarni qo‘llay olishadi. Tushunish va izlash: Tibbiyot tarixini o‘rganish talabalar uchun ilmiy metodlarni va tarixiy manbalarni tahlil qilish imkonini beradi, bu esa ularning intellektual qobiliyatlarini mustahkamlashga yordam beradi [3]. 2. Ijodiy fikrlash va innovatsiyalarni rivojlantirish. Ijodiy fikrlash talabal
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье освещена роль истории медицины в оперативная повышении эксклюзивной компетентности иностранных деятельность, студентов, обучающихся в медицинских высших учебных когнитивная заведениях.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье освещена роль истории медицины в оперативная повышении эксклюзивной компетентности иностранных деятельность, студентов, обучающихся в медицинских высших учебных когнитивная заведениях. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- DOI: https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss12/S-pp318-322, medical practice, operativ faoliyat, operational activity, didactic opportunity, tashkiliy komponent, организационный компонент, medical deontology, cognitive activity, tibbiy deontologiya, дидактическая возможность, медицинская практика, педагогическое творчество, didaktik imkoniyat, organizational component, methodology, оперативная деятельность, tibbiy amaliyot, metodika, pedagogical creativity, медицинская деонтология, pedagogik ijodkorlik, kognitiv faoliyat, методика, когнитивная деятельность
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014