К содержанию
РецензированоRU2024

Роль и значение договорной дисциплины при заключении хозяйственных договоров в предпринимательской деятельности

Mirzokhid LUTFULLAEV

Общество и инновации · 5 · 117-120 · 2024

Аннотация

Ключевые слова: В данной статье представлена информация о правовых хозяйственный договор, основах хозяйственных договоров, порядке и процедурах стороны хозяйственного их заключения, а также о роли и значении договорных договора, принципов при заключении хозяйственных договоров. права и обязанности, принципы, Кроме того, проведен научно-теоретический и предпринимательская практический анализ договорных отношений, связанных с деятельность, договорной дисциплиной. договорная дисциплина. Yangi O‘zbekistonimizdagi bugungi kun barqarorligi, mamlakatimiz kelajagi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ichki iqtisodiyotning samaradorligi va o‘sish sur’atlari respublikamizning har tomonlama rivojlanayotganligidan dalolat beradi.Tarixiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, iqtisodiy manfaatlar, harakatchan tashabbuslar va tavakkalchilik iqtisodiy taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Bu harakatlantiruvchi kuchlarning funksional qo‘llanilishi tadbirkorlik faoliyatidir, chunki aynan shu ijtimoiy faoliyat turi shaxsiy va ijtimoiy farovonlikning oshishini ta’minlaydi. Respublikamiz iqtisodiyotining taraqqiyoti bevosita mahalliy xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tadbirkorlik faoliyatiga bog‘liq. Shu sababli tadbirkorlik faoliyatining samaradorlik ko‘rsatkichlarining muntazam ravishda oshib borishi uchun iqtisodiyotning huquqiy tartibga solinganligi muhim ahamiyatga egadir. Ayniqsa, bugungi kunda xo‘jalik shartnomasi tadbirkorlik subyektlari faoliyatining asosiy elementi hisoblanadi. Shartnoma xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan bir- biriga nisbatan majburiyatlarning bajarilishini kafolatlaydi, majburiyatlarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda ushbu munosabatlar ishtirokchilarining subyektiv huquqlarini, qonuniy manfaatlarini himoya qilish usullarini nazarda tutadi. Bu iqtisodiy munosabatlar ishtirokchilarining o‘zaro huquqlari, majburiyatlarini to‘liq aniqlashga imkon beradi. Ya’ni shartnomada ishtirokchilar o‘rtasidagi munosabat o‘zini o‘zi tartibga soladi, unda ishtirok etuvchi shaxslarga manfaatlarini va maqsadlarini erkin kelishib olish hamda natijaga erishish uchun qanday harakatlar qilinishini aniqlab olishga imkon beradi. Shu bilan bir qatorda shartnoma taraflar o‘rtasidagi kelishuvga umummajburiy yuridik kuchga ega bo‘lishni taqozo etadi. Shuning uchun shartnoma nafaqat taraflarning erkini kelishib olish, balki o‘z xohishi bilan kelishuvga erishish, taraflar zimmasiga muayyan majburiyatni olishni anglatadi. Bundan tashqari hozirgi vaqtda tadbirkorlik faoliyatida shartnoma intizomini mustahkamlash, tadbirkorlar huquqlarini ta’minlash va majburiyatni bajarmaganlarga nisbatan qo‘llaniladigan fuqarolik-huquqiy javobgarlik choralari samaradorligini oshirish dolzarb masala bo‘lib, majburiyat bajarilishini ta’minlash vositasi va majburiyatni bajarmaganlik uchun javobgarlik choralarini qo‘llashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Tadbirkorlik faoliyatining rivojlanish yo‘lidagi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustda qabul qilingan “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi Qonuni, bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik 118 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 12 (2024) / ISSN 2181-1415 yurituvchi subyektlar o‘rtasida vujudga kelayotgan mazmunan yangi iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishda hamda shartnoma intizomini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, shartnomalar tuzish tajribasiga yetarlicha ega bo‘lmagan kichik va o‘rta biznes subyektlari, xususiy tadbirkorlarning iqtisodiy aloqalarini mustahkamlash, turli xil ta’minotchi, tayyorlovchi monopol korxona va tashkilotlar bilan shartnomaviy munosabatlarda ularning huquq hamda manfaatlarini himoya qilishda ushbu qonunning tutgan o‘rni beqiyosdir. Ushbu qonunning 1-moddasida xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida xo‘jalik shartnomalarini tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilish vaqtida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishdan hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquqi va majburiyatlarini, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarining va davlat boshqaruv organlarining shartnoma munosabatlari sohasidagi vakolatlarini belgilashi keltirilgan. Qonunning 4-moddasida esa tadbirkorlik faoliyati sohasidagi shartnomaviy munosabatlarning asosiy prinsiplari keltirilgan bo‘lib ular quyidagilardan iborat: xo‘jalik shartnomalarini tuzishning erkinligi; taraflarning o‘zaro manfaatdorligi; shartnoma intizomiga rioya etish; taraflarning o‘zaro mulkiy javobgarligi. Bunda ko‘rinib turibdiki, ushbu qonun tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi huquqiy normalarni amalga oshirishning butun huquqiy mexanizmini qamrab olgan. Masalan, shartnoma intizomiga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu iqtisodiy o‘sishning muhim manbalaridan biridir. Amaliyotning ko‘p asrlik tajribasi shuni ko‘rsatadiki, iqtisodiy munosabatlar, qaysi shaklda va qaysi davlatda rivojlanishidan qat’i nazar, birinchi navbatda, odamlar o‘rtasidagi tartibli m

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В данной статье представлена информация о правовых хозяйственный договор, основах хозяйственных договоров, порядке и процедурах стороны хозяйственного их заключения, а также о роли и значении договорны…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В данной статье представлена информация о правовых хозяйственный договор, основах хозяйственных договоров, порядке и процедурах стороны хозяйственного их заключения, а также о роли и значении договорны… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
DOI: https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss12/S-pp117-120, entrepreneurial activity, хозяйственный договор, prinsiplar, xoʻjalik shartnomasi taraflari, принципы, principles, rights and obligations, tadbirkorlik faoliyati, shartnoma intizomi, договорная дисциплина, economic contract, предпринимательская деятельность, стороны хозяйственного договора, права и обязанности, parties to economic contract, contractual discipline, huquq va majburiyatlar, xoʻjalik shartnomasi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники