Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Правовые основы деятельности частных учебных образовательных организаций
Ijobatkhon KODIRALIEVA (Education Institutions)
Общество и инновации · 5 · 513-519 · 2024
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье теоретически и практически высшее образование, проанализированы правовые основы деятельности частное высшее частных высших образовательных организаций. Также образование, автором изучен зарубежный опыт создания частных вузов образовательная организация, и выдвинуты предложения и рекомендации по некоммерческая совершенствованию национального законодательства. организация, частный сектор, акционерное общество, общество с ограниченной ответственностью, автономная некоммерческая организация, эндаумент. O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jamiyat hayotining barcha sohalarini, jumladan, ta’lim tizimini ham qamrab olmoqda. Ayniqsa oliy ta’lim sohasidagi o‘zgarishlar, xususiy oliy ta’lim muassasalarining tashkil etilishi va ularning faoliyatini tartibga soluvchi huquqiy asoslarning takomillashtirilishi alohida e’tiborga molik. So‘nggi yillarda qabul qilingan qator muhim qonun hujjatlari, xususan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahriri (2020-yil), “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonun (2024) hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim sohasidagi islohotlarni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–54-son qarori hamda boshqa qonun hujjatlari xususiy oliy ta’lim muassasalari faoliyatining huquqiy asoslarini mustahkamladi. Bu esa, mamlakatimizda ta’lim xizmatlari bozorida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish va ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilmoqda. Xususiy oliy ta’lim muassasalarining tashkil etilishi nafaqat ta’lim sohasida, balki iqtisodiyotda ham muhim o‘zgarishlarga turtki bo‘lmoqda. Bu jarayon davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarining rivojlanishiga, xorijiy investitsiyalarning jalb etilishiga va eng muhimi, yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimining takomillashuviga olib kelmoqda. Bugungi kunda xususiy oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tartibga soluvchi huquqiy baza takomillashtirilmoqda. Jumladan, litsenziyalash tartib-taomillari soddalashtirilmoqda, ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda muassasalarga keng vakolatlar berilmoqda, shuningdek, xalqaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish imkoniyatlari kengaytirilmoqda. Bu esa o‘z navbatida, mamlakatimizda xususiy oliy ta’lim tizimining yanada rivojlanishiga zamin yaratmoqda. Mazkur o‘zgarishlar va yangilanishlar jarayonida xususiy oliy ta’lim muassasalari faoliyatining huquqiy asoslarini ilmiy jihatdan chuqur o‘rganish, tahlil qilish va baholash dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ta’lim sohasiga oid munosabatlar 50 va 51-moddalarda o‘z ifodasini topgan. Asosiy qomusimizning 50-moddasida ta’lim sohasining umumiy tamoyillari belgilangan bo‘lib, unda har kimning ta’lim olish huquqi, 514 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 11 (2024) / ISSN 2181-1415 uzluksiz ta’lim tizimining kafolatlari, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarini rivojlantirish masalalari o‘z aksini topgan. Bu norma oliy ta’lim sohasi uchun ham umumiy huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Konstitutsiyaning 51-moddasi esa, bevosita oliy ta’lim sohasini tartibga soluvchi maxsus norma hisoblanadi. Unda fuqarolarning davlat ta’lim tashkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan oliy ma’lumot olish huquqi kafolatlangan. Bu norma orqali davlat iqtidorli yoshlarning bepul oliy ma’lumot olish imkoniyatini yaratish bilan birga, tanlov orqali ta’lim sifatini ta’minlash mexanizmini ham joriy etgan. Shu bilan birga, 51-moddaning ikkinchi qismida oliy ta’lim tashkilotlariga akademik erkinlik, o‘zini o‘zi boshqarish, tadqiqotlar o‘tkazish va o‘qitish erkinligi huquqlari berilgan. Bu normalar oliy ta’lim muassasalariga keng avtonomiya huquqini berib, ularning mustaqil faoliyat yuritishi uchun konstitutsiyaviy kafolat yaratadi. Ta’kidlash joizki, Konstitutsiyaning yangi tahririda birinchi marta “uzluksiz ta’lim tizimi” tushunchasi kiritildi va davlat zimmasiga nafaqat davlat, balki nodavlat ta’lim tashkilotlari rivojlanishini ta’minlash vazifasi yuklandi. Bu esa ta’lim sohasida davlat va xususiy sektor hamkorligini rivojlantirish uchun konstitutsiyaviy asos yaratadi. Mazkur normalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, Asosiy qonunimizda oliy ta’lim sohasining huquqiy asoslari aniq belgilab berilgan. Bu normalar zamonaviy xalqaro standartlarga mos bo‘lib, oliy ta’lim sohasini yanada rivojlantirish uchun mustahkam huquqiy zamin yaratadi. Yana bir muhim hujjat bu Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizomdir. Ushbu nizomga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalarining tashkiliy-huquqiy shakllari quyidagicha belgilanadi: Oliy ta’lim muassasasi yuridik shaxs hisoblanib, oliy ta’lim o‘quv rejalari va dasturlarini amalga oshiradi. U O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tashkil etiladi va o‘z ustavi hamda mazkur Nizom asosida faoliyat yuritadi. Oliy ta’lim muassasasi ustavi belgilangan tartibda ishlab chiqiladi, oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье теоретически и практически высшее образование, проанализированы правовые основы деятельности частное высшее частных высших образовательных организаций.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье теоретически и практически высшее образование, проанализированы правовые основы деятельности частное высшее частных высших образовательных организаций. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- DOI: https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss11/S-pp513-519, некоммерческая организация, non-profit organization, endaument, частное высшее образование, limited liability company, высшее образование, aksiyadorlik jamiyati, общество с ограниченной ответственностью, notijorat tashkilot, xususiy oliy ta’lim, образовательная организация, автономная некоммерческая организация, oliy ta’lim, endowment, private higher education, mas’uliyati cheklangan jamiyat, ta’lim tashkiloti, частный сектор, акционерное общество, higher education, private sector, avtonom notijorat tashkiloti, autonomous non-profit organization, joint-stock company, educational organization, эндаумент, xususiy sektor
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026