Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Практика разрешения споров, возникающих из отношений с потребителями
Rakhmatilla DEKHKANOV · December -/© in Science LLC. (Center for Advanced Training of Lawyers under the Ministry of Justice of the Republic of Uzbekistan)
Общество и инновации · 5 · 66-71 · 2024
Аннотация
Ключевые слова: Данная научная статья содержит теоретический и потребительские суды, практический анализ методов разрешения конфликтов в суды мелких тяжб, потребительских отношениях. Также разрабатываются арбитражные суды, предложения путем анализа значимости альтернативных уполномоченная комиссия или совет, методов разрешения конфликтов, международной модель омбудсмена. практики и проблем действующего национального законодательства. Darhaqiqat, ishlab chiqarish jarayonlari va elektron tijoratning tobora ommaviylashuvi, xorijiy mahsulot va xizmatlar uchun nafaqat ichki, balki tashqi bozorlarning ochilishi, transport imkoniyatlarining rivojlanishi, telekommunikatsiya va xalqaro turizmning o‘sishi kabi sabablar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish dolzarbligini oshirmoqda. Transchegaraviy savdoni rivojlantirishning albatta asosiy vositasi xavfsiz, shaffof yo‘llar orqali xalqaro miqyosda harakat qiladigan iste’molchilarni himoya qiladigan standartlarni o‘rnatish hisoblanadi. Bizga ma’lumki, iste’molchi hozirgi bozor iqtisodiyotda zaif tomon bo‘lganligi sababli uning huquqlarini yetarli va samarali himoya qilish talab etiladi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha ko‘rsatmalari”da korxonalar iste’molchilarga keraksiz xarajatlar va yuklarsiz tez, adolatli, shaffof, arzon, qulay, tezkor va samarali, nizolarni hal qilishni ta’minlaydigan shikoyatlarni ko‘rib chiqa oladigan mexanizmlarini yaratishi kerakligini ta’kidlaydi [1]. Shuni ta’kidlash kerakki, iste’molchi huquqiy munosabatda kirishganda vujudga kelgan yoki vujudga kelishi mumkin bo‘lgan nizolarini samarali, qulay va kam xarajat orqali hal qilishni xohlaydi. Shu munosabat bilan iste’molchilar ishtirokidagi munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni hal qilish usuli sifatida quyidagilarni amalda ko‘rishimiz mumkin. Iste’molchi ishtirokidagi munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni hal qilish usullaridan biri sifati alohida iste’molchilar sudlari tashkil qilish hisoblanadi. Ushbu amaliyotni Avstraliya, Braziliya, Isroil va Turkiya kabi davlatlar misolida ko‘rishimiz mumkin. Avstraliya, Braziliya, Isroil va Turkiya davlatlarida iste’molchining o‘z huquqlarini himoya qilishga kirishining kafolatlash vositasi sifatida maxsus yoki ixtisoslashtirilgan sudlar yaratilgan va bu sudlar muayyan tartib asosida ishlaydi. Misol uchun, Avstraliyada 1973-yilda tashkil qilingan kichik da’volar bo‘yicha tribunal sudlari tovarlar yoki xizmatlarni yetkazib berish bilan bog‘liq kichik da’volar bo‘yicha sud ishlarini, agar ikkala tomon vakillik qilishga rozi bo‘lmasa, advokat ishtirokisiz amalga oshiriladigan protsedura bo‘yicha qaror qabul qiladi. Lotin Amerikasi davlatlarining biri Braziliyada 1984-yildan beri kichik da’volar bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sudlar tashkil etilgan va bu sudlar bepul asosida vakillik qilmasdan, shaxsning ish haqining kamida yigirma baravarigacha bo‘lgan miqdorda ishlarni ko‘radi [2]. Ushbu sudlar Braziliyada iste’molchilarga oid nizolarning 80 foizini ko‘rib chiqmoqda. Kichik da’volar bo‘yicha sudlar Isroilda ham joriy qilingan va ular magistratura sudlari tarkibida kiritilgan. Isroildagi kichik da’volar bo‘yicha sudlar moslashuvchan protsessual qoidalar yordamida imkon qadar samarali tarzda ish yuritish huquqiga ega [3]. Turkiyada iste’molchilar ishtirokidagi munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni ikki tomonlama tizim orqali hal 67 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 12 (2024) / ISSN 2181-1415 qilish mavjud. Birinchisi iste’molchi sudlari mavjud bo‘lib, ular oldida iste’molchi 2,446,03 Turkiya Lirasidan kam bo‘lgan har qanday da’vo arizasini ko‘rib chiqadi. Ikkinchi usul esa, iste’molchining hakamlik sudlariga murojaat qilishi mumkinligidir [4]. Afrika davlatlaridan Efiopiyada ham kichik da’voli sudlar mavjud bo‘lib, ular ichki davolarni ko‘rib chiqish uchun vakolatli hisoblanadi, Efiopiyada ixtisoslashgan sudlarda professional bo‘lmagan sudyalardan tashkil topgan va kichik da’volarni hal qiladi, biroq bu sudlar transchegaraviy nizolar bo‘yicha yurisdiksiyaga ega emas [5]. Kanadaning Kvabek provinsiyasida yuqoridagi davlatlarda bo‘lgani kabi kichik da’voli sudlar ham mavjud, ammo ular ichki da’volar uchun ajratilgan [6]. Norvegiya, Janubiy Afrika, Shveytsariya va Urugvayda xalqaro iste’molchilar munosabatlariga tegishli bo‘lgan soddalashtirilgan kichik da’volar bo‘yicha ish yuritish ham mavjud. Iste’molchilar ishtirokidagi munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni hal qilishning ikkinchi usuli arbitraj sudlarida nizo hal qilish hisoblanadi. Bu usullar shuni anglatadiki, nizolarni hal qilishning davlat sudiga yoki milliy hakamlik sudiga murojaat qilishdan farq qiluvchi mexanizmdir. Ko‘pgina xorijiy davlat qonun hujjatlarida iste’molchilar o‘rtasidagi nizolarni arbitraj orqali hal qilishga ruxsat beradi, ba’zilari davlat qonunchiligi nizolarni hal qilish uchun maxsus mexanizmlarni ham ta’minlaydi. Iste’molchi shartnomalarida arbitraj ba
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: Данная научная статья содержит теоретический и потребительские суды, практический анализ методов разрешения конфликтов в суды мелких тяжб, потребительских отношениях.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: Данная научная статья содержит теоретический и потребительские суды, практический анализ методов разрешения конфликтов в суды мелких тяжб, потребительских отношениях. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- This is an open access article under the Attribution 4.0 International, arbitraj sudlari, vakolatli komissiya yoki kengash, модель омбудсмена, арбитражные суды, ombudsman model, суды мелких тяжб, consumer courts, ombudsman modeli, iste’molchilar sudlar, small claims courts, уполномоченная комиссия или совет, потребительские суды, kichik da’voli sudlar, authorized commission or council, arbitration courts
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
УчебникиМ.Исаова, Р.Хасанов +32014