Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Социально-педагогический анализ проблем сотрудничества семьи и школы
Akramjon MATKARIMOV (school collaboration)
Общество и инновации · 5 · 72-76 · 2024
Аннотация
Ключевые слова: Международные оценочные исследования уделяют семья, особое внимание социально-педагогическим аспектам школа, семьи и образовательных учреждений. Семейная ученик, атмосфера, создание благоприятной образовательной сотрудничество, образовательная среда среды дома, а также позитивное отношение родителей к в семье, обучению играют ключевую роль в достижении успехов международные учащихся. В статье также систематически рассматриваются оценочные исследования. проблемы, связанные с установлением эффективного сотрудничества между семьёй и школой. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF–79-son Farmoni 6-ilovasida keltirilgan “Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida islohatlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish bo‘yicha yo‘l xaritasi”da ta’lim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan oshirishga qaratilgan vazifalarda “ota-onalarning farzand tarbiyasiga bee’tiborligi, o‘quvchilar o‘rtasida turli huquqbuzarliklar va jinoyatlar sodir etishning salbiy oqibatlari aks ettirilgan videokontentlarni tayyorlash hamda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida o‘quvchilar, ota-onalar o‘rtasida namoyish etish [1]” belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, mazkur yo‘l xaritasida “Ta’lim olish uchun qulay shart-sharoit yaratish” deb nomlangan V qismida “Umumiy o‘rta ta’lim tizimida “Ta’lim uchun qulay muhit” dasturini amalga oshirish” alohida ta’kidlab o‘tigan. Mazkur vazifalar mazmuniga “aholini ta’lim muhitini rivojlantirishga jalb qilish, maktablarni rivojlantirishda shaxsiy daxldorlik hissini shakllantirish” vazifasi alohida belgilab o‘tilgan. Xalqaro baholash tadqiqotlarida o‘quvchilarning ta’limdagi muvaffaqiyati yuqori ko‘rsatkichga ega emasligi, milliy ta’lim tizimi va oila hamkorligiga doir muammolarni yetarli darajada hal qilinmaganligi bilan izohlanadi. Bu masala milliy ta’lim tizimining siyosiy maqsadi sifatida shakllanmog‘i darkor. Shuningdek, oilalarning rivojlanishi oila joylashgan hududga ham ko‘p jihatdan bog‘liq. Bu o‘z navbatida kommunal siyosatning aniq maqsadga yo‘naltirilgan va hududda yashovchi aholi talab va istaklari asosida shakllantirilgan chora-tadbirlarning samarali tadbiq etish bilan ham bog‘liq. Oiladagi ta’lim va tarbiya jarayoniga ko‘maklashish hududdagi oilalar bilan ishlash muassasalari, kattalar ta’limi markazlari, yoshlar markazlari, bolalar bog‘chalari, maktablar, diniy tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Oilaning ta’lim resurslarini oila a‘zolari tomonidan farzandlarining ta’lim olishi uchun xizmat qiladigan ta’lim vositalari, materiallari va texnologiyalari tashkil etadi. Ta’limiy resurslar farzandlarni bilimlarni o‘zlashtirishi, mustaqil ta’lim olish jarayonini ta'minlash va qo‘llab-quvvatlash, o‘rganish strategiyasini egallashga yordam beruvchi, jamiyatning yangi talablaridan kelib chiqqan holda yangi innovatsion texnologiyalardan foydalanish (virtual ta’lim texnologiyalari va ulardan foydalanish uchun imkoniyat), o‘qitish metodikasini o‘zgartirish, yangi talabalar uchun tayyorlash, fanlar bilan bog‘liq barcha ko‘nikmalarni o‘rganishga va fani tahlil qilishga yordam beradi. 73 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 12 (2024) / ISSN 2181-1415 Oiladagi ta’limiy muhit bilan bog‘liq muammolarning asosiysi ota-onalarning pedagogik kompetentsiyalarining yetarli darajada rivojlanmaganligi, jamiyatda farzand tarbiyasi va ta’limi bo‘yicha professional ta’lim dasturlarining mavjud emasligi, kamligi yoki mazmunining sifat darajasi pastligi. Buning natijasida ota-onalar internet tarmog‘i orqali, o‘z tanishlari orqali tajriba almashish orqali istagan ma’lumotlarini topishga harakat qiladi. Yana bir jihati aynan oiladagi ta’lim muhitini rivojlantirishga doir ma’lumotlar oiladagi tarbiyaviy muhitni rivojlantirishga qaratilgan ma’lumotlarga nisbatan kamroq uchraydi. Ota-onalarning pedagogik kompetentsiyalarini rivojlantirish institutsional va professional yondoshuvni taqozo etadi. Oilaviy munosabatlar farzandlarning aqliy, ruhiy kamolotini ta’minlab, ota- onalarda o‘ziga xos faollikni ham yuzaga keltiradi. Xususan, farzandlarning bevosita ta’siri tufayli ularning qiziqish hamda faoliyatlari doirasi kengayadi, o‘zaro aloqalari mazmunan boyib boradi, real hayot mohiyatini chuqurroq anglash, ya’ni, farzandlar kamoloti, kelajagi timsolida o‘z umri davomiyligini qurish holati ro‘y beradi. Bularni amalga oshirishda ota-onalar va farzandlar o‘rtasidagi o‘zaro muloqot ham muhim ahamiyatga ega [2; 11]. Oila va maktab hamkorligiga doir ijtimoiy-pedagogik muammolar quyidagi jadvalda tasvirlangan (1-jadvalga qarang). 1-jadval. Oila va maktab hamkorligiga doir ijtimoiy-pedagogik muammolar Muammolar Tavsifi Maktab va ota-onalar o‘rtasidagi aloqaning yo‘qligi yoki tushunarsizligi, Muloqotga doir tushunmovchiliklar yoki ma‘lumotlarning to‘liq emasligi yoki to‘g‘ridan- muammolar to‘g‘ri manzilli muloqotning mavjud emasligi Maktab va ota-onalarning ta’lim, tarbiya va hamkorlik bo‘yicha turli
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: Международные оценочные исследования уделяют семья, особое внимание социально-педагогическим аспектам школа, семьи и образовательных учреждений.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: Международные оценочные исследования уделяют семья, особое внимание социально-педагогическим аспектам школа, семьи и образовательных учреждений. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- family, cooperation, maktab, xalqaro baholash tadqiqotlari, ученик, school, o‘quvchi, международные оценочные исследования, oila, сотрудничество, школа, hamkorlik, educational environment in the family, international evaluation studies, oiladagi ta’lim muhiti, student, семья, образовательная среда в семье
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025