Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Ретроспективный анализ национального и зарубежного законодательства, предусматривающего ответственность за преступление по изготовлению, хранению, распространению или демонстрации материалов, представляющих угрозу общественной безопасности и общественному порядку
Mukhtorjon SIDDIKJONOV · December -/© in Science LLC. (University of Public Security of the Republic of Uzbekistan) · Shanghai Convention (University of Public Security of the Republic of Uzbekistan)
Общество и инновации · 5 · 433-438 · 2024
Аннотация
Ключевые слова: В данной научной статье автор отмечает, что в рамках общественная осуществляемых в нашей стране широкомасштабных безопасность, реформ особое внимание уделяется обеспечению мирной и общественный порядок, спокойной жизни населения, а также формированию в Шанхайская конвенция, Центр мониторинга обществе культуры законопослушания и общественной в сфере массовых безопасности. коммуникаций, правила поведения. Darhaqiqat, xavfsizlik masalasi mamlakat rivojlanishi va taraqqiyotining muhim shartlaridan biridir. Xavfsizlik haqida doimiy oʻylash, uni taʼminlash shu yurtda yashayotgan har bir inson hamda davlatning asosiy vazifasi va diqqat markazida boʻlishi lozim boʻlgan dolzarb masalalardan hisoblanadi. Shu boisdan ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev oʻzlarining barcha chiqishlarida bu mavzuga alohida toʻxtalib oʻtadilar. Xususan, Oliy Majlisga Murojaatnomalarida ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Mamlakatimizning konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini turli tahdidlardan himoya qilish, tinchlik va barqarorlikni yanada mustahkamlash – barcha yutuqlarimizning bosh garovi ekanligini, shuningdek dunyoda kechayotgan murakkab jarayonlar yaqin-uzoq mintaqalarda kuzatilayotgan ziddiyat va toʻqnashuvlar sharoitida biz yurtimizda tinchlik va xavfsizlikni taʼminlash borasidagi ishlarimizni yanada jadallashtirishimiz lozimligini alohida taʼkidlab oʻtganlar. Bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–6196-sonli hamda 2021-yil 29-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–27-sonli Farmonlari qabul qilinib, mamlakatimizda jamoat xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada rivojlantirish hamda ushbu sohadagi davlat siyosatining istiqbolli yoʻnalishlari belgilab olinganligini koʻrsatib oʻtishimiz mumkin. Bundan tashqari, Diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan matbaa nashrlarini, kino, foto, audio, video mahsulotlarini va shu kabi boshqa mahsulotlarni tayyorlash, saqlash va tarqatish qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortishga olib kelishi Qonun bilan belgilab qoʻyilgan. Natijada, 1998-yilda Jinoyat kodeksiga “2441-modda. Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash yoki tarqatish” uchun javobgarlik kiritilgan. 2001-yilda Terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurash toʻgʻrisidagi Shanxay Konvensiyasi ratifikatsiya qilingan. 434 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 11 (2024) / ISSN 2181-1415 2003-yilda diniy adovat uygʻotishga qaratilgan va diniy ekstremizm gʻoyalarini yoyishni oʻz ichiga olgan axborot tarqatilishiga qarshi harakatlar qilish davlatning axborot borasidagi xavfsizligi yoʻnalishlaridan biri etib belgilangan va shu munosabat bilan vebsaytning va (yoki) veb-sayt sahifasining egasi, shu jumladan, bloger hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan axborot joylashtiriladigan internet jahon axborot tarmogʻidagi oʻz veb-saytidan va (yoki) veb-sayt sahifasidan diniy ekstremizm, separatizm va fundamentalizm gʻoyalarini targʻib qilish maqsadlarida foydalanilishiga yoʻl qoʻymasligi shartligi Qonun bilan chegaralanib qoʻyilgan. 2004-yilda esa diniy ekstremizm gʻoyalarini targʻib etishga qaratilgan axborotni aniqlash boʻyicha Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, hozirgi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tuzilmasida “Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring markazi” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) tashkil qilingan. 2006-yilda Oʻzbekiston terrorizm, separatizm va ekstremizm kabi faoliyatga daxldor shaxslarning “Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar hududiga suqilib kirish yoʻllarini aniqlash va toʻsish sohasida hamkorlik qilish toʻgʻrisida”gi Bitimni ratifikatsiya qilgan. 2007-yilda ommaviy axborot vositalarida diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik gʻoyalarini targʻib qilish taqiqlab qoʻyildi. 2011-yilda diniy ekstremizm gʻoyalarini targʻib qilishga yoʻnaltirilgan axborotlarni tahlil qilish va ular boʻyicha xulosalar tayyorlash boʻyicha Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi ekspert komissiyasi tashkil qilindi, 2014-yilda Oʻzbekiston Respublikasi hududida diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik gʻoyalarini targʻib etish belgilariga ega materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatishga yoʻl qoʻyilmasligi belgilab qoʻyildi. 2016-yilda esa ommaviy axborot vositalaridan yoxud telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek, internet jahon axborot tarmogʻidan foydalanib, jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной научной статье автор отмечает, что в рамках общественная осуществляемых в нашей стране широкомасштабных безопасность, реформ особое внимание уделяется обеспечению мирной и общественный порядок…»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной научной статье автор отмечает, что в рамках общественная осуществляемых в нашей стране широкомасштабных безопасность, реформ особое внимание уделяется обеспечению мирной и общественный порядок… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- This is an open access article under the Attribution 4.0 International, jamoat xavfsizligi, Monitoring Center in the field of Mass Communications, Шанхайская конвенция, Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring markazi, public order, rules of conduct, Shanghai Convention, xulq-atvor qoidalari, общественный порядок, общественная безопасность, Центр мониторинга в сфере массовых коммуникаций, правила поведения, jamoat tartibi, Shanxay Konvensiyasi, public safety
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026