К содержанию
РецензированоRU2024

Освещение вопросов оросительной системы периода Темуридов в зарубежных источниках

Muazzamkhon MAKHMUDOVA

Общество и инновации · 5 · 306-312 · 2024

Аннотация

Ключевые слова: В данной статье представлена информация об изучении оросительная система, вопросов ирригационной системы зарубежными плотина, исследователями в период правления Амира Темура и водохранилище, Тимуридов. ирригационные сооружения, оросительные сети. 1 PhD, Senior Lecturer, Department of World History, Fergana State Universit. Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 11 (2024) / ISSN 2181-1415 Jahonning ko‘plab davlatlarida tadqiqotchilar tomonidan Amir Temur va temuriylar saltanatining turli jihatlari o‘rganilib, jahon tarixi sahifalari yangi ma’lumotlar bilan to‘ldirildi. Ayniqsa, xorij olimlari temuriylar saltanati tarixini katta qiziqish bilan tadqiq qilib, temuriylar davrida Xurosonning irrigatsiya tizimini yorituvchi ayrim tadqiqotlarni amalga oshirdi. AQSHlik malakali tilshunos, Uillyam Mur Klevenjer Tehron va Mashhad shaharlarida ilmiy izlanishlar olib borgan. Tadqiqotchi Xurosondagi tarixiy to‘g‘onlarni o‘rgangan [1]. Klevenjer tadqiqotida tarixiy to‘g‘onlarning joylashuvi, qaysi davrga mansubligi, to‘g‘on qurilishida foydalanilgan materiallar, to‘g‘onning sig‘imi haqida qimmatli ma’lumotlarni keltiradi. AQSHlik olim Terri Allen 1981-yili Garvard universitetida “Temuriylar davrida Hirot” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan, so‘ngra 1983-yilda dissertatsiya monografiya shaklida nashr etilgan [2]. T.Allen tadqiqotga material to‘plash maqsadida Hirot shahriga boradi, safar davomida temuriylar davrida qurilgan masjidlar, maqbaralar, ziyoratgohlarni o‘rganadi. Tadqiqotda temuriylar davrida Hirotning sug‘orish tizimi ham yoritilgan. Turkiyalik temurshunos olim Ismoil Aka “Buyuk Temur davlati” asarida Amir Temur va temuriylar davridagi irrigatsiya tizimi haqida qisman ma’lumot bergan [3], uning mazmunan bir xil bo‘lgan “XV asrning birinchi yarmida temuriylarning dehqonchilik va savdo faoliyati” [4] nomli maqolalari turk va ingliz tilida nashr qilingan. Ushbu tadqiqotlarda temuriylar davrida qishloq xo‘jaligi va savdo aloqalari bilan birgalikda, sug‘orish tizimiga ham urg‘u berilgan. Qohiradagi Amerika universiteti professori Bernard O'Keyn “Xurosondagi temuriylar me’morchiligi” mavzusida ikki qismdan iborat juda katta hajmli doktorlik dissertatsiyasini himoya qiladi [5]. Temuriylar homiyligida 1415–1510-yillar oralig‘ida qurilgan 61 ta arxitektura yodgorligi dissertatsiyaning asosiy qismidan joy olgan [6]. Bernard O'Keyn temuriylar davrida Xuroson viloyatida qurilgan to‘g‘onlarning tarixi haqida batafsil ma’lumot beradi hamda to‘g‘onlarning rasmini dissertatsiyaning ilova qismiga kiritadi. E. Bosvor va boshqa mualliflar hamkorligida Gollandiyaning Brill nashriyotida 1986-yilda “Islom ensiklopediyasi”ning V jildi nashr qilingan [7]. “Islom ensiklopediyasi” islomshunoslik sohasidagi namunaviy ma’lumotnoma hisoblanadi. Ensiklopediya islom diniga e’tiqod qiluvchi davlatlar haqida atroflicha ma’lumot beradi. “Islom ensiklopediyasi”ning V jildida Misr, Iroq, Eron, Shimoliy Afrika va Islom davridagi Ispaniya, Usmonli turklar imperiyasi, Hindiston (Islom diniga e’tiqod qiluvchi qismi) va Movarounnahrning irrigatsiya tizimi haqida so‘z yuritilgan. Kitobda temuriylar davrida mavjud bo‘lgan Xuroson viloyatidagi Guliston to‘g‘oni haqida ma’lumotlar berilgan. Kanadalik olima Liza Golomberk va AQSHlik yozuvchi Donald Uilberlar temuriylar davrida (1360–1510) Turon, Xuroson, Eron va Mozandaronda qurilgan 257 ta binolarning katalogini tuzishadi [8]. L. Golomberk va D.Uilberlar tomonidan “Eron va Turonda temuriylar arxitekturasi” nomli ikki jildli monografiya nashr qilinadi [9]. Monografiyada temuriylar davrining siyosiy tarixi, arxitekturasi va me’moriy uslublari haqida hikoya qiluvchi 10 ta esse joy olgan. Arxitekturaga oid ushbu monografiyada Xuroson viloyatining irrigatsiya tizimida amalga oshirilgan ishlar haqida ham ma’lumotlar berilgan. 307 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 11 (2024) / ISSN 2181-1415 P. Kristensenning “Eronshahrning tanazzulga uchrashi: Yaqin Sharqdagi irrigatsiya va atrof-muhit, mil. avv. 500-yildan milodiy 1500-yilgacha” asari dastlab Kopengagenda 1993-yilda nashr qilingan, oradan 23 yil o‘tgandan so‘ng 2016-yilda Londonda qayta nashr qilindi [10]. Muallif asarda tabiat va jamiyatning tarixiy rivojlanishida irrigatsiya tizimining ahamiyatini ochib berishga harakat qilgan. Mazkur asarda Amir Temur va temuriylar saltanatining tarixi va o‘sha davrda irrigatsiya tizimining rivojlanishi to‘g‘risida ma’lumotlar bayon qilingan. Buyuk Britaniyalik arxeologlar G. Xerman va X.Kennedi “Marv yodgorliklari: Qoraqum an’anaviy binolari” asarini 1999-yilda nashr qildirgan [11]. Ular arxeologik va yozma manbalar asosida Turkmanistonning Marv vohasida mil. avv. VI asrdan to milodiy XIX asrgacha bunyod etilgan ko‘shk, saroylar, ayvonlar, sardobalar, yaxtanglarni o‘rgangan. Asarda temuriylar davriga oid Anau sardobasi haqida ma’lumot berilgan. Eron elchixonasining madaniyat markazi tomonida

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В данной статье представлена информация об изучении оросительная система, вопросов ирригационной системы зарубежными плотина, исследователями в период правления Амира Темура и водохранилище, Тимуридов.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В данной статье представлена информация об изучении оросительная система, вопросов ирригационной системы зарубежными плотина, исследователями в период правления Амира Темура и водохранилище, Тимуридов. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Irrigation system, irrigation facilities, оросительная система, sug‘orish tarmoqlari, Irrigatsiya tizimi, irrigation networks, водохранилище, плотина, to‘g‘on, dam, sardoba, sug‘orish inshootlari, ирригационные сооружения, reservoir, оросительные сети
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники