К содержанию
РецензированоRU2024

Узбекистан: на пути превосходства Конституции и закона

Shakhbozbek KHASANBOYEV · December -/© in Science LLC. (Tashkent State University of Law)

Общество и инновации · 5 · 75-78 · 2024

Аннотация

Ключевые слова: В статье подчеркивается, что в ходе проводимых реформ Конституция, в нашей стране обеспечение верховенства Конституции и Превосходство закона, закона играет ключевую роль. Это способствует Стабильность, углублению социально-политической жизни общества и Международные рейтинги, повышению престижа государства, а также укреплению его Реформы, имиджа на международной арене. Превосходство права, Коррупция, Справедливость, Государственные органы, Общественный контроль. Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash orqali mamlakatda barqarorlik ta’minlanadi bu orqali mamlakatda qonunlar barcha uchun ishlashi ta’minlanadi. Shu bilan birga, fuqarolarning davlatga bo‘lgan ishonchi ortishiga, mamlakatning xalqaro maydonda ham nufuzi ortishiga bu orqali davlatning xalqaro ijobiy imidji yaxshilanishiga erishiladi. Bundan tashqari davlatga investitsiya oqimi kirib kelishi ham yaxshilanadi. Mamlakatimizning xalqaro imidjini yaxshilash hamda xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilash borasida ham bir qancha ishlar amalga oshirildi. Xususan, qonun ustuvorligini ta’minlash borasida ham o‘tkazilgan islohotlatlar natijasida bir qator reytinglarda Oʻzbekistonning o‘rni sezilarli yaxshilandi. Bundan tashqari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-fevraldagi qarori bilan “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reytinglar va indekslardagi oʻrnini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonida boshqaruv sifati va siyosatning samaradorligini oʻlchash, mamlakatda yuz berayotgan oʻzgarishlar jarayonini baholash, tadqiqotlar natijalaridan kelib chiqqan holda islohotlarning ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqishga yordam beruvchi ustuvor xalqaro reytinglarning mezonlari va indikatorlari Milliy monitoring tizimining tarkibiy qismi etib belgilandi, loyihalar va amaldagi normativ- huquqiy hujjatlarni mamlakatimizning xalqaro reytinglardagi oʻrnini yuksaltirishga toʻsqinlik qilayotgan normalarni aniqlash nuqtai nazaridan ekspert tahlil qilish hamda tahlil natijalariga koʻra tegishli tavsiyalar ishlab chiqish belgilandi. Mazkur jarayonda Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taʼminlash alohida ahamiyat kasb etib, jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni yanada chuqurlashuviga xizmat qiladi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng islohotlar natijasida Oʻzbekiston Respublikasi bir qator nufuzli xalqaro reytinglarda yuqori natijalarga erishib kelmoqda. Jumladan, World Justice Project loyihasi doirasida yillik huquq ustuvorligi hisobotlarini berib boruvchi World Justice Project Rule of Law Index boʻyicha Oʻzbekistonning oʻrni yildan yilga yaxshilanib bormoqda. Ushbu indeks 8 omil va 44 pastki omillar orqali natijani hisoblaydi. Ular quyidagilar: – Davlat vakolatlaridagi cheklashlar; – Korrupsiya yoʻqligi; – Ochiq hukumat; – Asosiy huquqlar; – Tartib va xavfsizlik; – Normativ tartibot; 76 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 11 (2024) / ISSN 2181-1415 – Fuqarolik odillik; – Jinoiy odillik; – Jinoiy odillik. Oʻzbekiston ushbu reytingda 2016-yil 113 davlat ichida 93-oʻrinni egallagan boʻlsa, ushbu koʻrsatkich 2024-yilga kelib 142 davlat ichida 83-oʻrinda qayt qilindi. Bu mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning natijasi hisoblanadi. Shu bilan birga qonun ustuvorligi bo‘yicha bir qancha yutuqlarga erishganimizdan dalolat beradi. Konstitutsiyaning ustunligi uning barcha normativ-huquqiy hujjatlardan ustunligi hamda barcha qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning faqat Konstitutsiya asosida qabul qilinishini anglatadi. Barcha davlat organlari va tashkilotlari o‘zlari qabul qilayotgan hujjatlar konsitutsiya va qonunga muvofiq qabul qilinishi bilan birga Konstitutsiyaning 15-moddasida belgilanganidek “Davlat va uning organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish yuritadilar” ya’ni barcha davlat organlari hamda tashkilotlar, mansabdor shaxslar o‘z faoliyati ham Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq kelish majburiyati yuklatilgan. Bu davlat organlari hamda tashkilotlarning o‘z hokimiyat vakolatlarini suiste’mol qilishini oldini oladi. Mamlakatimizda so‘nggi yillarda olib borilayotgan islohotlar jarayoni qonunchilik tizimida ham o‘z aksini topmoqda Prezident Sh.M.Mirziyoyevning 2024-yil 18-noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi nutqida ta’kidlab o‘tganidek: “Quyi palata tomonidan 130 dan ortiq yangi va yaxlit qonunlar qabul qilindi. Bu – oldingi davrga nisbatan 1,5 karra koʻp. Bularning barchasi yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni mustahkamlash va yanada jadallashtirishda muhim ahamiyat kasb etdi, desak, adolatdan boʻladi”. Ushbu qonunchilikdagi ko‘plab o‘zgarishlar vaqtida Konstitutsiya va qonun ustunligi muhim hisoblanadi. Chunki, qonun qabul qilish bir jarayon hisoblansa ularni amalda qo‘llash boshqa jarayondir. Qonunchilikdagi o‘zgarishlar qonun ustuvorli ta’minlanmasa, amaliyotga joriy qilinmasdan qol

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В статье подчеркивается, что в ходе проводимых реформ Конституция, в нашей стране обеспечение верховенства Конституции и Превосходство закона, закона играет ключевую роль.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В статье подчеркивается, что в ходе проводимых реформ Конституция, в нашей стране обеспечение верховенства Конституции и Превосходство закона, закона играет ключевую роль. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
This is an open access article under the Attribution 4.0 International, rule of law, jamoatchilik nazorati, общественный контроль, xalqaro reytinglar, стабильность, islohotlar, davlat organlari, huquq ustuvorligi, коррупция, международные рейтинги, adolat, Конституция, supremacy of the law, Konstitutsiya, korrupsiya, public control, превосходство закона, state bodies, Constitution, превосходство права, реформы, государственные органы, reforms, international rankings, qonun ustuvorligi, справедливость, justice, barqarorlik, corruption, stability
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники