К содержанию
РецензированоRU2024

Цифровизация административных процессов в системе махалля в Узбекистане

Manzurakhon YUNUSOVA · Independent Uzbekistan (Andijan State University)

Общество и инновации · 5 · 39-45 · 2024

Аннотация

Ключевые слова: На новом этапе развития независимого Узбекистана Независимый Узбекистан, трансформация микрорайонов стала происходить соседство, ускоренными темпами. Выполнение задач, связанных с их процессы управления, развитием, выявило необходимость активизации участия современные проблемы, трансформация соседства, микрорайонов в решении современных проблем. Особое развитие, внимание уделено процессам управления в системе цифровизация. микрорайонов, а вопросы цифровизации анализируются на основе научной литературы. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda mahalla tizimi o‘ziga xos rivojlanish yo‘lini bosib o‘tdi. 1991-2016-yillarda mahallaning sovet modeli butunlay yangilandi, uning vakolatlari kengaytirildi. "Mahalla" qo‘llab-quvvatlash va muvofiqlashtirish jamg‘armasi sifatida o‘ziga xos tizim shakllandi. Shu maqsadda mahallalarning mamlakat ijtimoiy hayotidagi o‘rni mustahkamlandi va fuqarolar mahallani to‘laqonli davlat ijtimoiy tashkiloti sifatida tan ola boshladi. Mustaqil O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida mahalla transformatsiyasi tezlashtirilgan sur’atlar bilan amalga oshirila boshlandi. Chunki, ko‘p yillar davomida mahallaga tegishli vazifalarni bajarish bilan birga, uning zamonaviy muammolarni hal etishdagi ishtirokini kengaytirish zarurati paydo bo‘ldi. Mahalla institutini qayta qurish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan boshlandi va u bu boradagi ko‘plab g‘oyalarning muallifi hisoblanadi. Shavkat Mirziyoyev xalq tinchligini va farovonligini ta’minlashda mahallaning noyob imkoniyatlaridan foydalanish, buning uchun mahalla instituti salohiyatini yanada oshirish zarurligiga alohida e’tibor qaratmoqda. O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida o‘zini o‘zi boshqarish faoliyatida yangi davr boshlandi. Ushbu tizimni isloh qilmasdan, davlat va jamiyat boshqaruvining yangi ijtimoiy-madaniy texnologiyalari samaradorligi ko‘zga tashlana olmaydi. Ta’kidlash joizki, "O‘zbekistonda mahalla - bu ma’muriy-hududiy birlik; xalqimizning an’ana va qadriyatlariga xos bo‘lgan o‘zini o‘zi boshqarish usulidir”. [1] Bugungi kunda mahalla jamiyat va davlat boshqaruvining muhim instituti sifatida faoliyat yuritmoqda. Munitsipal hokimiyat, jamoatchilik tashabbuslari va jamoatchilik nazorati unsurlarini o‘zida mujassam etgan ushbu tuzilma Yangi O‘zbekiston ijtimoiy taraqqiyotining o‘sish nuqtasi bo‘lib xizmat qilmoqda. O‘zini o‘zi boshqarish organlariga yangi vazifalar yuklatildi, ularning aholi muammolarini hal etish, bandlikni ta’minlash, ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashdagi ishtirokini kuchaytirish choralari ko‘rilmoqda. Bularning barchasi ijtimoiy boshqaruv tushunchasi bilan bog‘liq bo‘lib, ushbu jarayonni falsafiy tahlil qilish, amalga oshirilayotgan islohotlarning ilmiy asoslarini ishlab chiqish, ularni ijro hokimiyati organlariga taqdim etish muhim amaliy vazifalardan sanaladi. Chunki ijtimoiy boshqaruv va jamoatchilik nazorati vazifalari yangi sharoitda yangicha mazmun va mohiyat kasb etmoqda. O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida mahallaning o‘rni haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev haqli ravishda ta’kidlaganidek: "...bugungi kunda mahalla katta ijtimoiy kuch sifatida maydonga chiqishi kerak. Chunki faollar, 40 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Issue – 5 № 6 (2024) / ISSN 2181-1415 tajribali oqsoqollar, ko‘pni ko‘rgan keksalar istasa, jamoatchilik bilan birga har qanday muammoni hal qilishga, adashgan yoshlarni to‘g‘ri yo‘lga solishga qodir”. [2] O‘zbekistonda mahalla instituti orqali jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning huquqiy mexanizmlari kuchaytirildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32-moddasiga muvofiq, "O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok o‘zini o‘zi boshqarish, referendumlar o‘tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish, shuningdek, davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini rivojlantirish va takomillashtirish orqali amalga oshiriladi. Davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratining tartibi qonun bilan belgilanadi." [3] Islohotlarning asosiy jihatlaridan biri mahalla qo‘mitalarining davlat va aholi o‘rtasidagi bog‘lovchi bo‘g‘in sifatidagi rolini mustahkamlash bo‘ldi. Mahallalar ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning muhim vositasi bo‘lib, ularning vazifalari yangi vakolatlar tufayli kengaydi. Islohotlar mahallalarning aholi muammolarini hal qilishda faolroq ishtirok etishiga qaratilgan, jumladan: • kam ta’minlangan va himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini ijtimoiy himoyalash; • aholini ish bilan ta’minlash va kichik biznesni rivojlantirishga ko‘maklashish; • yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash; • huquqbuzarliklarning oldini olish va jamoat tartibini saqlashda ishtirok etish. Mahallalardagi jarayonlarni raqamlashtirish islohotlarning muhim qismi bo‘ldi. Mahallalarn

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: На новом этапе развития независимого Узбекистана Независимый Узбекистан, трансформация микрорайонов стала происходить соседство, ускоренными темпами.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: На новом этапе развития независимого Узбекистана Независимый Узбекистан, трансформация микрорайонов стала происходить соседство, ускоренными темпами. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Independent Uzbekistan, management processes, zamonaviy muammolar, трансформация соседства, neighborhood, современные проблемы, развитие, digitalization, Mustaqil O‘zbekiston, modern problems, raqamlashtirish, mahalla transformatsiyasi, соседство, development, mahalla, цифровизация, boshqaruv jarayonlari, Независимый Узбекистан, процессы управления, neighborhood transformation, taraqqiyot
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники