Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Значение инновационных технологий в обучении специальным предметам
Nasiba BAKHRIDDINOVA · January -/© in Science LLC. (Bukhara Institute of Engineering and Technology)
Общество и инновации · 5 · 287-290 · 2024
Аннотация
Ключевые слова: В статье рассмотрены аспекты применения инновационная инновационных технологий в обучении специальных технология, предметов. Особое внимание уделено анализу их модульная технология, эффективности в образовательном процессе. Подробно проблемная технология, дидактические игры. описаны методы внедрения инновационных технологий в учебную деятельность, а также их влияние на качество обучения и усвоение материала. 1 Associate Professor, Department of Industrial Ecology, Bukhara Institute of Engineering and Technology. Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Issue – 5 № 6 (2024) / ISSN 2181-1415 Uchinchi Renessans bizdan xalqaro hamjamiyatga ilm-fan, texnologiyalar, axborot, madaniyat va iqtisodiyot sohalarida yanada chuqurroq integratsiya bo‘lishini talab etadi. Аmmo o‘zligimizni, tilimizni, milliy xususiyatlarimizni, maʼnaviyatimizni saqlab qolishimiz shart. Bu esa taʼlim-tarbiya tizimiga jiddiy eʼtibor qaratishni bildiradi. Mustaqil O‘zbekiston siyosatining ustuvor vazifalaridan biri – mamlakat kelajagi bo‘lgan yoshlarni har tomonlama yetuk, bilimdon, jismonan baquvvat, maʼnaviy jihatdan barkamol qilib tarbiyalashga qaratilgan. Zamonaviy taʼlim muassasasidagi o‘quv jarayonining asosiy vazifasi – bu o‘qitish sifatini yangi pog‘onaga ko‘tarishdir. Oliy taʼlimning davlat taʼlim standarti o‘quv fanlari bloklari mazmuniga qo‘yiladigan umumiy talablarida taʼlim va tarbiya jarayonini mustaqil fikrlaydigan, qarorlar qabul qilishga qodir, har tomonlama rivojlangan barkamol shaxsni shakllantirishga yo‘naltirilganligini taʼminlash lozimligiga alohida ahamiyat berilgan. Аlbatta ushbu qo‘yilgan talablar oliy o‘quv yurtlarida taʼlim-tarbiya jarayonini yuqori darajaga ko‘tarish, o‘qitishni yangi metodlar asosida amalga oshirish, talabalarda mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, ularda mehnat ko‘nikmalarini shakllantirish, kasbga bo‘lgan qiziqishini takomillashtirish, talabalarning kasbiy madaniyatini shakllantirish va bilim darajasini oshirish kabi vazifalarning sifatli darajada bajarilishini taqozo etadi. Zamonaviy dars jarayonida har bir talabaga uning o‘ziga xos xususiyatlari va shaxsiy tajribasini hisobga olgan holda o‘quv jarayonida ishtirok etishi uchun sharoit va imkoniyat yaratilmoqda. Dars jarayonida zamonaviy texnogiyalarni joriy etish, jarayonning oraliq natijalarini kuzatish, tadqiqot qilinayotgan texnologiyalarni o‘rganish va tahlil qilish kabi vazifalar amalga oshirilmoqda. Yoshlarga taʼlim-tarbiya berishda taʼlimdagi o‘qitish metodlarining zamonaviy kompleksini, metodik va didaktik materiallarni yaratish hamda mavjud darslik va o‘quv qo‘llanmalarini o‘rganishga o‘zgacha yondashish talab qilinmoqda. Taʼlim jarayonida tajriba tadqiqotlarni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – taʼlim berishning sifatini yangi pog‘onaga ko‘tarishdir. Talabalarning fanlar bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi darsning sifati va samaradorligini belgilovchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Shuning uchun o‘qituvchi talabaga beriladigan taʼlimning sifatini oshirishda darsni to‘g‘ri rejalashtirishi, eng avvalo darsning maqsadini to‘g‘ri va aniq belgilab olishi zarur. Maqsadni belgilashda birinchidan, natijaga erishish uchun ketadigan vaqtni, ikkinchidan, talabaning imkoniyatlarini, uchinchidan, talabani shu maqsadga erishishga harakat qilishga undaydigan metodlarni, to‘rtinchidan, natijani aniqlaydigan nazorat turlarini belgilab olishi kerak bo‘ladi. Yuqorida qayd etilgan maqsadga erishishda asosiy talablardan biri – o‘qitish jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilishdir. Pedagogik texnologiya talabani mustaqil o‘qishga, bilim olishga, fikrlashga o‘rgatishni kafolatlaydigan jarayondir. Mutaxassislik fanlaridan “Hayot faoliyati xavfsizligi” fani darslarida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan ayrim metodlar xususida so‘z yuritamiz. 1. Modulli taʼlim texnologiyasi. Bu talabalarda darslik, ilmiy-ommabop va qo‘shimcha adabiyotlar bilan mustaqil ishlash ko‘nikmalari, ijodiy va mustaqil fikrlashni rivojlantirish maqsadida o‘tkaziladi. Modulli taʼlim texnologiyasining o‘ziga xos jihati o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha talabalarning mustaqil va ijodiy ishlashiga imkon beradigan modulli dastur tuzishdir. 288 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Issue – 5 № 6 (2024) / ISSN 2181-1415 2. Muammoli taʼlim texnologiyasi. Muammoli vaziyat yaratish, savollar qo‘yish, masalalar va topshiriqlarni taklif qilish, muammoli vaziyatni yechishga qaratilgan muhokamani uyushtirish va xulosalarniig to‘g‘riligini tasdiqlashdir. 3. Interfaol metod texnologiyasi, talabalarning ijodkorligiga tayanish, darsda erkin bahs-munozara sharoitini tug‘dirish. Buning uchun auditoriya kichik guruhlarga bo‘linadi. Bugungi kunda turli sohalar uchun malakali mutaxassislarni tayyorlashning eng muhim jihati – bo‘lajak mutaxassislarning ishlab chiqarish korxonalarida mehnat xavfsizligini ta’minlashga tayyorgarligini shakllantirish bo‘lib, bu sohada malaka oshirish uchun zamonaviy texnolo
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В статье рассмотрены аспекты применения инновационная инновационных технологий в обучении специальных технология, предметов.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В статье рассмотрены аспекты применения инновационная инновационных технологий в обучении специальных технология, предметов. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- This is an open access article under the Attribution 4.0 International, дидактические игры, проблемная технология, modulli texnologiya, muammoli texnologiya, innovatsion texnologiya, модульная технология, problem-based technology, инновационная технология, innovative technology, didactic games, modular technology, didaktik o‘yinlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Современная наука и исследованияNEW RENAISSANCE, HUJJATLARDA AKS ETISHI +22025