К содержанию
РецензированоUZ2025

ZAMONAVIY FAN VA TA’LIM: INNOVATSION YONDASHUVLAR VA AMALIY TAJRIBALAR

Tasheva Nafisa Zaynitdinovna · Jabborova Dilnavoz Otabek qizi

Современная наука и исследования · 1 · 15-21 · 2025

Аннотация

Bugungi kunda ta’lim va fan insoniyat taraqqiyotining eng muhim omillaridan biri hisoblanadi. Innovatsion texnologiyalar, raqamli ta’lim usullari va ilm-fandagi yutuqlar ta’lim jarayonini tubdan o‘zgartirmoqda. Hozirgi dunyoda faqat an’anaviy bilim bilan cheklanib bo‘lmaydi, balki zamonaviy yondashuvlarni ham o‘rganish va qo‘llash zarur. Kalit soʻzlar: Zamonaviy ta’lim, ilm-fan rivoji, innovatsion metodlar, ta’lim texnologiyalari, o‘qitish strategiyalari, pedagogik innovatsiyalar, raqamli ta’lim, fan va ta’lim integratsiyasi, amaliy ta’lim tajribasi, o‘quv jarayoni, til o‘qitish metodikasi, mustaqil ta’lim, o‘quvchilarning faolligi, yangi pedagogik yondashuvlar, interaktiv dars usullari. Zamonaviy fan rivoji va uning ta’limga ta’siri. So‘nggi yillarda sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar va fanlararo tadqiqotlar global ilm- fanning asosiy yo‘nalishlariga aylandi. Xususan, ta’lim sohasida onlayn o‘quv platformalarining rivojlanishi o‘qitish usullarini sezilarli darajada o‘zgartirdi. Endi talabalar istalgan joyda bilim olish imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda. Amaliyotim davomida men ham bu jarayonlarni kuzatdim. Buxoro tumanidagi 8-maktabda ingliz tili bo‘yicha amaliyot o‘tayotganimda, zamonaviy texnologiyalar o‘quv jarayonini qanday yengillashtirishini yaqqol his qildim. Masalan, dars jarayonida interaktiv taqdimotlar, audio va video materiallar yordamida talabalarni yanada faol ishtirok etishga undash mumkin. Yana masʼuliyati cheklangan bolalar uchun masofadan oʻqish uchun shart sharoitlar ham bor edi men bundan judayam xursand boʻldim. Ta’lim tizimidagi zamonaviy tendensiyalar Hozirgi kunda ta’lim jarayonida innovatsion yondashuvlar katta ahamiyat kasb etmoqda. Masalan: Raqamli ta’lim – onlayn darsliklar va platformalar yordamida mustaqil o‘rganish imkoniyati ortmoqda. 324 Fevral, 2025-Yil Differensial yondashuv – har bir o‘quvchining qobiliyatiga mos keluvchi metodlarni qo‘llash orqali ta’lim sifati yaxshilanmoqda. Kommunikativ o‘qitish – ayniqsa, til o‘rganishda, so‘zlashuv va interaktiv mashg‘ulotlarga urg‘u berish samarali bo‘lib, amaliyot davomida ham bu usullarni qo‘llashga harakat qildim. Amaliyot davomida men o‘quvchilarga grammatikani tushuntirishda nafaqat an’anaviy dars uslubidan, balki o‘yinlar, rolli o‘yinlar va zamonaviy metodlardan ham foydalandim. Natijada o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishi oshib, til o‘rganish jarayoni yanada samarali kechdi. Ilm-fan va ta’limning jamiyatdagi o‘rni Har qanday jamiyat rivoji bevosita ilm-fan va ta’lim bilan bog‘liq. Zamonaviy ilmiy tadqiqotlar yordamida yangi texnologiyalar ishlab chiqilib, ta’lim jarayoni takomillashtirilmoqda. Ayniqsa, pedagogik innovatsiyalar yosh avlodning har tomonlama rivojlanishiga xizmat qiladi. O‘z tajribamdan kelib chiqib aytishim mumkinki, ta’limda yangicha yondashuvlar o‘quvchilarning mustaqil fikrlash va ijodiy yondashuvlarini rivojlantiradi. Buxoro tumanidagi amaliyotim davomida ko‘plab o‘qituvchilar bilan suhbatlashdim va ularning ilg‘or tajribalarini kuzatdim. Kelajakda o‘zim ham shu sohada innovatsion metodlarni o‘rganib, yosh avlodga yanada samarali ta’lim berishni maqsad qilganman. Xulosa Zamonaviy fan va ta’lim integratsiyasi kelajak avlodni raqobatbardosh va zamonaviy kasb- hunarlarga tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ta’lim tizimini doimiy ravishda rivojlantirish, yangi texnologiyalar va ilg‘or pedagogik metodlarni qo‘llash zarur. Amaliyotim davomida olgan tajribalarim menga kelajakda ingliz tili o‘qituvchisi sifatida qanday yondashuvlardan foydalanishim kerakligini anglashga yordam berdi. Innovatsion ta’lim kelajakni shakllantiradi – biz esa bu jarayonning ajralmas qismi bo‘lishimiz lozim.

Доказательный фрагмент

«Bugungi kunda ta’lim va fan insoniyat taraqqiyotining eng muhim omillaridan biri hisoblanadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Bugungi kunda ta’lim va fan insoniyat taraqqiyotining eng muhim omillaridan biri hisoblanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
interaktiv dars usullari., o‘qitish strategiyalari, fan va ta’lim integratsiyasi, o‘quv jarayoni, yangi pedagogik yondashuvlar, amaliy ta’lim tajribasi, o‘quvchilarning faolligi, til o‘qitish metodikasi, innovatsion metodlar, pedagogik innovatsiyalar, ilm-fan rivoji, mustaqil ta’lim, Zamonaviy ta’lim, raqamli ta’lim, ta’lim texnologiyalari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники