Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOLALARNI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI SHAROITIGA MOSLASHISHINI TA’MINLASH YO‘LLARI
MOSLASHISHINI TA’MINLASH YO‘LLARI · Ro’ziqulova Shaxinabonu Umidjonovna
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
The article analyzes the adaptation of children to a preschool educational organization and the psychological and pedagogical difficulties that arise in this process. The importance of cooperation between parents and educators, play therapy and innovative pedagogical approaches to facilitate the adaptation process is shown. Also, the necessary recommendations are provided for the development of the preschool education system in Uzbekistan and the successful adaptation of children to the social environment. Keywords: preschool education, children, adaptation, psychological factors, pedagogy, parents, play therapy, innovative approaches, social adaptation. ПУТИ ОБЕСПЕЧЕНИЯ АДАПТАЦИИ ДЕТЕЙ К УСЛОВИЯМ ДОШКОЛЬНОЙ ОБРАЗОВАТЕЛЬНОЙ ОРГАНИЗАЦИИ Аннотация. В статье анализируется адаптация детей к дошкольной образовательной организации и психолого-педагогические трудности, возникающие в этом процессе. Подчеркивается важность сотрудничества родителей и педагогов, игровой терапии и инновационных педагогических подходов для облегчения процесса адаптации. Также даны необходимые рекомендации по развитию системы дошкольного образования в Узбекистане и успешной адаптации детей к социальной среде. 6 50 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Ключевые слова: дошкольное образование, дети, адаптация, психологические факторы, педагогика, родители, игровая терапия, инновационные подходы, социальная адаптация. Bolalarning maktabgacha ta’lim tashkilotiga (bolalar bog‘chasiga) moslashuvi ularning keyingi ta’lim jarayonlariga muvaffaqiyatli qo‘shilishi uchun muhim ahamiyatga ega. Maktabgacha yoshdagi bolalar ilk bor oilaviy muhitdan tashqariga, yangi sotsial muhitga kirib borar ekan, ular psixologik va jismoniy jihatdan o‘zgarishlarga duch keladilar. Agar moslashuv jarayoni samarali kechsa, bola bog‘chada o‘zini xotirjam his etadi, tengdoshlar bilan ijtimoiylashadi va ta’lim dasturlarini yaxshi o‘zlashtiradi. Shu sababli bolani maktabgacha ta’lim muassasasi sharoitiga moslashtirish masalasi ilmiy-pedagogik va davlat siyosati darajasida dolzarb sanaladi. Oʻzbekistonda maktabgacha ta’lim tizimi so‘nggi yillarda jadal rivojlanmoqda. 2017-yilda maxsus Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etilib, bog‘chalarga qamrovni oshirish va ta’lim sifatini yaxshilash bo‘yicha davlat siyosati kuchaytirildi. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev maktabgacha ta’limni rivojlantirishni ustuvor yo‘nalish sifatida belgilab, yangi O‘zbekiston taraqqiyoti aynan maktabgacha ta’limdan boshlanishini ta’kidlamoqda. 2017–2021-yillarga mo‘ljallangan maxsus dastur orqali yuzlab yangi bog‘chalar qurildi va mavjudlari ta’mirlandi, shuningdek, 5-6 yoshli bolalar uchun 6100 ta qisqa muddatli tayyorlov guruhlari tashkil etilishi rejalashtirildi. Bog‘cha yoshidagi bola uchun uy muhitidan ajralib, notanish tarbiyachilar va ko‘plab yangi tengdoshlar orasiga tushishi sezilarli ruhiy stressni keltirib chiqaradi. Ayniqsa 1–3 yosh bolalar onadan ajralishga juda ta’sirchan bo‘lib, yangi muhit va odamlar ularda qo‘rquv hissini uyg‘otishi tabiiy. Moslashuv davrida bolalarda ajralish xavotiri (separation anxiety) kuzatiladi: bola ota-onasidan ayrilgan paytda tashvishlanadi, yig‘laydi, qayta-qayta uyga ketishni so‘raydi. Shuningdek, emosional buzilishlar ro‘y beradi – bolaning kayfiyati tez o‘zgaruvchan, injiqlik, agressiya yoki aksincha passesivlik ko‘rinishlari paydo bo‘lishi mumkin. Moslashuv davomiyligi har bir bolada turlicha bo‘ladi. Pedagogik adabiyotlarda shartli ravishda moslashuvning uch turi ko‘rsatiladi: oson moslashish – taxminan 10–15 kun ichida bola yangi muhitga ko‘nikadi; o‘rtacha moslashish – 1 oy atrofida; qiyin (uzoq) moslashish – 2 oydan 6 oyfgacha yoki undan uzun davom etadi. Bolalarning bog‘chaga moslashuvi ko‘plab omillarga bog‘liq. Psixolog olimlar tadqiqotlariga ko‘ra, bola temperamenti (fe’l-atvori turi), oiladagi tarbiya uslubi, yoshiga nisbatan 6 51 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ rivojlanish darajasi va sog‘lik holati kabi omillar moslashuv tezligiga ta’sir qiladi. Masalan, uyda juda erka o‘stirilgan yoki faqat kattalar orasida yolg‘iz ulg‘ayayotgan bola yangi muhitda boshqalarga moslashishda ko‘proq qiyinchilik sezishi mumkin. Bola qancha kommunikativ va o‘z-o‘ziga xizmat qila oladigan darajada bo‘lsa (masalan, qoshiq ushlab ovqatlanishi, hojatga o‘zi chiqa olishi, mustaqil kiyinib-yechina olishi), bog‘cha muhitida shunchalik tez moslashadi. Bolalarning bog‘chaga moslashuvini yengillashtirish uchun pedagogik va psixologik amaliyotda qo‘llaniladigan qator usullar mavjud. Ulardan eng muhimi – ota-ona va pedagog hamkorligidir. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bog‘cha davriga o‘tishda bola uchun eng og‘riqli lahza bu ota-onadan ajralish paytidir. Shu bois, tarbiyachilar va psixologlar ota-onalarga moslashuv davrida to‘g‘ri muomala qilish bo‘yicha maxsus tavsiyalarni ishlab
Доказательный фрагмент
«The article analyzes the adaptation of children to a preschool educational organization and the psychological and pedagogical difficulties that arise in this process.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article analyzes the adaptation of children to a preschool educational organization and the psychological and pedagogical difficulties that arise in this process. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- preschool education, children, adaptation, psychological factors, pedagogy, o‘yin terapiyasi, ijtimoiy moslashuv., moslashuv, maktabgacha ta'lim, psixologik omillar, ota-ona, innovatsion yondashuvlar, pedagogika, bolalar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026