К содержанию
РецензированоRU2024

Метод кейс-стади в развитии личностных качеств будущих педагогов через художественно-исторические произведения

Mavluda KADIROVA

Общество и инновации · 5 · 282-285 · 2024

Аннотация

Ключевые слова: В данной статье рассматривается роль и значение будущий учитель, историко-художественных произведений в формировании личностные качества, личностных качеств будущих учителей. Также историко-художественные анализируется эффективность использования метода кейс- произведения, метод кейс-стади. стади в этом процессе. На основе научных и практических примеров рассматривается положительное влияние метода кейс-стади на образовательный процесс. Shaxsiy faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlari, barcha ma’naviy va jismoniy kuchlarning eng yuqori sa’y-harakatlari, Vatan uchun fidoyilik imkoniyati bilan uyg‘unlashib, armiya uchun ma’naviy omilning ahamiyatini belgilaydi, uni shaxsiy qismning muhim tarkibiy qismiga aylantiradi. Tarixiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, armiyaning ma’naviy-axloqiy tarbiya tizimi ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan g‘oyalar, e’tiqodlar, qadriyatlardan tashqarida mavjud bo‘lishi mumkin emas, ular davlat institutlari tomonidan ham, armiyaning o‘zi tomonidan ham har tomonlama himoya qilinishi va rivojlanishi kerak. Bo‘lajak pedagoglarda shaxsiy sifatlarini rivojlantirishda ma’naviy-axloqiy mazmunini oshirish, talabalarda mustaqillik g‘oyalari, yuksak ma’naviyat va insoniylikning milliy an’analarga sodiqlik ruhini chuqur singdirish, ularda yot g‘oya va mafkuralarga nisbatan immunitet va tanqidiy tafakkurni mustahkamlash bo‘yicha keng ko‘lamli ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni olib borish, Bo‘lajak pedagoglarda shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga ma’naviy-ma’rifiy ishlarni izchil tashkil etish, ularning amaliy qiymatga ega bo‘lishini ta’minlash jarayonida innovatsion yondashuvlar asosida interfaol metodlar bilan munosabatlarga kirishishni ta’minlab beradi. Ibora shaklida talqin etiladigan interfaol yondashuv mazmuniga ko‘ra “interfaol” hamda “yondashish” atamalaridan tarkib topgan. “Interfaol” tushunchasi ingliz tili (ingl. “interact”, rus. “interaktiv”; “inter” – o‘zaro, “act” – harakat qilmoq)dan tarjima qilganda lug‘aviy jihatdan o‘zaro (birgalikda) harakat qilmoq ma’nosini anglatadi [1; 41-b.]. “Yondashuv” tushunchasi “yondashmoq” harakat nomini ifodalovchi fe’l negizida shakllangan bo‘lib, “muayyan bir ishga ma’lum bir nuqtai nazardan qaramoq” [1; 38-b.] ma’nosini ifodalaydi. Tadqiqotning mohiyatiga ko‘ra, tarixiy-badiiy asarlar vositasida talabalarda shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga interfaol yondashuv tegishli jarayonni interfaol ta’lim texnologiyalari, ularning ustuvor tamoyillari, ushbu texnologiyalarning tarkibiy asosi bo‘lgan interfaol metodlar yordamida tashkil etilishini anglatadi. Tarixiy-badiiy asarlar vositasida bo‘lajak pedagoglarda shaxsiy sifatlarini samarali rivojlantirish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy tadbirning mavzusi, xarakterli xususiyati, o‘rganilayotgan muammoning ijobiy echimini kafolatlashda ahamiyatli ekanini inobatga olgan holda “Keys-stadi” interfaol metodidan foydalandik. Keys-stadi metodi ingliz tilidan tarjima qilinganda “case” – “hodisa”, “vaziyat” ma’nolarini anglatadi. Keys-stadi pedagogik jarayonda o‘qitish va tarbiya xarakteridagi “real vazifa, vaziyatlarni hal qilish” [3] orqali samaradorlikka erishishni ta’minlovchi 283 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Issue – 5 № 5 (2024) / ISSN 2181-1415 muammoli-vaziyatli tahlil metodidir. Ushbu metodni ta’lim va tarbiya jarayonlarida qo‘llash orqali quyidagi malaka va amaliy ish tajribasining takomillashuvchiga erishiladi: “muammolarni aniqlash, tanlash va hal qilish; axborotlar bilan ishlash – bayon qilingan vaziyatlarda yoritilgan tafsilotlarning mohiyatini anglash; axborotlar va dalillarni tahlillash va sintezlash; taxmin hamda xulosalarni ilgari surish; muqobil g‘oyalarni baholash; qarorlar qabul qilish; boshqalarni tinglash va ularning fikrlarini tushunish” [3]. Pedagogik jarayonda o‘quv va tarbiyaviy xarakterga ega keyslardan foydalanish talabalarda tahliliy, amaliy, ijodiy, kommunikativ, ijtimoiy, o‘z-o‘zini tahlil qilish kabi malaka va ko‘nikmalarni rivojlantiradi. M. Usmonboevaning e’tirofiga ko‘ra, o‘rganilayotgan muammo, masalalarning xarakteri, yo‘nalishi, murakkablik darajasiga ko‘ra o‘quv keyslari ko‘p yoki kam sonli elementlardan iborat tarkibiy tuzilmaga ega bo‘ladi [4; 10–17-b.]. Mualifning fikricha, bunda keys-stadining texnologiya yoki metod sifatida qo‘llanilayotgani inobatga olinadi (1-jadvalga qarang): 1-jadval Keys-stadi (case-study)ning tarkibiy tuzilmasi Texnologiya sifatida qo‘llanilganda Metod sifatida qo‘llanilganda 1. Keys bayoni. 1. Keys bayoni. 2. Keys topshirig‘i (topshiriqlari) yoki savoli 2. Keys topshirig‘i (topshiriqlari) yoki (savollari). savoli (savollari). 3. Foydalanish uchun tavsiya qilingan adabiyotlar. 3. Tavsiya qilingan adabiyotlar. 4. Metodik ko‘rsatmalar. 4. Pedagogning echimi 5. Keysni echish jarayoni. 6. Keys echimini taqdimot asosida tahlil qilish. 7. Pedagog (keysolog)ning echimi Tadqiqotni olib borish davrida tajriba maydonlari bo‘lgan bo‘lajak pedagoglarda shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga “Makon tuyg‘usi mening qalbi

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В данной статье рассматривается роль и значение будущий учитель, историко-художественных произведений в формировании личностные качества, личностных качеств будущих учителей.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В данной статье рассматривается роль и значение будущий учитель, историко-художественных произведений в формировании личностные качества, личностных качеств будущих учителей. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
DOI: https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5- iss5-pp282-285, bo‘lajak pedagog, личностные качества, историко-художественные произведения, shaxsiy sifatlar, метод кейс-стади, будущий учитель, artistic and historical works, case study method, personal qualities, future teacher, badiiy-tarixiy asarlar, keys-stadi metodi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники