К содержанию
РецензированоRU2024

Некоторые соображения о предмете преступления, связанного с незаконным оборотом сильнодействующих или ядовитых веществ

Mirsaid KHAYDAROV

Общество и инновации · 5 · 401-407 · 2024

Аннотация

Ключевые слова: Данная статья посвящена предметам преступления, сильнодействующее связанного с незаконным оборотом сильнодействующих вещество, или ядовитых веществ, что в настоящее время считается ядовитое вещество, одним из актуальных вопросов уголовного права. преступление, предмет преступления, оборудование, перечень сильнодействующих веществ, перечень ядовитых веществ, зарубежный опыт. Jinoyat predmetini to‘g‘ri aniqlash jinoyatni tasniflashda, uni boshqa o‘xshash jinoyat tarkibi belgilaridan ajratish, jazoni og‘irlashtiruvchi holatlar mavjudligini aniqlash va kvalifikatsiya qilishda muhim ahamiyatga ega [1,142]. Kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish (JK 2511-modda 3-6-qismlari) jinoyatining predmeti quyidagilar hisoblanadi: – kuchli ta’sir qiluvchi moddalar; – zaharli moddalar; – kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni tayyorlash yoxud qayta ishlashda foydalaniladigan asbob-uskunalar. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar muomalasini tartibga solish to‘g‘risida”gi 818-son qarori[2]ning 1-ilovasi bilan kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxati tasdiqlangan. Mazkur ro‘yxatga 79 turdagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalar kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi 80-son qarori[3]ning 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizom”ning 30-ilovasida “Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalash pasporti” nazarda tutilgan. Mazkur pasportning 12-bandida berilgan izohda portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish faoliyati uchun litsenziyalash faoliyati tatbiq etiladigan 11 turdagi zaharli moddalar keltirib o‘tilgan. Bu boradagi xorijiy tajribani o‘rganish natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, qator davlatlarda zaharli moddalarning ro‘yxatlari alohida normativ-huquqiy hujjatlar bilan tasdiqlangan. Xususan, Rossiya Federatsiyasi Hukumatining 2007-yil 29-dekabrdagi 402 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 10 (2024) / ISSN 2181-1415 “Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 234-moddasi va boshqa moddalari uchun kuchli ta’sir qiluvchi va zaharli moddalar ro‘yxatini, shuningdek Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 234-moddasi uchun kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning ko‘p miqdorini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 964-son qarori[4], Belarus Respublikasi Vazirlar Kengashining 2019-yil 15-avgustdagi “Kuchli ta’sir qiluvchi va zaharli moddalar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 537-son qarori [5], Tojikiston Respublikasi Hukumatining 2022-yil 26 avgustdagi “Tojikiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari uchun kuchli ta’sir qiluvchi va zaharli moddalar ro‘yxati, shuningdek kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning ko‘p miqdori to‘g‘risida”gi 421-son qarori [6], Qirg‘iziston Respublikasi Hukumatining 2019-yil 29-oktyabrdagi “Qirg‘iziston Respublikasida kuchli ta’sir qiluvchi zaharli moddalar bilan muomalada bo‘lishda xavfsizlik qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 576-son qarori [7], Ozarbayjon Respublikasining 2016-yil 18-martdagi “Kuchli ta’sir etuvchi moddalar va ularning ko‘p miqdori, shuningdek zaharli moddalar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 180–VQ-son Qonuni[8]da zaharli moddalarning ro‘yxatlari keltirib o‘tilgan. Mazkur masalada mutaxassislar bilan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, respondentlarning 83 foizi zaharli moddalar ro‘yxatini alohida normativ-huquqiy hujjat bilan tasdiqlash lozimligini ta’kidlashgan. Ta’kidlash o‘rinliki, tahlil qilinayotgan jinoyatning jinoyat-huquqiy tavsifini o‘rganishda jinoyat predmeti hisoblangan kuchli ta’sir qiluvchi va zaharli moddalar tushunchasiga aniqlik kiritish muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimiz qonunchiligida kuchli ta’sir qiluvchi va zaharli moddalarga ta’rif berilmagan bo‘lsa-da, olimlar tomonidan bu turdagi moddalar turlicha ta’riflangan. Xususan, professor M.H. Rustambaevning fikricha, kuchli ta’sir qiluvchi moddalar – ko‘proq dozada qabul qilinganida odamlar hayoti va sog‘lig‘iga xavfli ta’sir ko‘rsatadigan, iste’mol qilinganida salbiy oqibatlar keltirib chiqarishi ehtimoli bor moddalar hisoblansa, zaharli moddalar deganda, odam organizmiga toksikologik (zaharlovchi) ta’sir ko‘rsatadigan moddalar tushuniladi. Tibbiy nuqtai nazardan, zaharli moddalarning hatto kichkina dozalarda iste’mol qilinishi odam o‘limiga yoki uning sog‘lig‘iga og‘ir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab b

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: Данная статья посвящена предметам преступления, сильнодействующее связанного с незаконным оборотом сильнодействующих вещество, или ядовитых веществ, что в настоящее время считается ядовитое вещество, о…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: Данная статья посвящена предметам преступления, сильнодействующее связанного с незаконным оборотом сильнодействующих вещество, или ядовитых веществ, что в настоящее время считается ядовитое вещество, о… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
potent substance, jinoyat, foreign experience, сильнодействующее вещество, list of toxic substances, kuchli ta’sir qiluvchi modda, зарубежный опыт, предмет преступления, asbob-uskunalar, xorijiy tajriba, toxic substance, ядовитое вещество, crime, kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxati, zaharli modda, equipment, оборудование, перечень сильнодействующих веществ, subject of crime, list of potent substances, jinoyat predmeti, преступление, zaharli moddalar ro‘yxati, перечень ядовитых веществ
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники