Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Перспективы совершенствования системы профессиональной подготовки и повышения квалификации адвокатов
Malika TUYCHIEVA
Общество и инновации · 5 · 212-216 · 2024
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье рассматриваются научные и юридическая профессия, теоретические вопросы, связанные с профессиональной адвокат, подготовкой и повышением квалификации адвокатов. профессиональная Автор анализирует национальное и зарубежное подготовка, повышение законодательство в этой области и инициирует научную квалификации, дискуссию. Особое внимание уделено обязательствам по Центр повышения повышению квалификации, мерам, предпринимаемым в квалификации юристов, Республике Узбекистан для её улучшения, а также Адвокатская палата. вопросам реструктуризации системы на основе иностранных стандартов и существующим проблемам. В завершение представлены научно-теоретические выводы и рекомендации. So‘nggi yillarda mamlakatimizda sud-huquq islohotlarining muhim tarkibiy qismi sifatida jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlashning samarali institutlaridan biri bo‘lgan advokaturaning roli va ahamiyatini kuchaytirish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirildi. Shu bilan birga, tahlillar ko‘rsatganidek, advokatura hanuzgacha odamlar ishonchini qozongan huquqni himoya qiluvchi institutga aylana olmadi, advokatlarning huquqlarini to‘liq ro‘yobga chiqarishga to‘sqinlik qilayotgan va ular tomonidan sifatli yuridik yordam ko‘rsatilishiga xalal berayotgan qator omillar mavjud. Shu bois, advokatura tizimini tubdan takomillashtirish, professional yuridik yordam sifatini va advokat kasbining nufuzini oshirish, shuningdek, sud ishini yuritishda tenglik va tortishuv prinsiplarini to‘liq ro‘yobga chiqarish maqsadida, ularning kasbiy faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qitish va malakasini oshirish dolzarb ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil, 11-sentyabrdagi PF–158-sonli “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonining qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish borasida advokatura institutining salohiyatini tubdan oshirish, shuningdek, malakali huquqiy yordam ko‘rsatish tizimini rivojlantirish maqsadida advokatlar malakasini oshirishning zamonaviy va xalqaro standartlarga mos keluvchi hamda muqobillik tamoyiliga asoslangan tizimini joriy etish vazifasi belgilangan bo‘lib [1], bugungi kunda mazkur masalada bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Y. Shigurovaning fikricha, malaka oshirishning samarali va maqbul tizimini yaratmasdan turib advokatlar tomonidan ko‘rsatilayotgan yuridik yordam sifatining yuqori darajasiga erishish mumkin emas. Malaka oshirish mutaxassislarning malaka darajasiga talablarning oshishi va kasbiy muammolarni hal qilishning zamonaviy usullarini o‘zlashtirish zarurati bilan bog‘liq bo‘lgan bilimlarini yangilashga qaratilgan. Shu bilan birga, advokat yangi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashdan shaxsan manfaatdor hamda malaka oshirish shakllarini tanlashda erkin bo‘lgandagina ularning malakasini oshirish samarali bo‘ladi [2]. 213 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 10 (2024) / ISSN 2181-1415 O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 367-moddasida xodimlarni kasbga tayyorlash va ularning malakasini oshirish tushunchalariga ta’rif berilgan bo‘lib, unga ko‘ra, xodimlarni kasbga tayyorlash deganda xodimlarda nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirishga, shuningdek muayyan sohada kasbiy faoliyatni amalga oshirishga va (yoki) muayyan kasb yoki mutaxassislik bo‘yicha ishlarni bajarishga imkon beruvchi ko‘nikma hamda malakalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘qitish tushuniladi. Xodimlarni kasbga tayyorlash ish beruvchining yo‘llanmasi bo‘yicha ixtiyoriy ravishda ta’lim tashkilotlarida amalga oshiriladi. Malaka oshirish deganda xodimning undagi mavjud kasb va mutaxassislik bo‘yicha ishlarni bajarishga tayyorligini tavsiflovchi, xodimning kasbiy bilimlari, malakalari va ko‘nikmalari darajasini takomillashtirish tushuniladi [3]. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-sentyabrdagi 544-son qaroriga 1-ilovaga asosan, “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazida qayta tayyorlash va malaka oshirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq, yuristlar malakasini oshirish jarayonlari markaz va uning filiallarida o‘qitish, mutaxassislik bo‘yicha xodimning ish joyida o‘qitish, kredit-modul tizimi asosida o‘qitish va masofaviy ta’lim shakllarida amalga oshirib kelinmoqda. Markazda va uning filiallarida o‘qitish 1+3, 2+2 yoki 3+1 sxemalari bo‘yicha (tegishli ravishda 25, 50 yoki 75 % – mustaqil ravishda bilim orttirish, 75, 50 yoki 25 % – bevosita Markaz yoki uning filiallarida) masofaviy ta’lim yoki manfaatdor tashkilotlar bazasida yakka tartibdagi topshiriqlarni bajarish shaklida tashkil etilishi mumkin.[4] Yuristlar malakasini oshirish markazida tashkil etilgan “Advokatlarning malakasini oshirish” o‘quv kursining o‘quv dasturiga ko‘ra, mazkur o‘quv kursni o‘rganish uchun 72 soat ajratilgan. Auditoriya mashg‘ulotlari: ma’ruza – 22, seminar – 24, amaliy mashg‘ulot – 20 va y
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье рассматриваются научные и юридическая профессия, теоретические вопросы, связанные с профессиональной адвокат, подготовкой и повышением квалификации адвокатов.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье рассматриваются научные и юридическая профессия, теоретические вопросы, связанные с профессиональной адвокат, подготовкой и повышением квалификации адвокатов. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- advocacy, The author presents scientific-theoretical conclusions and, professional training, адвокат, юридическая профессия, Центр повышения квалификации юристов, advokat, malaka oshirish, Адвокатская палата, Bar Association, lawyer, профессиональная подготовка, kasbiy tayyorgarlik, повышение квалификации, Advokatlar palatasi, Lawyers’ Qualification Improvement Center, advokatura, professional development, Yuristlar malakasini oshirish markazi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025