Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Личная дисциплина и ее формы
Makhliyо NOMURATOVA
Общество и инновации · 5 · 207-211 · 2024
Аннотация
Калит сўзлар: Ushbu maqolada muallif tomonidan harbiy intizom va uning intizom, yuqori koʻrinishi boʻlgan shaxsiy intizomlilik, uning shakllari harbiy intizom, haqida mulohazalar yoritib berilgan. intizomlilik, shaxsiy intizomlilik va uning shakllari, umumharbiy nizomlar, harbiy xizmatchi, buyruq, tashabbus, oʻzini tuta bilish. 1 PhD, Associate Professor, Department of National Pride and Military Patriotism, Academy of the Armed Forces of the Republic of Uzbekistan. Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 10 (2024) / ISSN 2181-1415 Личная дисциплина и ее формы АННОТАЦИЯ Ключевые слова: В данной статье выделены авторские комментарии о дисциплина, воинской дисциплине и её высшей форме – личной воинская дисциплина, дисциплине. личная дисциплина и ее формы, общевоинские уставы, военнослужащий, командование, инициатива, самоконтроль. Zamonaviy urushlar tabiati shaxsiy tarkibdan ko‘psonli jangovar texnika va qurollar bilan aniq harakat qilishni talab etmoqda. Bundan ham muhimrog‘i, jangovar texnika, ularning murakkab mexanizmlaridan ko‘ra, inson o‘z-o‘zini, o‘z xatti-harakatlari va tuyg‘ularini boshqarishni bilishi kerak. Harbiy intizom va uning yuqori ko‘rinishi – shaxsiy intizomlilik – qo‘shinlar axloqiy qudratining muhim ko‘rsatkichlaridan biri sanaladi. Abdulla Avloniyning fikricha, “tartib va nizomga rioya qilmagan kishilarning ishlari hamma vaqt notamom, o‘zlari parishon bo‘lurlar. Ammo ishlarini tartib uzra yuritgan kishilarning ishlari yerida, o‘zlari tinch va rohatda umr o‘tkarurlar”[1, 53 b.]. Intizom – jamiyatda o‘rnatilgan ijtimoiy me’yorlarga javob beruvchi kishilar xulq-atvoriga qo‘yilgan muayyan talablarni aks ettirsa, harbiy intizom esa harbiy xizmatchilarning belgilangan qonunlar, nizomlar, buyruqlarga amal qilish qoidalarini o‘z ichiga oladi. Intizom nizomining 1-moddasida: “Harbiy intizom – bu barcha harbiy xizmatchilarning qonun, harbiy Nizomlar tomonidan, komandirlar (boshliqlar) buyruqlari bilan belgilangan tartib va qoidalarga qat’iy va aniq rioya etilishidir”, deb qayd etilgan bo‘lsa, 2-moddasida: “Harbiy intizom har bir harbiy xizmatchining O‘zbekiston Respublikasini himoya qilishga bo‘lgan harbiy burch va shaxsiy mas’uliyat, o‘z xalqiga mislsiz sadoqatini his qilishiga asoslanadi”[2, 208 b.], deyiladi. Harbiy intizom armiyada o‘rnatilgan barcha kundalik odatiy qoidalarga istisnosiz rioya qilishni talab etadi. Qoidalarni odatiy bajarish intizomlilikni mustahkam va barqaror sifatga aylantiradi. Intizomlilik – shaxsning intizom talablariga ongli bo‘ysunishi va o‘zini tuta bilishi – shaxsiy intizomlilikni ifodalovchi axloqiy xislatidir. Agar harbiy xizmatchi dunyoqarashi, g‘oyaviy ishonchi kuchli iroda, olijanob tuyg‘ulardan tashkil topgan bo‘lsa, unga bajaruvchanlik, tashabbuskorlik, aniqlik, batartiblik kabilarda ifodalangan yuksak intizomlilik xosdir. Komandirning shaxsiy intizomliligi uning vijdoni va harbiy burchining uzviy bog‘liqligi hamda o‘zaro uyg‘unligini ifodalaydi. U shaxs istaklarini tashqi talablarga mos kelishini, insonning o‘z majburiyatlariga bo‘lgan munosabatining rivojlanish darajasini tavsiflaydi. Inson kuchli bo‘lgani sababli ham, ko‘pincha, o‘zining zaif tomonlarini yengib chiqishga qodir bo‘ladi. Zotan, murakkab vaziyatlarda shaxsiy intizomlilik hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Shaxsiy intizomlilik shakllari: 1) o‘z-o‘zini axloqiy nazorat qilish – o‘z xulq-atvori, xohish-istaklari, orzu-umidlarini mustaqil tarzda yo‘naltirish va boshqarish qobiliyati. O‘z-o‘zini nazorat qilish, o‘z-o‘zini tahlil qilish darajasi ofitserning ongliligi, o‘ziga nisbatan talabchanligi, o‘z-o‘ziga tanqidiy 208 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 10 (2024) / ISSN 2181-1415 qarashiga bog‘liq bo‘lib, bu uning professional sifatlaridan birini tashkil etadi. 2) o‘z-o‘zini axloqiy baholash – bu o‘z xatti-harakati va xislatlarini axloqiy baholashi. Ofitser mazkur baho asosida o‘zining xulq-atvori jamiyatda qabul qilingan me’yor va talablarga mos kelishi yoki mos kelmasligini aniqlaydi. Agar harbiy xizmatchi axloq kodeksi va umumharbiy Nizom mezonlariga tayansa, uning bahosi jamoa, jamiyat bahosiga yaqinlashadi, unga mos keladi, negaki bu hujjatlarda butun jamiyat talablari aks etadi. O‘z-o‘ziga qo‘yilgan bahoning pasaytirib yuborilishi o‘z kuchiga ishonmaslikka, dushman imkoniyatlariga ortiqcha baho berishiga, jangovar harakatlarni tashkillashtirishda bo‘ysunuvchilarni jang maydonida boshqarishda qat’iyatsizlik va qo‘rqoqlikka, ishning formal tomonlariga e’tiborni oshirishlariga olib keladi. O‘ziga qo‘yilgan bahoning oshirib yuborilishi, aksincha, manmanlikka, o‘ziga ortiqcha ishonib ketishiga, dushmanga yetarlicha baho bermaslikka va o‘zboshimchalik bilan tavakkal qaror qabul qilishiga olib keladi. Faqat o‘z imkoniyatlarini chamalab ko‘rish, kuchli va kuchsiz tomonlarini, afzallik va kamchiliklarini asosli hisobga olish, dogmatizm va volyuntarizmga chap berib, komandirga turli xil mashaqqatli vazifalarni
Доказательный фрагмент
«Калит сўзлар: Ushbu maqolada muallif tomonidan harbiy intizom va uning intizom, yuqori koʻrinishi boʻlgan shaxsiy intizomlilik, uning shakllari harbiy intizom, haqida mulohazalar yoritib berilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюКалит сўзлар: Ushbu maqolada muallif tomonidan harbiy intizom va uning intizom, yuqori koʻrinishi boʻlgan shaxsiy intizomlilik, uning shakllari harbiy intizom, haqida mulohazalar yoritib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- discipline, military personnel, shaxsiy intizomlilik va uning shakllari, harbiy xizmatchi, personal discipline and its forms, воинская дисциплина, command, intizomlilik, general military regulations, initiative, umumharbiy nizomlar, intizom, orderliness, military discipline, военнослужащий, дисциплина, tashabbus, общевоинские уставы, самоконтроль, oʻzini tuta bilish, командование, личная дисциплина и ее формы, harbiy intizom, инициатива, self-control, buyruq
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025