К содержанию
РецензированоRU2024

Торговое и научно-техническое сотрудничество между Узбекистаном и Индией

Ranо ASADOVA · Independent Uzbekistan (University Economist and Pedagogue)

Общество и инновации · 5 · 227-231 · 2024

Аннотация

Ключевые слова: В статье на основе научных источников анализируются Независимый Узбекистан, возникновение и развитие сотрудничества между Индией и Индия, Узбекистаном, а также рассматриваются проблемные международное аспекты этого процесса. сотрудничество, международный договор, совместное соглашение. Jahondagi davlatlar bilan ikki tomonlama hamkorlikni o‘rnatish va rivojlantirish O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining tarkibiy qismidir. Bu esa nafaqat teng huquqli asosda davlatlararo munosabatlarni o‘rnatishga, ayni paytda xalqlar o‘rtasida do‘stlik, hamkorlik va o‘zaro bir-birlarini tushunishni mustahkamlashga xizmat qiladi. Qadim tarixiy ildizlarga ega bo‘lgan O‘zbekiston-Hindiston aloqalari bugungi kunda zamonaviy xalqaro hamkorlik talablariga mos keladigan mutlaqo yangi mazmun kasb etdi. Darvoqe, O‘zbekiston kattaligi bo‘yicha Osiyodagi ikkinchi davlat hisoblangan, jahonda o‘z mavqeiga ega bo‘lgan Hindiston bilan hamkorlikka alohida e’tibor qaratayotgan bir paytda bizning davlatimiz ham o‘z navbatida Hindiston uchun geosiyosiy va iqtisodiy nuqtai nazardan ahamiyatlidir. Tomonlarning o‘zaro hamkorlikdan manfaatdorligi, xalqaro munosabatlar masalalariga nisbatan qarashlar va yondashuvlarning mosligi O‘zbekiston bilan Hindiston o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalar o‘rnatish hamda ularni rivojlantirishga mustahkam zamin hozirladi. Bugungi kunda to‘liq ishonch bilan qayd etish mumkinki, O‘zbekistonning Hindiston bilan davlatlararo munosabatlari va har tomonlama hamkorligining kelajagi porloq. Bunday xulosaga O‘zbekiston Respublikasining Osiyodagi Hindiston, Xitoy va Yaponiya kabi yetakchi davlatlar bilan keng ko‘lamli aloqalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan ustuvor intilishi asos bo‘ladi. O‘zbekiston-Hindiston aloqalari bugungi kunda nafaqat mamlakatning tashqi faoliyati nuqtai nazaridan, balki mustaqil O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarini ilmiy anglash jihatidan ham alohida yuksak ahamiyat kasb etmoqda. Xolislik nuqtai nazaridan shuni qayd etish kerakki, mustaqil milliy davlatchilikni rivojlantirish sharoitida sodir bo‘layotgan jarayonlar ilmiy nuqtai nazardan har tomonlama yoritilishni taqozo etadi. Shu munosabat bilan mamlakatimiz olimlari oldida O‘zbekiston Respublikasining butun ichki va tashqi faoliyatini ilmiy jihatdan chuqur tadqiq etish vazifasi turibdi. Bu fikr birinchi Prezident I.A. Karimovning 1998-yil 26-iyunida O‘zbekiston tarixi fanining yetakchi vakillari bilan uchrashuvda alohida ta’kidlangan edi. Ana shuni e’tiborga olib, tashqi siyosat masalalarining, jumladan, xorijiy mamlakatlar bilan ikki tomonlama hamkorlik aloqalari tarixi va tadrijining tadqiq etilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa O‘zbekistonning yangi tarixini yaratishda respublika tashqi siyosiy faoliyatiga oid masalalarni kengroq qamrab olishga yordam beradi. O‘zbekiston tashqi siyosatining tamoyillaridan biri xalqaro huquqning umumqabul qilingan me’yorlari asosida jahon hamjamiyati davlatlari bilan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama aloqalarni o‘rnatish va ularni rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Ustuvor 228 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Issue – 5 № 5 (2024) / ISSN 2181-1415 yo‘nalishlardan biri esa Osiyo mintaqasi davlatlari bilan yaqin aloqa o‘rnatish va har tomonlama hamkorlikni amalga oshirishga qaratilgan. O‘zbekiston tashqi siyosatining mazkur yo‘nalishidagi rejalarning hayotga joriy etilishini Osiyoning eng yirik davlatlaridan biri – Hindiston bilan o‘rnatilgan aloqalar misolida ko‘rish mumkin. Bu esa sifat jihatidan yangi o‘zbek-hind munosabatlari o‘rnatilayotganligiga asosdir[1.70] Butun suverenitet davri mobaynida Hindiston mustaqil davlat tuzishda dasturulamal bo‘lgan tamoyillarga sodiq qolishga intildi. Milliy, diniy va kastalararo kelishuv, jahon bozoriga chiqish masalalarining hal etilishi va Pokiston bilan munosabatlarni normallashtirish jarayoni bu borada asosiy ahamiyatga ega bo‘lgan va hozir ham shunday bo‘lib qolmoqda. Ijtimoiy kelib chiqishi va diniy mansubligidan qat’iy nazar barcha hindlar uchun teng huquqlilikning ta’minlanishi masalasi hind xalqining buyuk shaxslari – Javaharlal Neru, Joy Prakash Narayana, Charan Singxa, Indira Gandi va Radjiv Gandilar faoliyatida asosiy o‘rinlardan birini egallagan.[2.73] Hindiston iqtisodiyotida ham jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Mustaqillik davrida mamlakat dunyoning eng yirik davlatlari qatoriga qo‘shildi. Ichki yalpi mahsulot hajmiga ko‘ra (23 mlrd. AQSh dollari) Hindiston dunyoda o‘ninchi o‘rinni egallamoqda. Mamlakat tashqi savdo aylanmasining 40 % Yevropa Ittifoqi davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Hindistonning eng yirik iqtisodiy sheriklari AQSh, Rossiya, Xitoy va G‘arbiy Yevropaning rivojlangan davlatlaridir. Shuni qayd etish kerakki, o‘zbek-hind hamkorligi O‘zbekiston to‘liq siyosiy mustaqillikka erishguncha ham huquqiy asoslangan edi. Respublikamiz rahbariyatining barcha uchrashuvlari O‘zbekiston bilan Hindiston o‘rtasida iqtisodiy, savdo, ilmiy-texnik va madani

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В статье на основе научных источников анализируются Независимый Узбекистан, возникновение и развитие сотрудничества между Индией и Индия, Узбекистаном, а также рассматриваются проблемные международное…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В статье на основе научных источников анализируются Независимый Узбекистан, возникновение и развитие сотрудничества между Индией и Индия, Узбекистаном, а также рассматриваются проблемные международное… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Independent Uzbekistan, Независимый Узбекистан, международное сотрудничество, xalqaro hamkorlik, Индия, international cooperation, India, Hindiston, международный договор, xalqaro bitim, joint agreement, qo‘shma kelishuv, international agreement, совместное соглашение, Mustaqil O‘zbekiston
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники