Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
О преподавании математики в гуманитарных направлениях высших учебных заведений
Nodira MUKHITDINOVA (higher education institutions) · Keywords: -/© in Science LLC. (Tashkent State Pedagogical University named after Nizomi)
Общество и инновации · 5 · 181-184 · 2024
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье рассматривается значение математика, математического образования для студентов гуманитарное гуманитарных специальностей в педагогических вузах. образование, Отмечается, что математику следует рассматривать как педагогика, подготовка учителей, важную составляющую профессиональной подготовки высшее образование, будущих учителей. Также обсуждаются пути решения профессиональная проблемы преподавания математики в гуманитарных подготовка. направлениях образования. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining asosiy vazifasi – chuqur fundamental bilimga va amaliy tayyorgarlikka ega bo‘lgan, keng yo‘nalishli mutaxassislarni shakllantirishdan iborat. Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayoni Davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari asosida tashkil etiladi. Ma’lumki, unda ta’lim va tarbiyani tashkil etish shakl va metodlari talabalarning idrok etish faoliyatlarini faollashtirishga xizmat qiladi. Har bir davr ta’lim-tarbiya masalalariga doimo o‘ziga xos ravishda yondashadi, kundalik amaliy ehtiyoj va zamonaviy talablar asosida ta’lim mazmunini ilmiy-amaliy jihatdan qayta qarab chiqadi. Keyingi yillarda Respublikamizda va umuman, barcha hamdo‘stlik mamlakatlarida ro‘y bergan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar ta’lim tizimini, shu jumladan, oliy ta’lim tizimini tubdan isloh qilishga olib keldi. Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini yanada takomillashtirish o‘qitishni tashkil qilish mazmunini, strukturasini va maqsadli yo‘nalishini o‘zgartirishni talab qiladi. Aslida bunday o‘zgartirishlar bo‘lajak o‘qituvchining, ham shaxs sifatida, ham kasbiy rivojlanishini ta’minlashga va o‘qituvchining ijodiy individualligini shakllantirishga qaratilgan bo‘lishi lozim. Gumanitar ta’lim yo‘nalish talabalariga beriladigan matematik ta’limni bo‘lajak o‘qituvchi kasbiy tayyorgarligi jarayonining muhim tarkibiy qismi deb qarash lozim. Gumanitar ta’lim yo‘nalishlaridagi matematika kursi ko‘pchilik fanlarning asoslarini, shu jumladan, gumanitar fanlarning asoslarini o‘rganishda katta ahamiyatga ega. Barcha zamonaviy fanlar matematik metodlar va g‘oyalar bilan sayqal topadilar. Insonning mehnat faoliyatida matematik metodlarni qo‘llash ko‘lami benihoyadir. Ayniqsa, axborot texnologiyalari rivojlanayotgan hozirgi sharoitda har bir oliy ma’lumotli shaxs matematik bilim va matematik tafakkurga ehtiyoj sezadi. Shu bois, matematik ta’lim talabalarni bo‘lajak kasbiy faoliyatga tayyorlash uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Dunyoning falsafiy yutuqlari, uning umumiy qonuniyatlari va asosiy ilmiy kontseptsiyalarini ham matematikasiz tasavvur qilish mumkin emas, shuning uchun matematika talaba tafakkuri va dunyoqarashining shakllanishiga ham ta’sir o‘tkazadi. Bizning fikrimizcha, hozirgi axborot texnologiyalari asrida gumanitar va ijtimoiy ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tayyorlangan har bir bakalavr va shu yo‘nalishda mutaxassislik olgan har bir magistr, boshqa barcha oliy ma’lumotli kadrlar kabi, fan- texnika sohasida erishilgan umuminsoniy yutuqlardan xabardor bo‘lishi va zarur hollarda ulardan o‘z sohasida foydalana olishi lozim. Bu esa albatta, ulardan mavjud matematik modellar, isbotlash usullari, matematik mantiq elementlari, matematik hisob- 182 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 09 (2024) / ISSN 2181-1415 kitoblar va shunga o‘xshash bilimlar haqida aniqroq tasavvurga ega bo‘lishni taqozo qiladi. Talabalarni o‘quv fanining turli xil qirralari qiziqtiradi. Ularning barcha qiziqishlarini qamrab olish juda mushkul, shuning uchun o‘quv fanining shunday qirralarini tanlab olish kerakki, u o‘rganuvchilarning ko‘pchiligiga ma’qul bo‘lsin. Bunday qirralardan biri - talabalarni o‘qitilayotgan fanning egallayotgan kasbiga qanchalik kerakligiga qiziqtirishdir. O‘qitishning muhim qoidalaridan biri o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatidir. O‘qituvchi o‘qitishda talabalarning bilim orttirish faoliyatini shunday tashkil etishi lozimki, talabalar faktlarni tizimli tahlil etish asosida intellektual qiyinchiliklarni mustaqil hal eta olsinlar, xulosa chiqarish va umumlashtirishni bajarsinlar, qonuniyatlarni ifodalasinlar, olgan bilimlarini har qanday vaziyatda qo‘llay olsinlar. Bunday o‘qitishda talabalarda bilimlarni mustaqil olish, gipotezalarni oldinga surish va ularni isbotlash yo‘li bilan aqliy faoliyatning yangi usullarini topish, bilimlarni qo‘llanish ko‘nikmalarini yaratish, diqqat va tasavvurni rivojlantirish qobiliyatlari shakllantiriladi. O‘qituvchi talabalarning fikrlashini tarbiyalashda, yangi masalalarni qo‘yish va yechishda, yechishning yangi original usullarini izlashda, har bir mustaqil urinishlarini rag‘batlantiradi. O‘qituvchi talabalarga fikrlash va ijodiyot, ijodiyotni rivojlantirish va namoyon etishda yordam beradi. Pirovard natijada bularning barchasi bilim orttirish faolligini rivojlantirishga ko‘maklashadi. Gumanitar ta’lim yo‘nalish talabalarida matematikani o‘rganishga qiziqishni oshirishning muhim vositalaridan biri, amaliy masalalarga
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье рассматривается значение математика, математического образования для студентов гуманитарное гуманитарных специальностей в педагогических вузах.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье рассматривается значение математика, математического образования для студентов гуманитарное гуманитарных специальностей в педагогических вузах. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- 2181-1415/© 2024 in Science LLC, teacher training, higher education, oliy ta'lim, gumanitar ta'lim, гуманитарное образование, matematika, humanities education, подготовка учителей, mathematics, pedagogika, педагогика, высшее образование, kasbiy tayyorgarlik, профессиональная подготовка, professional preparation, pedagogy, математика, o'qituvchilar tayyorlash
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024