Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Научные и теоретические аспекты запретов (ограничений), которые могут быть установлены для выбранного лица в стиле домашних арестов
Diyor ABDULLAYEV
Общество и инновации · 5 · 168-175 · 2024
Аннотация
Ключевые слова: Согласно уголовно-процессуальному законодательству, уголовный процесс, домашний арест должен приниматься во внимание при меры пресечения, наличии оснований для избрания меры пресечения в виде домашний арест, заключения под стражу в отношении подозреваемого, запреты (ограничения). обвиняемого или подсудимого с учетом его возраста, состояния здоровья, семейного положения и других обстоятельств. Домашний арест применяется в случае, если заключение под стражу является несоразмерным, и в отношении лица устанавливаются определенные запреты (ограничения), предусмотренные законом. В данной статье рассматривается понятие запретов (ограничений), которые могут быть наложены на лицо, избранное в качестве меры пресечения в рамках уголовного процесса. Также обсуждаются их виды, порядок применения и научно-теоретические аспекты их содержания, представленные зарубежными и отечественными экспертами. Детально проводится сравнительный анализ мнений исследователей. Кроме того, в статье, основываясь на зарубежном и национальном законодательстве, а также правовых нормах, обсуждаются запреты (ограничения), применяемые к лицу, помещенному под домашний арест. Рассматриваются проблемы, возникшие в практике правоприменения, вызвавшие споры среди практикующих юристов. В завершение приводятся выводы и предложения по устранению этих проблем. 169 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 09 (2024) / ISSN 2181-1415 Inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni va qadr-qimmati oliy qadriyat sifatida e’tirof etilgan, shaxsiy huquq va erkinliklarning asosiy kafolati bo‘lmish Konstitutsiyamizning 27-moddasida har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega ekanligi belgilangan. Biroq, shaxslarga (gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga) nisbatan jinoyat- protsessual ehtiyot chorasini qo‘llash, ularning huquq va erkinliklarini cheklashni nazarda tutadi. Demak, shunday holatlar mavjudki, ular jamiyat manfaatlari yo‘lida davlatning inson huquqlari sohasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashuvini taqozo etadi: - bu jinoyatchi va boshqa huquqbuzarlarga qarshi kurash zaruriyati; - harbiy holat e’lon qilinganda yoxud epidemiya yoki tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish zaruriyati tug‘ilganda va shu kabilar. Ular orasida jamoat tartibini saqlash hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish muhim ahamiyatga ega hamda nisbatan keng tarqalgan bo‘lib, u “nafaqat davlat funksiyalaridan biri, balki huquqiy rejim tarkibiy qismi ham bo‘lib, faqatgina uning doirasida shaxs sha’ni va huquqlari hurmat qilinishi hamda haqiqiy muhofaza qilinishiga erishish mumkin”.[1] V.I.Kaminskaya haqli ravishda ta’kidlaganidek, jinoyatchilikka qarshi kurash zaruriyati fuqaro shaxsiy va boshqa huquqlariga aralashuvchi majburlov choralarini qo‘llashni taqozo etishi masalasida munozaraga o‘rin yo‘q.[2] Inson va fuqaro huquqlari Deklaratsiyasida ta’kidlanishicha, faqat konstitutsiyaviy tuzumni, axloq, sog‘liq, demokratik huquqiy davlatdagi boshqa fuqaro qonuniy huquq va manfaatlarini muhofaza qilish uchun zarur bo‘lgan hollardagina inson va fuqaro huquq hamda erkinliklari qonun bilan cheklanishi mumkin. Barcha jinoyat protsessual majburlov choralari fuqaro huquq va erkinliklarini cheklashi tufayli, ular faqatgina qonun bilan ko‘zda tutilgan hollarda qo‘llanilishi lozim. Jinoyatchilikning umumiy o‘sishi tendensiyasi shak-shubhasiz millat ruhiy salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababdan ham jamiyat va shaxsiy manfaatlarni qanoatlantirish uchun davlat tomonidan majburlov choralarini qo‘llashga to‘g‘ri keladi. Shuni anglash joizki, majburlov (zo‘rlik) har doim ham yovuzlik emas, ayni damda u yovuzlikka qarshi kurashning yagona va zaruriy vositasi hamdir. Gumon qilinuvchi va ayblanuvchiga nisbatan ehtiyot choralarini (shu jumladan uy qamog‘ini) qo‘llash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini jiddiy tarzda cheklaydi, bunda umumqabul qilingan xalqaro normalar va O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hamda joriy qonunlariga asosan har qanday erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqini cheklovchi asossiz harakatlarni amalga oshirish man etilgan. Jinoyat protsessual majburlov choralarini qo‘llash “ijtimoiy odillik” tushunchasiga mos bo‘lmog‘i lozim. Odillik tushunchasi jinoyat protsessida subyektlar harakatlarini nazorat qilish hamda baholashda oliy axloqiy mezon bo‘lib xizmat qiladi. [3] Gumon qilinuvchi va ayblanuvchining huquq va erkinlarini himoya qilish, qonunda belgilangan asos va shartlarga so‘zsiz amal qilgan holda chora qo‘llashni nazarda tutadi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksi (keyingi o‘rinlarda JPK) 213- moddasiga asosan, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud o‘z vakolatlaridan kelib chiqqan holda ayblanuvchi va gumon qilinuvchiga nisbatan JPKda nazarda tutilgan choralardan birini qo‘llashga haqli, qachonki, agarda quyidagi: - jinoyat protsessi ishtirokchisi tergov yoki sud harakatlarini amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan bo‘lsa; - o‘ziga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmayo
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: Согласно уголовно-процессуальному законодательству, уголовный процесс, домашний арест должен приниматься во внимание при меры пресечения, наличии оснований для избрания меры пресечения в виде домашний…»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: Согласно уголовно-процессуальному законодательству, уголовный процесс, домашний арест должен приниматься во внимание при меры пресечения, наличии оснований для избрания меры пресечения в виде домашний… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- criminal procedure, can be imposed on a person selected for house arrest as a, ehtiyot choralari, уголовный процесс, меры пресечения, uy qamog‘i, домашний арест, taqiqlar (cheklovlar), запреты (ограничения), prohibitions (restrictions), precautionary measures, jinoyat protsessi, house arrest
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025