Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Структура миграции населения по направлениям и периодам
Malakhat SAIPOVA
Общество и инновации · 5 · 82-87 · 2024
Аннотация
Ключевые слова: В статье автор изложил своё мнение о направлениях, миграция, причинах и продолжительности миграционных процессов, социальная, используя схемы для наглядного представления данных. экономическая, Также был представлен личный вывод автора, основанный политическая, условия, на анализе изученной литературы по данной теме. последствия, направление, причины, городская, сельская, штат, страна, тип, продолжительность, длительная, короткая. Demografik jihatdan migratsiyaning ahamiyatini quyidagilarda ko‘rish mumkin: · aholining miqdori, jinsi va yoshiga oid tarkibini o‘zgartiradi (kelgan hududlarda maskulinizatsiyaning kuchayishi, yosharish va aksincha); · aholining etnik tarkibiga jiddiy o‘zgarishlar kiritadi; ·oilalarni nuklear (ota-ona va bolalar yoki faqat er-xotindan iborat) oilaga aylantirishga yordam beradi; · aholi sifatini yaxshilaydi yoki yomonlashtiradi; · reproduktiv xulq-atvor tipini o‘zgartiradi; · ishchi kuchi va bandlikni yangilaydi, · demografik siyosatni takomillashtirishni talab qiladi. Amerikalik geograf V.Zelinskiy [2] 1971 yili “Geografik obzor” (Geographical review) nomli jurnalda o‘zining migratsiya borasidagi konsepsiyasini chop ettirdi. U demografik o‘tish asosida migratsiya jarayonining rivojlanishini ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish bilan parallel ravishda o‘zgarib turadigan va ularning evolyutsiyasini ochib beruvchi 5 ta bosqichini aniqladi: 1. Dastlabki – sanoatdan oldingi jamiyat: migratsiya harakati sezilarsiz bo‘lgan davr. 2. Demografik portlashning boshlanishi, ommaviy qishloq-shahar migratsiyasi, yangi yerlarni mustamlaka qilish, mavsumiy migratsiya, uzoq masofaga mayatniksimon harakatlanish, hatto migratsiya. 83 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 09 (2024) / ISSN 2181-1415 3. Shaharlar o‘rtasida qishloq-shahar migratsiyasi. Emigratsiya qisqaradi. Qaytma migratsiyaning jadalligini oshishi. 4. Texnologik rivojlanishning yuqori darajasi, past tabiiy o‘sish, qishloqdan shaharga ko‘chish saqlanib qoladi, ammo past darajada. Yuqori darajadagi qaytmaydigan migratsiya. Shahar ichidagi ko‘chib yurish “qishloq-shahar” ko‘chish harakatlidan ustun keladi. Shahardan qishloqqa qaytma harakatlanishning rivojlanishi ro‘y beradi. Millatlararo korporatsiyalarning ishlashi natijasida malakasiz ishchilar va malakali mutaxassislar immigratsiyasi sodir bo‘ladi. 5. Kelajak jamiyati – shaharlararo migratsiya, shahardan qishloqqa siljish. Garchi davlatlararo migratsiya davom etayotgan bo‘lsa-da, davlat tomonidan nazoratning kuchayishi kuzatiladi. Ushbu model vaqt o‘tishi bilan turli mamlakatlar uchun davomli hisoblanadi. Migratsiyaning turli tasniflari mavjud. Turli mualliflar har xil asoslarni ajratadilar: 1.Kesib o‘tiladigan ma’muriy chegaralar bo‘yicha turlari: tashqi (davlat) – xalqaro migratsiya, ichki chegaralar – ichki migratsiya. O‘z navbatida, migratsiya yirik hududiy birliklar doirasida va ular o‘rtasida; qishloq ichida; qit’alararo shaharlararo, davlatlararo, qishloq-shahar, shahar-qishloq kabi turlarga bo‘linadi. Yo‘nalishi bo‘yicha Tashqi migratsiya Ichki migratsiya Yirik hududiy birliklar doirasida va ular Qishloq ichida o‘rtasida Shaharlararo, qit’alararo, davlatlararo Qishloq-shahar; shahar-qishloq Shunga muvofiq ravishda “emigratsiya” va “immigratsiya” tushunchalari mavjud. Birinchisi, mamlakatdan chiqib ketishni anglatadi. Emigratsiya boshqa davlatga uning fuqaroligini olish maqsadida doimiy yashash uchun chiqib ketish sifatida ta’riflanadi. Tug‘ilgan yurtidan chiqib ketayotgan odam emigrant deb ataladi. Immigratsiya boshqa mamlakatga ishga joylashish yoki o‘qish, oilasi bilan birlashtirish uchun kirishni anglatadi. Chet el fuqarolarining mamlakatga kirishi unda doimiy yashash va, qoida tariqasida, uning fuqaroligini olish maqsadida amalga oshiriladi. Bular immigrantlardir. Ichki migratsiya quyidagi yo‘nalishlarda boradi: shahar-shahar, qishloq-qishloq, shahar-qishloq, qishloq-shahar (xalqaro migratsiya ham shunga o‘xshash bo‘lishini unutmang). 84 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 09 (2024) / ISSN 2181-1415 Vaqt parametrlari, ya’ni muddati bo‘yicha: 1) doimiy (qaytmaydigan), 2) qaytadigan; 3) uzoq muddatli: mayatniksimon; qisqa muddatli: mavsumiy. Vaqt parametrlari, ya’ni muddati bo‘yicha Qaytadigan Qaytmaydigan Uzoq muddatli Qisqa muddatli Epizodik Mayatniksimon Mavsumiy Qaytmaydigan – inson mamlakatni abadiy tark etadi, yashash joyini o‘zgartiradi (masalan, “intelligentlarning kamayishi, oqib chiqib ketishi”). Vaqtinchalik – yetarlicha uzoq, ammo cheklangan muddatga, ko‘pincha oldindan belgilangan muddatga (shartnoma bo‘yicha bir necha yillik ish) ko‘chib o‘tiladi. Vaqtinchalik va doimiy migratsiyani farqlash qiyin bo‘lishi mumkin: insonning o‘zi bazida buning nima ekanligini bilmaydi. Shundan yangi joyda, yangi mamlakatda o‘tkaziladigan muayyan vaqt bilan chegaralangan “doimiy-vaqtinchalik migratsiya” tushunchasi kelib chiqqan. Ta’rifga ko‘ra, 1 yil yoki undan ko‘
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В статье автор изложил своё мнение о направлениях, миграция, причинах и продолжительности миграционных процессов, социальная, используя схемы для наглядного представления данных.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В статье автор изложил своё мнение о направлениях, миграция, причинах и продолжительности миграционных процессов, социальная, используя схемы для наглядного представления данных. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- DOI: https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss9/S-pp82-87, ijtimoiy, migration, state, long-term, duration, штат, rural, economic, uzoq, conditions, городская, consequences, type, продолжительность, причины, sabablar, сельская, миграция, ta’sir, направление, direction, reasons, shahar, qisqa, tur, iqtisodiy, short, muddat, social, длительная, davlat, mamlakat, страна, country, социальная, условия, политическая, political, экономическая, urban, qishloq, migratsiya, sharoit, короткая, siyosiy, тип, последствия, yo‘nalish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026