К содержанию
РецензированоRU2024

Внедрение современных средств криминальной техники в систему ОВД

Anvar KHUSANOV

Общество и инновации · 5 · 137-143 · 2024

Аннотация

Ключевые слова: Статья посвящена цифровой криминалистике и история криминалистики, современным технологиям, которые становятся особенно цифровая актуальными в наше время. В ней рассматриваются криминалистика, 1 PhD, Associate Professor, Lieutenant Colonel, Head of the Department of Criminalistic Expertise. Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 10 (2024) / ISSN 2181-1415 компьютерные новейшие достижения в области цифровой преступления, криминалистики и их роль в современном мире. кибератака, статистика. XXI asr kompyuter va raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi bilan ajralib turadi. Insoniyat o‘z rivojlanishining raqamli bosqichiga jadal kirib bormoqda. An’anaviy ijtimoiy munosabatlar tobora yangi axborot texnologiyalaridan foydalanib amalga oshirilmoqda va ulardan foydalanmasdan umuman imkonsiz bo‘lganlari ham mavjud. Afsuski, ushbu sohani zamonaviy huquqiy tartibga solish texnologik rivojlanish suratlaridan ortda qolmoqda. Texnologik rivojlanish esa, ayniqsa informatika taraqqiyoti hali ham shiddat bilan oldinga siljimoqda. Axborot texnologiyalari nafaqat professionallar hayotiga, balki oddiy insonlarning kundalik hayotiga ham tobora ko‘proq kirib bormoqda. Odamlar ish va bo‘sh vaqtining katta qismini kiber-makonda o‘tkazadilar. Insonlar haqiqiy moddiy dunyo va kiber-makon o‘rtasida harakat qilganligi sababli, bu ikki xil muhitning uyg‘unlashuvi yuzaga kelmoqda. Afsuski, real hayotning salbiy jihatlari ham kiber- makonga kirib boradi va kiber jinoyatlar ham bundan mustasno emas. Bundan tashqari, odamlarning kiber-makonda ko‘p vaqt o‘tkazishlari, bu yerda katta miqdordagi ma’lumotlarni qoldirib ketishlarini anglatadi. Jinoyatlarni tergov qilish dastlab moddiy (real) dunyoda amalga oshirilgan bo‘lsa-da, ammo bugungi kunga kelib dalillarni , ma’lumotlarni kiber-makondan (raqamli shaklda) olish borasida katta imkoniyatlar mavjud. Ushbu imkoniyatlar, ya’ni raqamli dalillarni olish, to‘plash, tahlil qilish va taqdim qilishning raqamli kriminalistik usullari hali ham rivojlanib bormoqda. Chunki raqamli ma’lumotlarning hajmi kundan kun o‘sib bormoqda. Raqamli dalillar yuzasidan tadqiqot olib boruvchilar soni ham ko‘paymoqda. Bugungi kunda elektron dalillarni va ulardan jinoyat ishlarini yuritishda foydalanishning jinoyat-protsessual va kriminalistik jihatlarini o‘rganish bilan chegaralanib qolmasdan, uni fundamental ilmiy tadqiqotlar o‘tkazgan holda o‘rganish talab qilinadi. Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) inson faoliyatining deyarli barcha sohalari uchun standartlarni ishlab chiqish va nashr etish bilan shug‘ullanadi. Jumladan, mahsulotlar, xizmatlar va eng yaxshi amaliyotlar uchun bir xil standartlarni taklif etadi. Aslida, raqamli kriminalistika borasida amaliyotni tartibga solish va raqamli dalillarni aniqlash, to‘plash, olish, saqlash va qayta ishlash bo‘yicha eng yaxshi tajribalarni ommalashtirish 90-yillarning oxiriga kelib boshlangan edi. ISO 27 000 standartlar oilasi axborot xavfsizligiga, shu jumladan raqamli ekspertiza tekshiruvi uchun ISO / IEC 27037: 2012 standartini o‘z ichiga oladi. ISO 27037 raqamli dalillarga ishlov berish uchun protseduralarni tasvirlaydi. Ushbu standartlar ilg‘or tajribalar standartlari guruhiga kiradi va raqamli dalillarni aniqlash, to‘plash, olish va saqlash jarayonida bajarilishi kerak bo‘lgan protseduralarni umumlashtiradi. Insoniyat taraqqiyotining eng yuksak cho‘qqiga ko‘tarilgan davri bu XXI asr axborot asri hisoblanadi. Ushbu asrda kompyuter vositalari va axborotlashtirish jarayonlari kashf etilib insoniyat hayotining yengil bo‘lishi bilan birga tezkorlik bilan axborot olishi, saqlashi, ulardan nusxa ko‘chirishi va unga taqiq qilish kabi ko‘p masalalar o‘z yechimini topdi. Axborot texnologiyalarining rivojlanishi bilan bir qatorda bu sohada jinoyatchilikning o‘sib borayotgan va rivojlanayotgan tendensiyasi mavjud. Jinoyatlarni tergov qilish ancha 138 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 10 (2024) / ISSN 2181-1415 mashaqqatli jarayon hisoblanadi. Bu jinoiy va jinoyat-protsessual huquq sohasidagi bilimlardan, shuningdek, fan, texnologiya, san’at yoki hunarmandchilik sohasidagi bilimlarni o‘z ichiga olgan maxsus bilimlardan foydalanishni talab qiladi. Jinoyat protsessida maxsus bilimlardan foydalanishning muhim protsessual shakllaridan biri bu sud ekspertizasi hisoblanadi. O‘rganish natijalari bo‘yicha ekspert xulosa beradi. Bu qonun hujjatlarida nazarda tutilgan protsessual harakatlaridan biridir. Dastlabki tergov va sud tergovi davomida ham amalga oshiriladigan protsessual harakat sifatida ekspertiza ma’lumotlarning belgilangan hajmi va ahamiyati bo‘yicha so‘roqdan keyin ikkinchi o‘rinni egallaydi. Shuni ta’kidlash kerakki, sud-ekspertizasi amaliyoti soha sifatida turli xil elementlarning murakkab tizimi bo‘lib, ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi, normativ tartibga solish, ekspert faoliyati subyektlarining holati va funksiyalari, texnik vositalar va il

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: Статья посвящена цифровой криминалистике и история криминалистики, современным технологиям, которые становятся особенно цифровая актуальными в наше время.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: Статья посвящена цифровой криминалистике и история криминалистики, современным технологиям, которые становятся особенно цифровая актуальными в наше время. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
history of forensics, computer crimes, statistics, bulut hisoblash xizmati, raqamli kriminalistika tarixi, история криминалистики, kiber hujum, cyber attack, цифровая криминалистика, компьютерные преступления, статистика, raqamli kriminalistika, kompyuter jinoyatlari, digital forensics, statistika ma’lumotlari, кибератака
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники