К содержанию
РецензированоRU2024

Влияние культуры толерантности на развитие мировоззрения и духовности народов Центральной Азии

Sharof AGABAEV · Central Asia (Uzbekistan State World Languages University)

Общество и инновации · 5 · 128-133 · 2024

Аннотация

Ключевые слова: В данной научной статье особое внимание уделяется уголовно-исполнительное роли культуры толерантности в формировании законодательство, мировоззрения и духовности древнего населения рецидивная преступность, Центральной Азии. Научно раскрывается влияние наказание, лишение свободы, национальных и религиозных ценностей на становление осужденный, понятия толерантности в регионе. Также рассматривается исправительное роль Великого шелкового пути в развитии культуры учреждение, толерантности между народами и анализируются основы пенитенциарное этой культуры в трудах восточных учёных. учреждение, права человека, правовая база. Har bir tarixiy jarayonda mamlakatimiz, xususan, Markaziy Osiyoning qadimiy tarixini ilmiy va nazariy jihatdan tahlil qilsak, diniy va milliy tolerantlik o‘ziga xos tarzda taraqqiy etib borganini kuzatishimiz mumkin. Qadimdan o‘lkamizda diniy tolerantlik rivoj topgan. Bu jarayon antik davrda ham namoyon bo‘lib, ilk o‘rta asrlarda xalqlarning o‘zaro munosabatlarida muhim o‘rin egallagan. Buyuk ipak yo‘lining paydo bo‘lishi xalqaro munosabatlar rivojida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, uning tarmoqlari nafaqat savdo- iqtisodiy aloqalarga, shuningdek, madaniy muloqotga ham xizmat qilgan. Buyuk ipak yo‘li orqali turli dinlar, falsafiy qarashlar, ma’naviy qadriyatlar, yozuv va tasviriy san’at namunalari tarqalgan. Mazkur mavzu adabiyotlarda yetarlicha tahlil etilgan [1]. Buyuk ipak yo‘lining chorrahasida joylashgan O‘zbekistonga turli hududlardan turli dinlarning tarqalishida (buddaviylik, zardushtiylik, moniylik, xristian) jamiyatda diniy bag‘rikenglikni tabiiy zarurat sifatida qo‘ygan. Mazkur dinlar ma’naviyat va ilm-fan rivojida ham muhim ahamiyat kasb etgan. Qo‘shni o‘lkalarga yozuv (sug‘d, parfiya yozuvi) va yangi musiqa asboblarining kirib borishi O‘rta Osiyo ta’sirida ro‘y berdi. Xitoyda VII-VIII asrlarda buxorolik, samarqandlik, chochlik musiqachilar mashhur bo‘lgan [2, b.32]. Mintaqaning o‘zida tolerantlikning rivojlanishi madaniyatning ko‘p xilligida va diniy bag‘rikengligida o‘z aksini topgan. Misol tariqasida, Surxondaryo vohasida turli shakldagi yozuv namunalari aniqlangan. Shuningdek, ko‘hna Termizda, Fayoztepa va Qoratepada Budda ibodatxonalari, Dalvarzintepada Budda ibodatxonasi hamda qadimgi shahar tevaragida zardushtiylar maqbaralari o‘rganilgan [3, b.77-83]. Markaziy Osiyo qadimiy aholisining dunyoqarashi va ma’naviyati rivojlanishi darajasi turlicha san’at namunalarida ifodalangan (haykaltaroshlik, devoriy rangtasvirlar, ossuariylar tasvirlari). Ular ko‘p hollarda mintaqa xalqlari madaniyatining umumiyligidan dalolat beradi. Qadimgi davr va ilk o‘rta asrlar O‘rta Osiyo xalqlari tarixida tolerantlikka oid talaygina misollar keltirish mumkin. Bu borada turli din va e’tiqodlar tarafdorlarining yashash joyini tanlash huquqi cheklanmagan. Ular shaharlarning umumiy hududiy guzarlarida joylashib, turli kasb-hunar sohalari bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega edi. Odamlar o‘z diniy bayramlari va marosimlarini erkin amalga oshirishgan. Zardushtiylarning otashgohlari, buddaviylik, xristian va yahudiylik ibodatxonalarining 129 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Issue – 5 № 5 (2024) / ISSN 2181-1415 yonma-yon qurilishi man etilmagan. Boshqa e’tiqodlar va o‘z ma’budalariga sig‘ingan kishilarga nisbatan dushmanlik kayfiyati hamda irqiy nafrat mavjud bo‘lmagan. Shu bois, ilk o‘rta asrlarda Choch, Farg‘ona vodiysida va Yettisuv vohalarida buddaviylik dini va xristianlik ta’limoti tarqaladi. Sug‘diylarning Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab Sharqiy Turkiston va Uzoq Sharq hududlariga migratsiyalari tufayli, Xitoydagi Chanyan, Loyan va Kayfan shaharlarida otashgohlar, ya’ni olov ibodatxonalari bunyod etilgan. Qadimgi davr va ilk o‘rta asrlarda turli e’tiqod va diniy qarashlar doimo bir-biriga ta’sir qilgan va o‘zaro boyigan. Sug‘diylar, baqtriyaliklar, xorazmliklar, chochliklar va farg‘onaliklar o‘zga qabilalar va elatlarga madaniy yutuqlarni yetkazishda muhim o‘rin tutgan. Xalqaro madaniy muloqot dunyoqarashning yangi asoslarda rivojlanishiga zamin yaratgan. Ma’naviy madaniyat taraqqiyoti darajasi betakror san’at namunalarida ifodalangan. San’at obidalarida ezgulik, yaratuvchanlik va go‘zallikka intilish o‘z aksini topgan [4, b.12-13]. Mintaqamizga Islom dinining keng yoyilishi aholi orasida ma’naviy va ijtimoiy muhitni yanada rang-baranglashtirdi. «Yot dinlarga e’tiqod qiluvchi ko‘plab jamoalarning mavjudligi, – deb yozgan edi A.Mes, – musulmonlar saltanatini butunlay xristian aqidaparastlari ta’sirida bo‘lgan Yevropadan ajratib turadi» [5, b.266]. Dunyo tan olgan Imom al-Buxoriy, Abu Mansur al-Moturudiy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Imom at-Termiziy, Kaffol ash-Shoshiy, az-Zamaxshariy, Abu Bakr al- Xorazmiy, Yusuf Hamadoniy, Abduholiq Gʻijduvoniy, Al-Farobiy, Ibn Sino, al-Beruniy, Abu Abdulloh al Xorazmiy, Yusuf Xos Xojib, Ismoil Jurjoniy, Ahmad Yassaviy, Ahmad Yugnakiy, Alisher Navoiy kabi o‘nlab olimlarimiz diniy va ilmiy qarashlarida bag‘rikenglik asoslari

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В данной научной статье особое внимание уделяется уголовно-исполнительное роли культуры толерантности в формировании законодательство, мировоззрения и духовности древнего населения рецидивная преступно…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В данной научной статье особое внимание уделяется уголовно-исполнительное роли культуры толерантности в формировании законодательство, мировоззрения и духовности древнего населения рецидивная преступно… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tolerance, in the views of Eastern scholars, religion, Центральная Азия, din, религия, dunyoqarash, международные отношения, tolerantlik, научные взгляды, madaniyat, spirituality, value, Markaziy Osiyo, Central Asia, xalqaro munosabatlar, ценность, worldview, культура, мировоззрение, толерантность, qadriyat, culture, scientific views, international relations, ma’naviyat, ilmiy qarashlar, духовность
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники