Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MA’NAVIY TARBIYA YUKSAK MA’NAVIYATNI TARBIYALASH VOSITASI
Rahmonova Sanoat Shuhrat qizi
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
The role of spiritual education in human development is extremely high and is an important factor in the formation of moral qualities in human society. Keywords: Spiritual education, harmonious generation, reform, politics, Internet, pedagogy, material and spiritual wealth, use of information. ДУХОВНОЕ ОБРАЗОВАНИЕ — ЭТО СРЕДСТВО РАЗВИТИЯ ВЫСОКОЙ ДУХОВНОСТИ. Аннотация. Роль духовного воспитания в развитии человека чрезвычайно велика и является важным фактором формирования нравственных качеств в человеческом обществе. Ключевые слова: Духовное воспитание, гармоничное поколение, реформа, политика, Интернет, педагогика, материальные и духовные блага, использование информации. Ma’naviy tarbiya yuksak ma’naviyatni tarbiyalash vositasi bo’lib muayyan shaxs, jamoa, muayyan guruh, jamiyat, millatda jismoniy barkamollik, ruhiy, axloqiy, ma’naviy yetuklik kabi sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy ta’lim-tarbiya jarayonini ifodalovchi tushuncha. Insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo‘lgan ma’naviy xususiyatlarni tarbiyalash uning eng asosiy qadriyat sifatidagi mohiyatini ta’minlaydigan qadimgi va abadiy qadriyatdir. Yurtboshimiz ta’kidlanganidek, ma’naviy tarbiya masalasida hushyorlik va sezgirlik, qat’iyat va mas’uliyat yo‘qotilsa, bu o‘ta muhim ish o‘z holiga, o‘zibo‘larchilikka tashlab qo‘yilsa, muqaddas qadriyatlarga yo‘g‘rilgan va ulardan oziqlangan minglab yillik milliy-etnik asoslarga ega millat ma’naviyati va tarixiy xotirasidan ayrilib, oxir-oqibatda umumbashariy taraqqiyot yo‘lidan chetga chiqib qolishi mumkin. O‘zbekistonning taraqqiyot dasturi, uzoq va davomli maqsadlarni belgilashda xalqning moddiy va ma’naviy olamini yuksaltirish, yosh avlodni ajdodlar qoldirgan o‘lmas merosni chuqur o‘rganish, anglash, qadrlash bilan birga, umumbashariy 850 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2 qadriyatlar, zamonaviy ilm-fan cho‘qqilarini egallash ruhida tarbiyalash masalasi ustuvor vazifa qilib olingan. Chunki, ertaga kattalar o‘rnini bosadigan yoshlar aynan shunday oziqlangan zaminda voyaga yetgan taqdirdagina komil insonlar bo‘lib, haqiqiy tayanch va suyanchga, yengilmas ma’naviy kuchga aylanib, jahon maydonlarida har qanday bellashuv va sinovlarga tayyor tura oladilar. Inson va jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan qadriyatlar ma’naviy tarbiya tufayli ajdodlardan asta-sekin tadrijiy ravishda avlodlarga o‘tadi.Ma’naviy tarbiya atamasi keng ma’noda inson shaxsini shakllantirishga, uning ishlab chiqarish va ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy hayotda faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan barcha ma’naviy ta’sirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar yig‘indisini anglatadi. Bunday tushunishda ma’naviy tarbiya faqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni emas, balki butun ijtimoiy tuzum, uning yetakchi g‘oyalari, adabiyot, san’at, kino, radio, TV, OAV va boshqa faoliyatini ham o‘z ichiga oladi. Shuningdek, keng ma’nodagi ma’naviy tarbiya tushunchasi tarkibiga bu sohada ta’lim va ma’lumot olish ham kiradi. Tor ma’noda, ma’naviy tarbiya muayyan shaxsning ma’naviy rivoji, dunyoqarashi, axloqiy qiyofasi, estetik didini o‘stirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatni anglatadi. Bunday ma’naviy tarbiya oila va tarbiyaviy muassasalar hamda jamoat tashkilotlari doirasida amalga oshiriladi. Har qanday ma’naviy tarbiya ta’lim bilan chambarchas bog‘liq holdagina mavjud bo‘ladi. Chunki, ta’lim va ma’lumot olish jarayonida shaxsning bilimi ko‘payibgina qolmay, balki ma’naviy-axloqiy sifatlarining qaror topishi ham tezlashadi. Shu bois ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo‘lmish ilmu ma’rifat, ta’lim- tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti hamda garovi deb bilganlar. Ma’naviy tarbiya har qanday jamiyat va mamlakat hayotida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Chunki uning o‘sishi va taraqqiyoti uchun moddiy va ma’naviy boyliklar ishlab chiqarish to‘xtovsiz ravishda yuksalib borishi lozim. Buning uchun yosh avlod ushbu boyliklarni yaratishda o‘z ajdodlaridan yuqori darajaga ko‘tarilmog‘i darkor. Jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida ma’naviy tarbiya turlicha izohlab kelingan. Sobiq ittifoq davrida hukmron mafkura ma’naviy tarbiyaga sinfiy va partiyaviy hodisa sifatida yondashishni talab etgan, bu jarayonda milliy xususiyatlar dyeyarli hisobga olinmagan edi.O‘zbekiston istiqlolga erishgach, ma’naviy tarbiyaga bog‘liq jarayonlarga yangi hamda sog‘lom tafakkurga tayangan holda yondashuv qaror topa boshladi. Uni izohlashda g‘ayri ilmiy sinfiy-partiyaviy yondashuvdan voz kechildi. Ma’naviy tarbiyaning milliy va umuminsoniy asoslariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ma’naviy va jismoniy barkamol avlodni tarbiyalash masalasi bugungi O‘zbekiston uchun umummilliy, umumdavlat miqyosidagi vazifa bo‘lib, bu ezgu maqsad yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlarni izchillik va qat’iylik bilan davom ettirish mazkur sohadagi asosiy mezonga aylandi. Bu borada jamiyatni doimiy harakatga keltirib turadigan kuch – milliy g‘oya, milliy manfaatga xizmat qiladig
Доказательный фрагмент
«The role of spiritual education in human development is extremely high and is an important factor in the formation of moral qualities in human society.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe role of spiritual education in human development is extremely high and is an important factor in the formation of moral qualities in human society. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Spiritual education, harmonious generation, reform, politics, Internet, barkamol avlod, Ma’naviy tarbiya, axborotdan foydalanish., pedagogika, islohot, siyosat, moddiy va ma’naviy boyliklar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
УчебникиМ.Исаова, Р.Хасанов +32014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024