К содержанию
РецензированоUZ2026

HOZIRGI O‘ZBEK ROMANCHILIGIDA O‘QITUVCHI OBRAZI TALQINLARI (IKKI ESHIK ORASI ROMANI MISOLIDA)

Xushboqova Pardaxol Qahramon qizi · Sh.T. Norqulova

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

The article discusses the artistic interpretation of the image of a teacher in the work "Between Two Doors" by the brilliant representative of Uzbek literature, the beloved writer of our people, Otkir Hoshimov, the skillful depiction of the social status, role and spiritual appearance of teachers in society, the fate of people and the complexity of human life, and the condemnation of the war that threatens peace. 843 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2 Keywords: "Between Two Doors", Aksakol, Husan Duma, Kara Amma, Samadov, Rabiya, Kimsan, spiritual image, knowledge, society, people, school, enlightenment, intellectual, nobility, responsibility, asceticism, humility. Taniqli adib ijodining salmoqli qismini ona, oddiy odamlar, urush hamda ijtimoiy hayot mavzusi tashkil etadi. Shunday mavzularni ko‘tarib chiqqan asarlaridan biri bu “Ikki eshik orasi” asari va unda xalqning ziyoli vakili bo‘lgan o‘qituvchi obrazidir. Uning asarlari samimiyligi, xalq hayotini to‘laligicha tasvirlashi, unda xalqning tanti, mard vakillari bor sifatlari bo‘yicha tasvirlanadi. O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” asarida yozuvchi salkam qirq yillik davrni o‘z ichiga olgan, bir qancha murakkab va chigal taqdirlar orqali o‘zbek xalqining urush davrida boshdan kechirgan mashaqqatli hayoti, achchiq qismati, murakkab kechmishlari haqida yuksak mahorat bilan qalam tebratgan. Bu asarda Oqsoqol, Husan duma, Qora amma, Shomurod, Robiya, Kimsan obrazlariga alohida to‘xtalib, ularning harakteridagi kuzatilgan mardlik, matonat, insonparvarlik va sabr- bardoshlilik fazilatlari orqali millatning ruhiy takomilini ochishga muvaffaq bo‘lgan. “Ikki eshik orasi” romanida insonlar taqdiri va inson umrining murakkabligi zo‘r mahorat bilan tasvirlangani, tinchlikka rahna solgan urushning qoralangani, uning g‘ayriinsoniy mohiyatiga urg‘u berilgani katta ahamiyatga molikdir. Vayronkor urush voqealarining har bir ota- ona qalbini jarohatlagani, nafaqat ota-ona, balki oddiy odamlarning ko‘ngillariga ham ozor yetkazgani juda ishonarli tarzda ochib berilgan. Asarda tasvirlangan hayot manzaralari, insonlararo munosabatlar shuningdek, yozuvchining oʻziga xos badiiy uslubi juda tabiiy hamda samimiyligi bilan ajralib turadi. Yetti qism, qirq yetti bobdan tarkib topgan roman kompozitsion qurilishi jihatidan ham oʻziga xosligi bilan ajralib turadi. Undagi voqea-hodisalar bayonida qatnashgan toʻqqizta personaj hikoyalarini adib bir-biriga mahorat bilan bogʻlagan. Garchi ijtimoiy hayotdagi yetishmovchiliklar, xalqimiz boshidan kechirayotgan fojeaviy kunlar, urushning bitmas jarohati insonlar qalbini yaralab, ma’lum ma’noda ma’naviyat chetga surilib, zulm oshgan davrda o‘qituvchi obrazini asarga olib kirish ham katta bir iste’doddan darak desak mubolag‘a bo‘lmas. Adib qalamga olgan obrazlari oddiy odamlarning fazilatlari, mardligi, matonati, vatanparvarligi va sabr-bardoshi haqida soʻzlaydi. Asarda 30-yillardan 70-yillargacha ro‘y bergan voqealarni bir boshdan tasvirlamasdan, qahramonlarning hayotidagi eng muhim, dramatik lavhalarni ko‘rsatishga harakat qilingan. Asarni zavq-u shavq bilan o‘qib borarkansiz, undan qo‘llangan murakkab joylashuvga duch kelasiz. 844 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 2 Murakkab joyi shundaki, asarning bir bobi 30-yillar haqida hikoya qilsa, boshqa bobi 50- yillar, yana bir bobi 70-yillarga ko‘chib o‘quvchini izlanishga, o‘ylanishga majbur qiladi. To‘qqiz xil fe’l-atvorli asar qahramonlari, o‘z hayotining turli nuqtalaridan turib sozlay boshlaydi. Ularning hikoya qilish usuli ham, tili ham bir-biriga umuman o‘xshamaydi. Hikoya qiluvchilarning yoshining ham farqi bor. O‘quvchi – Muzaffarning hikoya qilish ohangi, tasvirlash ifodasi go‘dak – Muzaffarnikidan, talaba– Muzaffarniki o‘quvchi – Muzaffarnikidan, qizaloq Robiya hikoyasi ona – Robiyanikidan keskin farq qiladi. Bu hikoyalar mazmunan bir-biri bilan mahkam bog‘langan bo‘lib, bir-birini to‘ldiradi. Shu tariqa ular romanning bir butun tugal, original va jozibador syujetini hosil qiladi. Asarda asosiy obrazlargina emas, balki Rashid, Abzi, Bashor opa, Oysara, Samadov singari epizodik obrazlar ham kitobxon yodida uzoq vaqt saqlanib qoladi. Asarda sun’iylik yo‘q, aksincha ishontirish san’ati kuchli. Asarning ikkinchi qism, uchinchi bobi, Robiya tilidan qilingan hikoya - “Dadamni yo‘qotib qo‘ydim” deb nomlangan. Unda kasal onasiga qarab maktabga bora olmagan Robiyaning hikoyasi berilgan. Kasal yotgan onasiga qarab o‘tirgan kichik qizaloq tilidan qilingan hikoyada yashash manzilini “allaqanday madrasaning kungurador peshtoqi ko‘rinib turishi peshtoqdagi sherlar tasviri, kiyikni quvlab ketayotgan sherlar…..” jumlalari bilan Samarqandda ekanligiga ishora qilib o‘tadi. Garchi ranglari sarg‘ayib, ikki chakagi ich-ichidan kirib ketsa-da, kasal bo‘lsa ham, onasini go‘zal ayol ekanligini etirof etib, ”ko‘zlari qop-qora,chiroyli, kipliklari uzun-uzun”(“Ikki eshik orasi.”) ekanligini bolalarga xos tilda ta’riflaydi. Otasi ishdan kelishini kutib charchaydigan

Доказательный фрагмент

«The article discusses the artistic interpretation of the image of a teacher in the work "Between Two Doors" by the brilliant representative of Uzbek literature, the beloved writer of our people, Otkir Hoshimov, the sk…»

Образец извлечения

Демо-превью

The article discusses the artistic interpretation of the image of a teacher in the work "Between Two Doors" by the brilliant representative of Uzbek literature, the beloved writer of our people, Otkir Hoshimov, the sk… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
"Between Two Doors", Aksakol, Husan Duma, Kara Amma, Samadov, Rabiya, ma’naviy qiyofa, maktab, xalq, Kimsan, “Ikki eshik orasi”, Robiya, bilim, Oqsoqol, jamiyat, kamtarinlik., Qora amma, riyozat, oliyjanoblik, maʼrifat, mas’uliyat, ziyoli
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники