Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
FORTEPIANO CHALISHNI O’RGATISHNING MAZMUNI
NEW RENAISSANCE · Abdirasulieva Roza Umirzakovna
Современная наука и исследования · 2 · 2025
Аннотация
Umumiy musiqa ta’limining fortepiano sinfidagi uquvchilarga ta’lim-tarbiya berishning maqsad va vazifalari yangi insonni kamol toptirish prinsiplaridan kelib chiqadi. Shaxsning har tomonlama kamol topish mehnat tarbiyasi, aqliy estetik va jismoniy tarbiyaning birligi bilan ta’minlanadi. Musiqa tarbiyasini ham o’z ichiga olgan estetik tarbiya: san’at sohasidagi ijodiy qobiliyatlarni shakllantirish, san’atdagi va hayotdagi go’zallik hamda nafosatni his etish va tushunishni rivojlantirish estetik faoliyatining tanlangan turiga vaqt ajratish ehtiyojini vujudga keltirish vazifalarini qo’yadi. Kalit so’zlar: umumiy musiqa ta’lim sistemasi, estetik tarbiya, fortepiano chalishni o’rgatish, musiqa. Estetik tarbiyaga qo’yilgan talablari nuqtai nazaridan umumiy musiqa ta’lim sistemasida musiqa chalishni o’rgatish eng avvalo musiqiy-tarbiyaviy va musiqiy-ta’limiy vazifalarga bo’ysunishi lozim. Bu vazifalar o’quvchilarning umumiy musiqiy bilimlarni oshirish. Bolalarni musiqa san’atining qimmatli asarlari bilan tanishtirish, ularda mumtoz musiqaning eng yaxshi namunalari, shuningdek, hozirgi bastakorlarning badiiy havaskorlikning faol qatnashchilariga musiqiy-estetik bilimlarining targ’ibotchilariga aylantirishdan iboratdir. Fortepiano to’garagining vazifasi fortepiano chalishni o’rgatish bilan cheklanmaydi. Pedagog o’quvchilarda musiqaga qizikish muxabbat uyg’otishga harakat qilishi, ularning umumiy musiqiy o’sishiga yordam berish, musiqiy-ijodiy va ijrochilik qobiliyatlarini rivojlantirish, musiqa asarlarini chuqur idrok etishlari va mustaqil baholay olishlariga erishishi kerak. O’quvchilar ijrochilik malakalarini o’zlashtirishdan tashqari, musiqa bilan amalda shug’ullana olishlari ham lozim. Amaliyotchi pedagoglar umumiy musiqiy ta’limni rivojlantirish yo’llari haqida fikr yuritib, qayd qilishlaricha, bolalarga cholg’u asboblarini havaskorlar darajasida chalishni, harqanday asarni notalari bo’yicha mustaqil o’rganishlari uchun yetarli darajada musiqa savodini, musiqa san’atini turli voqealarni bilimdon havaskorlardek tahlil qiladigan darajada musiqashunoslikni o’rganish zarur. Bu kelajak havaskorlar musiqani muntazam tinglashlari va uni boshlang’ich nazariy taxlil qilishlari, varaqdan bemalol o’qishni o’rganishlari, ommabop pyesalarni chala bilishlari shart. 222 NEW RENAISSANCE 2025 FEBRUARY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 2 Umumiy musiqa ta’lim sistemasida o’quvchilarga fortepiano chalishni o’rgatishning hozirgi nazariy va amaliy ahvoli bir tomondan bo’lajak musiqa ishqibozlarini musiqiy estetik tarbiyalashning ayrim muammolariga qaratilgan samarali ilmiy tadqiqotlar “M. Avazashvili, T. Berkman, G. Kimyoklis, V. Shulgina, O Shelokova va boshqalar” bilan ikkinchi tomondan, o’quvchilarga yaxlit sistemasi ishlab chiqilmagani, bu sistemaning o’quvchilarga fortepiano chalishni o’rgatish mazmuni, shakl va usullari kabi kategoriya elementlari belgilanmagani bilan xarakterlanadi. Fortepiano chalishni o’rganayotgan o’quvchilarga mukammal musiqa tarbiyasi berishning yaxlit sistemasi hamda tegishli o’quv qo’llanmalarning yo’qligi amalda ta’lim o’quvchi shaxsning shakllanishidan, unda musiqa san’atiga estetik munosabat tarkib topishidan ajralib qolishiga, o’quvchilarning musiqiy faoliyati ijtimoiy sotsial yo’nalishda bormasligiga, yoshlar va o’smirlar musiqa bilan shug’ullanishning hozirgi amaliyotdan behabarligiga sabab bo’lmoqchi, Cholg’u asboblari bo’yicha ta’limda nazariy va tarixiy bilimlar, musiqaga doir tushunchalar hamda ijrochilik malakalari o’z xolicha takror holda shakllanishi, yakkaxonlik , ansamblda topmasligi, musiqani idrok etish, ijro qilish va yaratish bo’yicha musiqiy faoliyatning har xil turlari o’rtasida bog’lanish yo’qligi, tayanch bilimlar sistemasidan tashqari musiqiy taassurotlarni to’plashga urinish, faoliyatning reproduktiv usullariga ko’proq intilish musiqa asboblarni chalishni o’rganayotgan o’quvchilarga mukammal musiqiy tarbiya berish jarayoniga to’sqinlik qilmoqda. So’nggi yillar didaktikasida o’quv fanini tahlil qilishda ta’limning mazmunida fanni bilimlar sistemasi, bilish usullari sistemasi va fanning boshqa ijtimoiy ong shakllari bilan aloqalari sistemasi sifatida yaxlit aks ettirish prinsipiga amal qilish tamoyillari kengaymoqda. I.Y. Lerner hozirgi ta’lim tizimini, mazmunini bilimlar, faoliyat qobilyatlari ijodiy faoliyat tajribasi va ijtimoiy –hissiy tarbiyalanganlikning pedagogik jihatdan moslashtirilgan sistemasi sifatida ta’riflaydi va uni o’zlashtirish madaniyati rivojlanishiga tayyorlangan shaxsning kamol topishni ta’minlashni uqtiradi. Fortepiano sinfdagi ta’limning hozirgi musiqiy estetik tarbiyaning maqsadlari va vazifalariga mos mazmunini belgilashga yanada samaraliroq yondoshish M.N. Skatkin ishlab chiqqan sistemasiga tayanishdan iborat bo’lib, bu sistema o’quvchilar musiqiy faoliyatining shartlariga moslashishi mumkin. M.N.Skatkin fanni o’qitish mazmuniga –tegishli bilimlarni kiritadi, ularning qanchalik chuqur yoritilishini har bir sinf uchun o’q
Доказательный фрагмент
«Umumiy musiqa ta’limining fortepiano sinfidagi uquvchilarga ta’lim-tarbiya berishning maqsad va vazifalari yangi insonni kamol toptirish prinsiplaridan kelib chiqadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUmumiy musiqa ta’limining fortepiano sinfidagi uquvchilarga ta’lim-tarbiya berishning maqsad va vazifalari yangi insonni kamol toptirish prinsiplaridan kelib chiqadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- musiqa., estetik tarbiya, umumiy musiqa ta’lim sistemasi, fortepiano chalishni o’rgatish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024