К содержанию
РецензированоUZ2025

O'LMAS UMARBEKOV HIKOYALARIDA XOTIRALAR AKSI

Tursunqulova Oyshabibi Odiljon qizi · Kalit so'zlar: Charos (Buxoro Davlat Pedagogika instituti) · Miraziz A'zam. (Buxoro Davlat Pedagogika instituti)

Современная наука и исследования · 3 · 73-82 · 2025

Аннотация

O'lmas Umarbekovning "Charos" hikoyasi kichik hajmga ega bo'lsa ham lekin mazmunan juda ko'p ma'no anglatadi. Hikoyada insonlar o'rtasidagi iliq munosabat, mehr - muhabbat va xotirada qolgan shirin voqealar insonni jumbushga keltiradi. Bu hayotda shunday bir naql bor "Yaxshidan bog' qolar", shunday ekan yaxshilikka intilib yashaylik. Kalit so'zlar: Charos, Boboyong'oq, Miraziz A'zam. O'lmas Umarbekov 1934-yil 25-yanvarda Toshkentda tavallud topgan. O'zbekiston xalq yozuvchisi, Ozbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi unvonlari sohibi. Uning bizgacha bir qancha asarlari yetib kelgan. Har bir qissasida janriy rangbaranglik, qahramonlar ruhiy olamining teranligi, badiiy tasviriy usullarining takrorlanmasligi bilan diqqatga sazovordir. Hikoyalari qisqa bo'lishiga qaramay insonni o'ziga jalb qilish xususiyatiga ega. Inson bu hikoyalarni o'qir ekan beixtiyor ko'zining oldiga o'z yoshligi kelishi tabiiydir. O'lmas Umarbekovning bizgacha “Hikoyalar” (1958), “Xatingni kutaman”, “Yurak soʻzlari” (1960), “Boboyongʻoq” (1961), “Yulduzlar”, “Menga ishonmaysanmi?” (1962), “Hayot abadiy” (1964), “Charos” (1966), “Koʻprik” (1968), "Bolgar qoʻshiqlari", "Oltin yaproqlar" (1972), "Qiyomat qarz" kabi hikoyalarida kishilarning maʼnaviyaxloqiy goʻzalligini tasvirlashga, insonning jamiyat va tabiat oldidagi burchini, masʼuliyatini koʻrsatishga alohida eʼtibor bergan. "Bolgar qoʻshiqlari"(1972) turkum hikoyalari ham ixchamligi, dramatizmga boyligi, sheʼriy ritmik xususiyatlari bilan ajralib turadi. Uning "Sevgilim — sevgilim" (1963), " Kimning tashvishi yoʻq" (1965), "Urush farzandi" (1972), " Yoz yomgʻiri" (1973), " Oq qaldirgʻoch " qissalari bizgacha yetib kelgan. 70-yillarda oʻz isteʼdodini teatr sanʼati sohasida sinab,"Oqar suvlar" (1971), "Sud", "Yoshlik dengizi" (1972), " Komissiya " (1974) singari pyesalarni yozgan. O'lmas Umarbekov 80 yillarda "Oʻz arizasiga koʻra", "Kuzning birinchi kuni", "Qiyomat qarz", "Assalom, quyosh" singari yetuk sahna asarlarini yaratgan. O'lmas Umarbekovning "Charos" hikoyasida oddiy bir qishloq hayoti aks ettirilgan. Adib bu hikoyani yozar ekan o'zining shirin xotiralari namoyon qilgan. Bir qishloqning oddiy insonlari tasvirlangan. Bolakayning uzum ulashish holati, uzumni yeyish holati mahorat bilan tasvirlangan. 278 Fevral, 2025-Yil Uzumzor egasidan hammaning qo'rqishi lekin insonning qandayligini faqat yoniga borganda bilish mumkinligi, insonning xotirasida qolgan yaxshi voqealar yillar o'tsa ham unutilmasligi hikoyada bayon qilingan. Bog'bon - oddiy, sodda, insonlarga yaxshilik qilishdan to'xtamaydigan, o'zidan keyin ham insonlar uchun nafi tegadigan ish qilgani, farzandini ham o'ziga o'xshab mehnatga o'rgatgani hikoyada namoyon bo'lgan. Yillar o'tib yoshlik voqealarini eslab, yoshlikda sinfdosh bolalar bilan uzumzorga o'g'irlikka kirgani va bog'bon ularni ko'rib qolgach hayajondan joyida qotib qolgani, qolganlarning qochgani, balki shunday bo'lmaganda bog'bonning qanday samimiy insonligini bilmagan bo'lardik. Bog'bon bolaga yomon gapirsa ham bo'lardi, lekin u yaxshi yo'l bilan hammasini o'zgartiradi. Yozuvchi haqida Miraziz A'zam shunday deydi: 80-yillarda Umarbekov O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga boshliq etib saylandi. Bu paytlarda O‘zbekistonda hali-hanuz CHo‘lpon, Fitrat kabi ulug‘ yozuvchilarning asarlari nashr qilinishiga ruxsat yo‘q edi. 50-yillarda shaxsga sig‘inishning oqibatlarini tugatish masalasi o‘rtaga qo‘yilgan va 37-yil qatag‘oniga uchragan ziyolilar oqlangani e’lon qilingandi. Ozarbayjonda Husayn Jovid, Mikoil Mushfiq, Qozog‘istonda Saken Sayfullin, Beyimbet Maylin, Qirg‘izistonda To‘qtog‘ul Satilg‘anov, Tataristonda Olimjon Ibrohimov va boshqalarning asarlari o‘z ona tillarida va yana ruscha tarjimalari ham qayta-qayta jild-jild nashr etilib turgan bir paytida, O‘zbekistonda CHo‘lpon, Fitrat asarlari chiqarilmas, hatto, CHo‘lponning 5-10 ta she’ri “Tirik satrlar” nomli umumiy to‘plamda chiqarilgani uchun bir guruh ijodkorlar e’tiroz bildirishgandi. Agar uning o‘rnida oldingilarga o‘xshagan boshqa yozuvchi boshliq bo‘lganida, o‘sha e’tirozchilarning sho‘rini quritgan bo‘lardi. Ammo Umarbekov bunday qilmadi. Uni ayrimlar, ayniqsa, kinochilar “mister” ham deb atashardi. Chindan-da unda kiyinish madaniyati inglizlarga xos sarishtali edi. Chexov aytadi-ku: “Insonda hamma narsa go‘zal bo‘lishi kerak: soch-soqol ham, bosh kiyimdan tortib oyoq kiyimgacha engil-bosh ham… Hammasi, hammasi…” U tashqi ko‘rinishi sarishta bo‘lishiga katta e’tibor berardi. Mister desa degunday. Buning ustiga uning o‘zi ham ko‘rkam inson edi.[1]. O'zbek nasri hamda dramaturgiyasi taraqqiyotida yozuvchi O'lmas Umarbe-kovning xizmatlari beqiyos. Adib asarlari ifoda yo'sinining betakrorligi, badiiy tasvir uslubining o'ziga xosligi bilan ajralib turadi. Qolaversa, adib asarlari milliy ruhning kuchliligi jihatidan ham alohida e'tiborni tortadi. Buni adib haqida bildirilgan iliq fikrlardan ham bilib olishimiz mumkin: "Abdulla Qahhor O'lmas Umarbekovning dastlabki hikoyalaridan biri "Boboyong'oq"ni yoshl

Доказательный фрагмент

«O'lmas Umarbekovning "Charos" hikoyasi kichik hajmga ega bo'lsa ham lekin mazmunan juda ko'p ma'no anglatadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

O'lmas Umarbekovning "Charos" hikoyasi kichik hajmga ega bo'lsa ham lekin mazmunan juda ko'p ma'no anglatadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Charos, Boboyong'oq, Miraziz A'zam, Miraziz A'zam.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники