К содержанию
РецензированоEN2025

ZAHRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING “BOBURNOMA” ASARIDA TOPONIMLAR TALQINI

Hayitova Mehrangiz Ulug’bek qizi

Современная наука и исследования · 3 · 73-82 · 2025

Аннотация

The article discusses the toponyms mentioned in Zahiriddin Muhammad Babur's "Boburnoma" -the names of settlements, water bodies, place names representing the relief, the meaning, origin and etymology of some of them. Key words: place name, toponym, oykonim, hydronym, oronym, ethnooykonim, anthropotoponym, etymology, folk etymology, own layer, mastered layer. Kirish. O‘zbek mumtoz adabiyotining yorqin siymolaridan biri Zahiriddin Muhammad Boburning ijodi dunyo bo‘ylab keng tarqalgan. Ulug‘shoh va shoir ajdodimizning mashhur «Boburnoma» (yoki «Voqeoti Boburiy», «Vaqoe’»...) asari Movarounnahr, Xuroson, Hindiston, Eron xalqlarining XV asr oxiri – XVI asrning birinchi yarmidagi tarixini o‘zida aks ettirgan. «Boburnoma» necha asrlardan buyon muhtasham tarixiy va adabiy meros sifatida dunyo olimlarini hayratda qoldirib kelayotgani bejiz emas. Chunki u juda ko‘p dolzarb iqtisodiy, ijtimoiy masalalar, Farg‘ona viloyati, Andijon shahri, Markaziy Osiyo mintaqasining boshqa yirik shaharlari – Samarqand, Buxoro, Qarshi, Shahrisabz, O‘sh, Urganch, O‘ratepa, Termiz, shuningdek, Qobul, G‘azna va ular ixtiyoridagi ko‘pdan-ko‘p tumanlar, viloyatlar, Shimoliy 253 Fevral, 2025-Yil Hindiston singari yurtlarning o‘zaro siyosiy-iqtisodiy va savdo munosabatlari, jo‘g‘rofiy mavqei, iqlimi, o‘simlik va hayvonot dunyosi, xalqlari, ularning yashash sharoitlari, muhim tarixiy inshootlari – hindlar va musulmonlar ibodatxonalari, to‘y va marosimlari haqida nihoyatda nodir ma’lumotlarni o‘ziga qamrab olgan shoh asardir. Zahiriddin Boburning tarixiy, ilmiy, adabiy merosini o‘rganish hamda ommalashtirishda nafaqat Markaziy Osiyo mintaqasi, xususan, O‘zbekiston, balki butun dunyo olimlari va adiblarining samarali ilmiy-ijodiy faoliyati diqqatga sazovordir. Bu boradagi izchil sa’y-harakatlar tufayli birgina «Boburnoma» asari jahonning turli mamlakatlarida ko‘plab tillarga tarjima qilindi va chop etildi. Muhimi, bu nashrlarga salmoqli so‘zboshilar yozildi, mazmundor izohlar va ilovalar havola qilindi, bir so‘z bilan aytganda, keng kitobxonlar ommasining ma’naviy mulkiga aylantirildi. Nargiza Maxmudova, [11.12.2024 8:57] asari maʼnaviy qadriyatlarimizning bir bo‘lagi hisoblanmish toponimlar va ularning tarixini o‘rganishda noyob manbadir. Unda mingdan ortiq geografik nom – mamlakat, shahar, qishloq, qalʼa, dasht, tog‘, dovon, dara, daryo, ko‘priq, kechuv, ko‘l, chashma, bog‘, yaylov, o‘tloq va boshqa joylarning nomlari tilga olib o‘tilgan. [1.25] Asosiy qism. Maqolada Zahiriddin MuhammadBoburning «Boburnoma» asarida zikr qilingantoponimlar – aholi maskanlari, suv havzalariningnomlari, relyefni ifodalovchi joy otlari kabilarxususida fikr yuritiladi, o‘rni bilan ulardanbaʼzilarining anglatgan maʼnosi, kelib chiqishi,etimologiyasi yoritib beriladi.«Boburnoma»da uchraydigan toponimlarular ifodalagan obyektlarning turiga ko‘ra birnecha guruhga bo‘linadi. Bularning bir qisminiaholi maskanlari nomlari – oykonimlar tashkiletadi. Oykonimlar: 1) mamlakatlar nomlari –Аfg‘oniston, Hindiston, Аrabiston, Mo‘g‘uliston,Iroq, Ozarbayjon, Misr, Xitoy, Xuroson; 2) shaharlar nomlari – Dehli, G‘azna, Kobul, Mashhad, Banoras,Lohur, Buxoro, Urganch, Toshkand, Аndijon, Kesh,Sayram, Xo‘jand, Qarshi, Buxoro; 3) qishloq vakentlar nomlari – Muhammad og‘a kenti, Xudakkenti, Beshkent, Qulba kenti, Аrchakent, Yorkand,Navkand, Dehi G‘ulomon, Yettikent, Dehi Аfg‘on;4) qalʼa va qo‘rg‘onlar nomlari – Qalʼai Dabusi, Qalʼai Zafar, Olaqo‘rg‘on, Toshqo‘rg‘on, Аsfidak qo‘rg‘oni; 5) rabotlar nomlari – Raboti Sarhang, Raboti Zavraq, Surxrabot, Raboti Ro‘zak kabilarni o‘z tarkibiga birlashtiradi. Bobur asaridagi toponimlarning bir guruhi 254 Fevral, 2025-Yil gidronimlar – suv havzalari nomlaridan iboratdir. Gidronimlar qanday suv obyektlarining atoqli otinianglatishiga ko‘ra tubandagi turlarga bo‘linadi: 1.Daryolar nomi: Gang daryosi, Аmu daryosi, Oqsuv daryosi, Jo‘n daryosi, Sayhun daryosi,Saru daryosi, Satluj daryosi, Ilamish daryosi, Sinddaryosi, Daryoyi Xo‘r kabilar. Аsarda daryolar nomitarkibida baʼzan suyi so‘zi ham ishlatilgan: Аxsi suyi, Аndijon suyi, Bajur suyi, Balxob suyi, Bahatsuyi, Bora suyi, Tus suyi, Buthak suyi, Gambirsuyi, Gandak suyi, Gulbahor suyi, Darg‘am suyi,Kavoriy suyi, Karmnos suyi, Kishm suyi, Kobul suyi,Ko‘hak suyi, Xo‘jand suyi, Chir suyi, Suhon suyi singarilar buning misolidir. Shuningdek, rud so‘ziham daryolar nomi tarkibida qo‘llanilgan: Jamrud,Kamrud, Surxrud, Chandoval rudi kabilar. 2.Buloq – chashma nomlari: Yonbuloq, Qarg‘abuloq, Qorabuloq, Boboqaro chashmasi,Bodomchashma, Garmchashma, Halvochashma,Chashmai Para singarilar. 3.Аriq, hovuz va soylar nomlari: Xokonarig‘i, Havzi Mohiyon, Malluxon havzi, Qo‘ruqsoy,Аlasoy va boshqalar. «Boburnoma»da ariqnomlarining ayrimlari tojikcha «jo‘y» so‘zi orqaliifodalangan: Jo‘yi Injil, Jo‘yi Shohiy. 4.Guzar (kechuv)lar nomi: Balva guzari, Kanorguzari, Kilif guzari, Nilob guzari, Oxor guzari, Chupora guzari, Yassikechit guzari kabilar. 5.Ko‘llar nomi: Qorako‘l, Ko‘ligil, Ko‘li Malik, Ko‘liMag‘ok singarilar. 6.Ko‘pri

Доказательный фрагмент

«The article discusses the toponyms mentioned in Zahiriddin Muhammad Babur's "Boburnoma" -the names of settlements, water bodies, place names representing the relief, the meaning, origin and etymology of some of them.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article discusses the toponyms mentioned in Zahiriddin Muhammad Babur's "Boburnoma" -the names of settlements, water bodies, place names representing the relief, the meaning, origin and etymology of some of them. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
place name, toponym, oykonim, hydronym, oronym, ethnooykonim, o‘z qatlam, toponim, joy nomi, antropotoponim, etnooykonim, o‘zlashgan qatlam., gidronim, xalq etimologiyasi, oronim, etimologiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники